Buxoro xonligi
Download 50.1 Kb.
|
gumanitar 4-jovob
Buxoro xonligi (amirligi) — oʻzbek davlatchiligi tizimidagi xonliklardan biri (16—20-asr boshlari). 1533 yilgacha mamlakat markazi Samarqand boʻlgan. Ubaydullaxon davrida (1533—39) poytaxt Buxoroga koʻchirilgan va xonlik Buxoro xonligi nomini olgan. 1510 yil Marv yonida Shayboniyxon shoh Ismoil I Safaviy qoʻshinlaridan yengilib halok boʻlgandan keyin Movarounnaxr temuriylardan Zahiriddin Muhammad Bobur qoʻliga oʻtadi. Lekin, koʻp oʻtmay shayboniylar yana Movarounnahrni egallaganlar. Shu vaqtdan boshlab Movarounnaxr butunlay shayboniylarga tobe boʻlgan. Oʻsha vaqtlarda xonlikka hozirgi Oʻzbekiston va Tojikistonning katta qismi, Balx va Badaxshon kirgan. Ubaydullaxon vafotidan keyin Buxoro xonligi mayda boʻlaklarga boʻlinib ketgan. Buxoroda Ubaydullaxonning oʻgʻli Abdulazizxon, Samarqandda esa Koʻchkunchixonning oʻgʻli Abdullatifxon mustaqillik eʼlon qilgan. Balx va Badaxshonda shayboniylardan Pirmuhammadxonmustaqil hukmronlik qilgan. Shu yillari shayboniy sultonlari va mahalliy mulqdorlarning hokimiyat uchun kurashi kuchaygan. Toshkent va Turkistonda Navroʻz Ahmadxon (Baroqxon), Karmana va Miyonqolda Iskandarxon, Balxda Pirmuhammadxon va boshqa kichikkichik hukmdorlar mustaqil boʻlib olganlar. 1551—56 yillarda shayboniylar oʻrtasidagi Movarounnaxr uchun kurashda Iskandarxonning oʻgʻli Abdullaxon gʻolib chiqib, Buxoro xonligi da oʻz hokimiyatini oʻrnatgan. 1557 yildan boshlab Buxoro uzilkesil xonlik poytaxtiga aylangan. Iskandarxon (1563—83) va uning oʻgʻli Abdullaxon II davrida Buxoro xonligi ning siyosiy mavqei ortgan. Abdullaxon II Balx (1573), Samarqand (1578), Toshkent (1582), Fargʻona (1583), Badaxshon (1584), Koʻlob (1585), Xuroson (1588), Xorazm (1595—96) ustidan oʻz hukmronligini oʻrnatgan; markaziy davlat boshqaruv devonini mustahkamlagan. Shunday qilib 16-asr oxiriga kelib Buxoro xonligi markazlashgan ulkan davlatga aylangan. Sharqda Qashqar bilan chegaradosh boʻlgan, gʻarbiy chekkasi Orol va Kaspiy dengizi sohillarigacha borib tutashgan. Xonlikning shim.dagi chegaralari Turkiston va Sayramgacha yetib, jan.da Xurosonning sharqiy qismini oʻz ichiga olgan. Shayboniylar hukmronligi yillarida, ayniqsa Abdullaxon II zamonida Buxoro xonligi da dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlangan, madaniy hayot ancha yuksalgan. Juda kup sugʻorish inshootlari: Abdullaxon bandi, Tuyatortar kanali, Oqchopsoy toʻgʻoni va suv ombori, Vaxshdan chiqarilgan koʻplab ariqdarning qurilishi dehqonchilikni rivojlantirdi. Bu vaqtlarda Buxoro xonligi da bugʻdoyning 10 xil turi, suli, qoʻnoq, joʻxori, mosh, noʻxat, makkajoʻxori, loviya, sholi, paxta, kunjut, beda, arpa, sabzavot va poliz ekinlari ekilgan, bogʻdorchilik, chorvachilik va ipakchilik rivojlangan. Samarqand, Buxoro, Margʻilon, Xoʻjand, Andijon, Toshkent, Jizzax, Oʻratepa, Shaxrisabz va boshqa yirik shaharlarda hunarmandchilik taraqkiy qilgan. Samarqand qozi kalonining hujjatlaridan maʼlum boʻlishicha, 16-asrda Samarqandda hunarning 61 turi mavjud boʻlgan. Movarounnaholik kosiblar zoʻr sanʼat bilan turlituman metall buyumlar, ip va ipak matolar, aʼlo navli qogʻozlar ishlab chiqarganlar. Buxoro shahri bir muncha kengaytirilgan, devor va harbiy istehkomlar qaytadan qurilgan. Shaharda madrasalar, xonaqoh va karvonsaroylar, yangi rastalar barpo qilingan. Shaharlar oʻrtasidagi savdo yoʻllarida tim (Abdullaxon timi), koʻchalar chorrahasi ustiga gumbaztoqlar, hammomlar, karvon yoʻllarida sardobalar, karvonsaroylar, koʻpriklar qurilgan. Shayboniylar zamonida Buxoro xonligi ningHindiston, Turkiya, Rossiya bilan savdo va diplomatik munosabatlari rivojlangan. Tarixiy manbalardan maʼlum boʻlishicha, 1572—78 yillari Hindistonda Buxoro xonining elchilari, Buxoroda esa Hindiston podshohi Akbarntt elchilari boʻlgan. Abdullaxon davrida boshlangan ichki siyosiy nizolar natijasida 1598 yilda Abdullaxonning oʻzi va shu yilda uning oʻgʻli Abdulmoʻmin oʻldirilgan. Taxtga Pirmuhammadxon II chiqqan. Ammo uning hukmronligi ham uzoqqa bormay, 1601 yil taxtdan agʻdarilgan. Shu bilan qariyb 100 yil hukm surgan shayboniylar sulolasi barham topib, Movarounnaxrda Joʻjixon naslidan boʻlgan ashtarxonjlar (joniylar) sulolasi hukmronligi boshlangan. Ashtarxoniylar davrida xonlikda siyosiy nizo va beboshliklar deyarli toʻxtamagan. Dastlab asli ashtarxonlik, Buxoroda qoʻnim topgan shahzoda Jonibekning oʻgʻli Boqi Muhammad (1601— 05), soʻngra uning ukasi Vali Muhammad (1605—11) taxtga oʻtqazilgan. Imomqulixon davrida (1611—42) qozoq biylari va boshqa koʻchmanchilarning Buxoro xonligi yer lari ga talonchilik yurishlari kuchaygan. Chunonchi Imomqulixon 1612 yil Toshkentni egallab, oʻgʻli Iskandarni hokim etib tayinlaydi, ammo shaharda qoʻzgʻolon koʻtarilib Iskandar oʻddiriladi. Imomqulixon Toshkent aholisini shafqatsiz qirgʻin qilib shaharni yana xonlikka qoʻshib oladi. Uning davrida xonlik ancha mustahkamlanadi. Imomqulixon koʻr boʻlib qolgach, taxtni egallagan ukasi Nadr Muhammadxon (1642—45) ham shafqatsizligi va zolimligi bilan norozilik chiqaradi. Natijada muxolif kuchlar tazyiqi bilan taxtdan voz kechadi. Hokimiyat uning oʻgʻli Abdulaziz II (1645— 81) qoʻliga oʻtadi. U markaziy hokimiyatni mustahkamlashga harakat qiladi, lekin tobora kuchayib borayotgan tarqrqlikni bartaraf qilolmaydi. Bu vaqtda Eron shohi Abbos /Balxni egallaydi, keyinroq Balx Erondan qaytarib olingan. Abdulaziz II bilan uning ukasi Subhonqulixon oʻrtasida hokimiyatuchun kurash boshlanadi. Ashtarxoniylar hukmronligi yillarida Xiva xoni Abulgʻoziy Bahodirxon va undan keyin oʻgʻli Anushaxon Buxoro va Samarqand atrofiga tez-tez hujum qilib turgan. Taxtni egallab olgan Subhonqulixon (1681 — 1702) oʻz raqiblariga qarshi shafqatsiz kurashgan. U Balx va Xurosonga harbiy yurishlar qilgan. Uning oʻgʻli Ubaydullaxon (1702—11) hukmronligi davrida Balx, Termiz, Shahrisabz hokimlari mustaqil boʻlib olishga harakat qilganlar. Xon ularga qarshi harbiy yurishlar qilishga majbur boʻlgan. Samarqand va Hisorda bosh koʻtargan qabilalarga qarshi qoʻshin yuborgan. Oʻzaro betoʻxtov urushlar, harbiy yurishlardan keyin xazina boʻshab, iqtisodiy ahvol mushkullashgan. 1708— 09 yillarda oʻtkazilgan pul islohoti natijasida pul qiymati toʻrt marta tushib ketgan. Islohotdan zarar koʻrgan aholi gʻalayon koʻtargan, biroq qoʻzgʻolon shafqatsizlarcha bostirilgan. Xonlikda siyosiy va iqtisodiy ahvolning yomonlashishi ichki ziddiyatlarni kuchaytirib yuboradi. Ayrim nufuzli amirlar uyushtirgan fitna natijasida Ubaydullaxon 1711 yil da oʻldiriladi. Taxtga marhum xonning ukasi Abulfayzxon (1711—47) nomigagina xon qilib oʻtqaziladi. Hokimiyatdagi muhim lavozimlar nufuzli amirlar qoʻliga oʻtib qoladi. Markaziy hokimiyat zaiflashgach, 1711 yilda Balx, 1723 yilda Samarqand viloyati Buxoro xonligi dan ajralib chiqadi. 1720 yillarda Toshkent viloyatini qalmoqlar bosib oladi. Shu asnoda Xiva xoni Shergʻozixon ham Buxoro xonligi ga daʼvogar boʻladi, ammo uning harakatlari samarasiz yakunlanadi. 1723 yilda qalmoqlar qozoq dashtlariga bostirib kirib qozoqlarni Movarounnahrga qochishga majbur qilgan. Qozoqlar chorva mollari bilan Zarafshon vodiysiga kirib bogʻ va ekinzorlarni payhon qilganlar. Buxoro xonligi da iqtisodiy va siyosiy tanglik kuchaya borib xonlik tanazzulga yuz tutgan. Movarounnahr parchalanib, uchta xonlikka (Buxoro, Qoʻqon va Xiva) boʻlinib ketgan. Bundan foydalangan Eron hukmdori Nodirshox 1740 yil bahorida Balxni egalladi va oʻsha yili kuzda katta qoʻshin bilan Amudaryodan oʻtib Buxoro xonligi ni boʻysundiradi. U mangʻit qabilasidan boʻlgan Muhammad Hakim otaliqni ishonchli vakili sifatida taxtga oʻtqazadi. Abulfayzxonning nufuzi pasayib ketadi. Xonlik Nodirshohning oʻlimidan keyin (1747) Eronga tobeliqdan qutulib, oʻz mustaqilligini tikladi. 1747 yilda otasi oʻrniga otaliq tayinlangan Muhammad Raxim boshliq fitnachilar Abulfayzxonni oʻldirdilar. Bundan norozi boʻlgan viloyat hokimlari isyon koʻtardilar. Qoʻzgʻolonlar shafqatsiz bostirilgach, Muhammad Rahim arkoni davlat va ruhoniylar fatvosi bilan 1753 yilda Buxoro taxtini egalladi va oʻzini „amir“ deb eʼlon qildi. Shundan keyin ashtarxoniylar sulolasi barham topib mangʻitlar sulolasi hukmronligi boshlandi. Buxoro amirligi. Muhammad Rahim vaqtida (1753—58) Buxoro amirligiga qarashli yerlar ancha qisqargan. Uning tarkibiga Buxoro, Samarqand, Miyonqol, Karmana, Qarshi, Gʻuzor, Karki, Chorjoʻy, Shahrisabz viloyatlari kirib, Toshkent va Fargʻona viloyatlari xonlik tasarrufidan chiqib ketgan. Doniyolbiy otaliq vaqtida (1758—85) ham oʻzaro urushlar davom etib, Karmana, Oʻratepa, Nurota, Sherobod, Boysun va boshqa joylarda mahalliy kuchlar bosh koʻtarib, poytaxt izmidan chiqishga harakat qilganlar. Doniyolbiyning katta oʻgʻli Shohmurod hukmronligi davri (1785— 1800)da Doniyolbiy joriy etgan soliqlardan bir qanchasi bekor qilindi, iqtisodiy hayot birmuncha yaxshilandi. Ruhoniylarning mavqei oshdi. Mangʻitlar sulolasi markaziy hokimiyatni mustahkamlashga qanchalik urinmasin, viloyat hokimlarining mustaqillikka intilishi davom etaverdi. Ayniqsa Buxoroga muxolif boʻlgan Shahrisabz va Kitob beklari bilan kurash shiddatli boʻddi. Faqat 1853 yildagina bu bekliklarni Buxoroga boʻysundirishga muvaffaq boʻlindi. Amir Haydar davri (1800—26) ham ichki va tashki urushlardan xoli boʻlmadi. Ayniqsa Oʻratepa bir necha marta qoʻldanqoʻlga oʻtib turdi. 19-asr 1choragida Buxoro bilan Xiva va Qoʻqon xonliklari oʻrtasida Oʻrta Osiyoda ustunlikka erishish uchun qirgʻinbarot va talontaroj urushlari boʻldi. Toshkent, Turkiston, Chimkent va ularning atrofi Qoʻqon xonligi tasarrufiga oʻtdi. 1825 yilda Xiva xonligi Buxoroga qarashli Marvni egalladi. Toʻxtovsiz urushlar, soliqlar miqdorining ortishi qoʻzgʻolonlarga, jumladan 1821— 25 yillarda Buxoro va Samarqand oraligʻida istiqomat qiluvchi xitoyqipchoq qabilalari qoʻzgʻoloniga sabab boʻldi (qarang Miyonqol koʻzyuloni). Amir Haydarning vorisi Nasrullaxon (1827—60) amirlik yerlarini kengaytirishga muvaffaq boʻldi. U taxtga daʼvogar boʻlish mumkin boʻlgan barcha shaxslarni qirib tashladi. Nasrullaxon 1839, 1841 va 1858 yillarda Qoʻqon xonligiga bostirib kelib, aholini qirgʻin qildi va boyliklarini taladi. 1842 va 1843 yillarda Buxoro bilan Xiva xonliklari oʻrtasida harbiy toʻqnashuvlar boʻldi. Podsho Rossiyasi Oʻrta Osiyoni mol sotish bozori, xom ashyo manbai deb bilar edi. 1866 yil rus qoʻshinlari Buxoro amirligi chegaralariga bostirib kirdi va Xoʻjand (24 may), Oʻratepa (2 okt.), Jizzax (18 okt.) shaharlarini ishgʻol qildi. Istilo etilgan yerlarni boshqarish uchun 1867 yil Turkiston generalgubernatbrligi tashkil etildi. 1868 yil 2 may kuni general Kaufman boshchiligidagi rus qoʻshinlari Samarqandni ishgʻol qildi. Iyun oy i da Buxoro amiri Muzaffar qoʻshinlariga Zirabuloq yaqinida soʻnggi qatʼiy zarba beriddi. Amir generalgubernatorga murojaat qilib, sulh tuzishni soʻradi. 1868 yil 23 iyunida ikki oʻrtada shartnoma imzolandi. Rus qoʻshinlari bosib olgan yerlar podsho Rossiyasi ixtiyoriga oʻtdi; Buxoro amirligi mustaqil tashqi siyosat yurgizishdan mahrum boʻldi; amir rus podshosiga 500 ming soʻm tovon toʻladi. 1873 yil 28 sentabrda mazkur shartnomaga qoʻshimchalar kiritilib, amirlikning Rossiyaga qaramligi yanada kuchaydi. Natijada amirlik yerlarining uchdan bir qismi podsho Rossiyasi ixtiyoriga oʻtdi; Xoʻjand, Oʻratepa, Panjikent, Samarqand va Kattaqoʻrgʻon shaharlaridan tortib Zirabuloqqacha boʻlgan yerlar, Sharqiy Buxoroda esa Shugʻnon, Vohon, Roʻshon viloyatlari, ayniqsa Zarafshon daryosi yuqori havzasining qoʻldan ketishi amirlikdagi xalqlarni asosiy hayot manbai — suvdan mahrum etdi, bu hol Buxoro amirligini Rossiyaga iqgisodiy jihatdan qaramligini yanada oshirdi. Buxoro amiri huquqiy jihatdan mustaqil hukmdor sanalsa ham, haqiqatda rus podshosiga qaram edi. Amir va uning amaldorlariga qarshi xalq harakatlari podsho Rossiyasi qoʻshinlari yordamida bostirilar edi. Amir Abdulaxad rus podshosining generaladʼyutanti hisoblangan. Uning davrida rus maʼmurlari amirlikda katta imtiyozlarga ega boʻlgan. Amirlik yerlaridan oʻtgan temir yoʻl boʻylariga rus aholisi keltirilib joylashtirildi. BuxoroAfgoniston chegarasining muhofazasi bilan ham rus qoʻshinlari shugʻullangan. Buxoro amirligining podsho Rossiyasiga tobeligi amir Olimxon zamonida (1910—20) yanada ortdi. Amirlikda yettita rus xususiy bankining shuʼbasi ish olib borardi. Birinchi jahon urushi boshlanishi bilan amirlik aholisining ahvoli yanada ogʻirlashdi. Xuddi shu davrga kelib jadidlik harakati asosida yosh buxoroliklar partiyasi faoliyati kuchaydi. 1917 yil Fevral inqilobi munosabati bilan bu partiya amirlikni podsho Rossiyasi boʻyinturugʻidan qutqazish, baʼzi islohotlar oʻtkazish ishiga kirishdi. Yosh buxoroliklar rus bolsheviklari bilan hamkorlikda 1918 yil martida amir hukumatini agʻdarishga urindilar. Ammo bu harakat muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 1920 yil 2 sentabrda Buxoro bosqini natijasida amirlik tugatildi. Buxoro xonligi da davlatni boshqarish boshqa xonliklardan deyarli farq qilmagan. 16—17-asrlarda otaliq lavozimidagi shaxs xonning oʻng qoʻli hisoblanib, u butun mamlakatni boshqargan. Naqib harbiy ishlar va tashqi siyosat bilan shugʻullangan. Vaqf yerlarni nazorat qilish sadrlar zimmasiga yuklatilgan. Shuningdek, qoʻshin uchun alohida qozi (qoziaskar) tayinlangan. Qonunshunoslikka va umuman shariatga doir muhim masalani yechish va hayotga tatbiq etish alam zimmasida boʻlgan. Devonbegi otaliq mansabidan keyin turgan. U urush va sulh ishlari, ayrim viloyat boshliqlarini tayinlash va boshqa masalalar bilan shugʻullangan. Larvonachi xon yorliqlarini topshirish va harbiy qismlarga boshchilik qilish kabi vazifalarni ado etgan. Shuningdek, xonlikda yasovul, eshikogʻaboshi, miroxur, shigʻovul, amiri lashkar, toʻpchiboshi, mirzaboshi, xazinachi, mehtar, mirob, kushbegi va boshqa lavozimlar bor edi. Mangʻitlar sulolasi davrida ham mustabid hokimiyat shakli mavjud boʻlib, amir huquqi chegaralanmagan oliy hukmdor edi. Ijro etuvchi hokimiyatni bosh vazir — qushbegi boshqargan. U xon bilan bamaslahat ish yuritgan. Jamiyat hayoti shariat qonunlariga asoslangan. Mamlakat murakkab davlat apparati orqali idora qilingan. Maye, moliya ishlari devonbegiyi kalonga, davlat xavfsizligi koʻkaltoshga, ichki tartibni saqlash va nazorat qilib turish raisp topshirilgan. Buxoro qozi kaloni huzurida aʼlam va 12 muftiyayan iborat rivoyatlar tuzuvchi muftiylar devoni boʻlgan. Amirlikda musulmon ruhoniylari yuqori mavqega ega edi. Ular katta yerlarga egalik qilardi. Shayxulislom bosh ruhoniy va adliya ishlarining sardori hisoblangan. U jamiyat maʼnaviy hayotini boshqargan. Sud hokimiyati ruhoniylar qoʻlida boʻlgan. Barcha qozilar qozi kalonga boʻysungan. Davlat boshqaruvida u yoki bu lavozim vazifasiga qarab oʻzgarib turgan. Xonlikda oʻrtaasrchilik boshqaruv tizimining uzoq saqlanishi taraqqiyot va qoʻshin kuchqudratiga salbiy taʼsir koʻrsatgan. Qoʻshinda dastlab misdan, 19-asr boshlarida choʻyandan quyilgan bir necha toʻp boʻlgan. Sarbozlar oʻqyoy, nayza, qilich, oybolta kabi ibtidoiy qurollar bilan qurollangan. Xonlikda qoʻshin asosan otliklardan tashkil topgan. 18-asr oxiridagi maʼlumotga koʻra, xon 10 ming kishilik qoʻshin toʻplash imkoniga ega boʻlgan. 19-asr 30- yillarida yollanma askarlar soni 19 ming kishi boʻlib, ular xizmatini turli shahar va harbiy istehkomlarda oʻtaganlar. 19-asr oʻrtalarida harbiy qismlar, shuningdek toʻp va miltiqlar soni ortgan. Umumiy qoʻmondonlik amiri lashkar zimmasida boʻlgan. Umuman xonlikda qoʻshin har jihatdan zamon talabidan ancha orqada edi. 2. Qoʻqon xonligi - oʻzbek xonliklaridan biri (18–19-asrlar). Poytaxti – Qoʻqon. Minglar urugʻidan boʻlgan Shohruxbiy 1709 yilda asos solgan. Bu davlat tarkibiga dastlab Qoʻqon, Namangan. Margʻilon, Konibodom, isfara va ularning atrofidagi qishloqlar kirgan. Abdurahimbiy davrida Buxoro xonligiga harbiy yurish qilinib Samarqand egallanadi (1732). Abdulkarimbiy davrida 1746 yil qalmoqlar Fargʻona vodiysiga hujum qilib, Oʻsh, Andijon, Margʻilon shaharlarini egallab, Qoʻqonni qamal qilgan. Qoʻqonliklar yordamga kelgan Oʻratepa hokimi Fozilbiy qoʻshinlari bilan birgalikda ularni Fargʻona vodiysidan quvib chiqarishgan. Norboʻtabiy davrida Chust va Namangan beklarining mustaqillik uchun koʻtargan gʻalayonlari bostirilgan. Mamlakatda sugʻorish inshootlari barpo qilinadi, savdo va hunarmandchilik, qishloq xoʻjaligi birmuncha rivoj topadi va nisbatan arzonchilik boʻladi. Norboʻtabiyning oʻgʻli Olimbek hukmronligi davrida Qoʻqonning siyosiy mavqei yanada kuchaygan, harbiy islo-hot oʻtkazilgan, Ohangaron vohasi, Toshkent, Chimkent va Sayram tobe etilgan, tashqi savdoga ham eʼtibor kuchaytirilgan. 1805 yil davlat rasman Qo'qon xonligi deb eʼlon qilinib, Olimbek "xon" unvonini olgan. Olimxonning markazlashgan kuchli davlat tuzish borasida qilayotgan harakatlari ayrim mansabparast zodagonlar guruhida norozilik kayfiyatlarini vujudga keltiradi. Natijada ular Olimxonning safardaligidan foydalanib 1810 yil Qoʻqonda "Olimxon Toshkentda oʻldi", degan mish-mish tarqatishadi va uning ukasi Umarbekka toj kiygizadilar. Olimxon bundan xabar topib, Qoʻqonga yoʻl oladi, biroq u Oltiqush mavzeida otib oʻldirilgan. Umarxon davrida xonlik hokimiyatini mustahkamlash va kengaytirish choralari koʻrilgan. 1815 yil Buxoro xonligiga qarashli Turkiston, 1817 yil esa Oʻratepa bosib olingan. Sirdaryo boʻyida bir qancha harbiy istehkomlar barpo etilgan; sugʻorish inshootlarini kengaytirish, kanallar qazish, masjid va madrasalar qurishga eʼtibor berilgan. Xususan, Qoʻqon, Toshkent, Turkiston, Chimkent, Sayram, avliyoota (hozirgi Jambul)da masjid va madrasalar qurilgan. Mozorlar tartibga solingan. Umarxon hukmronligi davrida Qo'qon xonligida fan, adabiyot, sanʼat nisbatan yuksalgan. Bunda uning sevimli xotini – mashhur oʻzbek shoirasi Nodirabetimning xizmati katta boʻlgan. Umarxonning oʻzi ham "Amiriy" taxallusi bilan oʻzbek va tojik tillarida gʻazallar yozgan. Umarxon vafotidan soʻng uning 12 yoshli oʻgʻli Muhammad Alixon taxtga oʻtirgan. Xon yosh boʻlganligi uchun davlatni dastlabki davrda onasi Nodi-rabegim boshqargan. Nodirabegim madaniyat va sanʼatni rivojlantirishga intilgan. 1826 yil Sharqiy Turkistonda xitoylarga qarshi bosh koʻtargan musulmon aholiga yordam berish uchun qoʻshin tor-tib borilgan. Natijada Xitoy huku-mati Sharqiy Turkistonning 6 ta shahri (Oqsuv, Qashqar, Yorkend, Xoʻtan va boshqalar) dan soliq olish huquqini Qo'qon xonligiga berishga majbur boʻlgan. Muhammad Alixon xonlik hududini kengaytirishga intilib, Jan. Olay togʻ etagidagi Qorategin, Dar-voz, Shugʻnon, Roʻshon, Vohon bekliklarini boʻysundirgan. Bu davrda xonlikda sugʻorish ishlari ancha yoʻlga qoʻyilgan. Toshkent yaqinida Xonariq kanali qazilgan. Tashqi iqtisodiy-savdo aloqalari ham ancha yaxshilangan. Buxoro amiri Nasrullo (qarang Nasrullaxon) bilan yuz bergan urushda (1840 yil) Muhammad Alixon yengilib, Xoʻjandni amir Nasrulloga topshirishga va oʻzini uning noibi deb tan olishga majbur boʻlgan. Ammo Buxoro – Qoʻqon munosabatlari bundan keyin ham kes-kinlashgan. Natijada 1841 yil noyab. oyida Muhammad Alixon oʻz ukasi Sulton Mahmud foydasiga taxtdan voz kechgan. Bu voqeadan xabar topgan amir Nasrullo Qoʻqonga bostirib kelib, uni talon-toroj qiladi. U shu qirgʻin-barot davomida Muhammad Alini, uning ukasi Sulton Mahmudxonni, onasi Nodirabegimni va boshqa yuqori man-sabdorlarni qatl ettiradi. Amir farmoni bilan Qo'qon xonligi Buxoro noibi tomo-nidan boshqarila boshlangan. Amir noibi Qo'qon xonligi aholisiga ogʻir soliqlar yuklaydi. Natijada 1842 yil yozida qoʻqonliklar qoʻzgʻolon koʻtaradi, amir Nasrulloga sodiq kishilarning koʻpchiligini oʻldiradilar va Norboʻtabiyning ukasi Hojibekning oʻgli Sheralini xon qilib koʻtarishadi. Buni eshitgan Buxoro amiri Qoʻqonga qoʻshin tortib oʻz hukmronligini qayta oʻrnatish uchun uni qamal qiladi. Biroq qamalning qirqinchi kuni Xiva xoni Olloqulixonning Buxoro hududiga qilgan hujumi haqidagi xabarni eshitib, orqaga qaytishga maj-bur boʻlgan. Natijada qoʻldan ketgan koʻpgina hududlar (Xoʻjand, Toshkent) yana Qo'qon xonligi ixtiyorida qoladi. Sheralixonnint (1842–45) taxtga oʻtirishida koʻmakchi va xayrixoh boʻlgan qipchoqlardan Musulmonqul mingboshi qilib tayinlangan. Musulmonqul, asosan, harbiy ishlar bilan shugʻullangan va xon qoʻshinlarining tarkibini koʻproq qipchoq yigitlari bilan toʻldirgan. Musulmonqul oʻz mavqeidan foydalanib, Sheralixonga oʻz taʼsirini oʻtkazishga intilgan. Ammo xon bunga yoʻl qoʻymaslikka intiladi. Musulmonqul xondan norozi boʻlib, boshqalarning qoʻli bilan suiqasd uyushtirishga harakat qilgan. 1845 yil Oʻshda xonning soliq siyosatiga qarshi qoʻzgʻo-lon boshlanadi. Musulmonqul qoʻzgʻo-lonni bostirishga ketganida, uning sheriklari Olimxonning oʻgʻli murodbekni Qoʻqonga taklif qilib taxtga oʻtqazganlar. Sheralixon oʻldirilgan. Taxtni saqlab qolish uchun Murodxon oʻzini Buxoro amirining noibi deb tan olishga majbur boʻlgan. Musulmon-qulni mingboshi lavozimida qolganligi haqida farmon chiqaradi va uning Qoʻqonga qaytishini talab qiladi. Musulmonqul esa Oʻshdan Namanganga kelib qizini Sheralixonning oʻgʻli Xudoyorga turmushga beradi va u bilan Qoʻqonga kelib, Murodxonni oʻldi-rib, yoʻsh Xudoyorni xon deb eʼlon qiladi (qarang Xudoyorxon). Musulmonqul xonning yoshligidan foydalanib xonlikni deyarli mustaqil ravishda oʻzi boshqaradi, katta lavozimlar qipchoqlarga ulashib beriladi. Natijada Musulmon-qulga qarshi xonlik hududida norozilik harakati kuchaydi va u mingboshilikdan boʻshatiladi. Musulmonqul oʻz mavqeini tiklamoqchi boʻlib, ruslar bilan aloqa oʻrnatishga intiladi va ruslarning vakili V.V.Velyaminov-Zernov bilan 1853 yil bahorida maxfiy uchrashadi. Musulmonqulning rus qoʻmondoni vakili bilan uchrashgani va hokimiyatni oʻz qoʻliga olmoqchi boʻlganligidan xabar topgan oʻzbek va qirgʻiz zodagonlari (Muhammad Niyoz Qushbegi, muhammad Rajab Qoʻrboshi, Muhammad [[Yoqubbek qushbegi va boshqalar) qipchoqlardan qutulish yoʻlini axtarib Xudoyorxonnioʻzlari tarafga ogʻdirib, 1853 yil qipchoqlar qirgʻinini boshlab yuborishgan. Musulmonqul asirga olinib, qatl qilingan. Biroq Qo'qon xonligida oʻzaro taxt uchun kurashlar tinchimagan, yuqoridagi harbiy amaldorlar Xudoyorxonga qarshi fitna tayyorlaganlar, biroq u muvaffaqiyatsiz chiqqan (qarang [[Yoqubbek). Qisqa vaqt ichida xonlar bir necha marta almashgan (1852–62 yillarda Sheralixonning oʻgʻli Mallaxon, 1862–63 yilda Shohmu-rodxon, 1863 yil may-iyunda yana xudoyorxon, 1863 yil iyul – 1865 yillarda Mallaxonning oʻgʻli Sulton Sayidxon xon boʻlgan). 1865 yil Qoʻqonda qipchoq va qirgʻizlar Xudoyqulbekni tantanavor ravishda xon deb eʼlon qiladilar. U atigi 14 kungina xonlik qiladi, soʻngra barcha xazinani va qimmatbaho narsalarni olib, Qashqarga qochib ketgan. Xudoyorxon hech qanday qarshiliksiz Qoʻqon taxtini qayta egallagan (1865– 75). Bunday beqaror ichki vaziyatdan foydalangan Rossiya Qo'qon xonligiga qarshi istilochilik harakatlarini boshlab yuborgan. Natijada 1853–65 yillar davomida Oqmachit, Toʻqmoq, Pishpak, Avliyoota, Turkiston, Chimkent, Toshkentni va ularning atrof hududlarini bosib oladi. 1867 yil 14 iyulda imperator Aleksandr II Turkiston harbiy okrugini taʼsis etdi va Oʻrta Osiyoda bosib olingan va saltanat tarkibiga kiritilgan hududlar hisobidan turkiston general-gubernatorligini tashkil qildi. Chorizm bosqini tufayli Qo'qon xonligi chegaralari ancha qisqarib ketdi. Xazinaga tushadigan daromadlar keskin kamaydi. Xon xazinani toʻldirish uchun yangidan qoʻshimcha soliqlar joriy etdi. Xalq bundan norozi boʻlib 1871 yil Soʻxda gʻalayon koʻta-radi. Bu gʻalayon qurolli qoʻzgʻolonga aylanib ketdi. Oʻrta Osiyo tarixida eng uzoq davom etgan "Poʻlatxon" qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtadi. Rus qoʻshinlari qoʻzgʻo-lonchilarni yengdilar va Poʻlatxon asirga olindi. U 1876 yil 1 mart oyida Margʻilon shahrida dorga osiladi. Chor qoʻshinlari Qo'qon xonligini bosib olib, xonlikni rasman bekor qiladilar va oʻrniga Fargʻona viloyatini taʼsis eta-dilar. Qo'qon xonligida quyidagi mansablar mavjud boʻlgan: mingboshi, otaliq, shayxulislom, qozi-kalon, qushbegi, mehtar, parvonachi, naqib, dodxoh, eshik ogʻasi, inoq, shigʻovul, toʻqsoba, miroxur, qora-vulbegi va boshqa Qo'qon xonligida mavjud boʻlgan harbiy unvonlar quyidagicha boʻlgan: mingboshi – odatda, u vazirlik vazifasini birga olib borgan. Keyin ponsadboshi, yuzboshi, ellikboshi, oʻnboshi, zambarakchi va boshqa Bulardan tashqari, boshqa harbiy mansablar ham boʻlgan. Qoʻqonda yashagan sarboz va toʻpchilar faqat alohida vazifadagi noib, dodxohning doimiy tasarrufida boʻlganlar. Urush davrida noib, dodxoh oʻz qismiga hara-katdagi qoʻshinning hamma sarbozlarini qabul qilgan, unga vaqtinchalik boshchilik qilishni maxsus tayinlangan amiri lashkar (bosh qoʻmondon)ga topshirardi. 19-asrning 1-yarmida Qo'qon xonligi tarkibiga quyidagi hududlar kirardi: Sirdaryoning soʻl sohili bilan Qorategin oraligidagi Qoʻqon viloyati; Sirdaryoning oʻng sohilidan to Olatovgacha boʻlgan Namangan viloyati; Xoʻjand shahri; Xoʻjand bilan Toshkent orali-gʻidagi Oʻratepa viloyati. Xonlikning eng shim. viloyati Turkiston, Betpaq-dala sahrolariga borib taqalardi. Bundan tashqari, xonlik tarkibiga Olay hududi, Balxash koʻli bilan Sirdaryoning yuqori oqimi oraligʻidagi yerlar kirardi. Billurtogʻning gʻarbiy tomonidagi Qorategin, Darboz, Koʻlob, Shugʻnon singari bir qator togʻli tumanlar ham Qo'qon xonligiga tegishli edi. Bu yerlarni qoʻqonliklar 19-asrning 30-yillarida boʻysundirishgan boʻlsa-da, ular tez-tez qoʻldan-qoʻlga, koʻproq Buxoro amiri ixtiyoriga oʻtib turardi. Qo'qon xonligi aholisining soni 3 mln.ga yaqin edi. Chorizm qoʻshinlari uning shim.gʻarbiy viloyatlarini bosib olgach, xonlik hududi ancha qisqarib, asosan, Fargʻona vodiysi bilan cheklanadi va aholi soni taxminan 2 mln.ga tushib qoladi. Qo'qon xonligining aholisi, asosan, oʻzbeklar, tojiklar, qirgʻizlar, qozoqlar, uygʻurlar, qoraqalpoqlardan iborat edi. Qo'qon xonligida ham yerga egalik qilish va undan foydalanish turli xil boʻlgan. Xonlikka qarashli boʻlgan yerlar am-lok yerlar, vaqf yerlari, mulki xi-roj va mulki ushriyaga taqsimlangan. Dehqonlar oʻrtasida yakka dehqon xoʻjaligi ham rivojlangan. Oʻz yerlaridan ajralgan kambagʻal dehqonlarning koʻpchiligi yirik yer egalari qoʻlida chorakorlik qilganlar. Yerning bahosi uning unumdorligi va qanchalik suv bilan taʼminlanganligiga qarab belgilangan. Xonlar sugʻorish tarmoqlari katta daromad manbai boʻlganligi sababli maʼlum darajada ularni saqlashga, sugʻorish inshootlarini yanada kengaytirishga yaxshi eʼti-bor berishgan. Qo'qon xonligida koʻplab paxta va poliz ekinlari yetishtirilgan, bogʻ-dorchilik hamda pillachilik taraqqiy etgan. Hunarmand-kosibchilik mazmunan boy va serqirra boʻlgan. Bular: misgarlik, zargarlik, oʻymakorlik, harbiy qurol ishlab chiqarish, sopol va koʻzagarlik, qogʻozgarlik, badiiy toʻqimachilik, doʻppichilik, kashtachilik, koʻpriksozlik, temirchilik va shahrik. Bulardan tashqari, xonlikda yer osti boyligi ham maʼlum darajada qazib olingan. Ammo ularni ishlab chiqarish sodda va kam ediki, ular ehtiyojni qondira olmasdi. Mas, xonlikda ishlab chiqarilgan metall Rossiyadan olib kelingan metalldan qimmatga tushardi. Qo'qon xonligida ishlab chiqilgan mahsulotlar esa chet ellarga ham olib chiqilar edi va ularga talab ham bor edi. Shuning uchun bu soha maʼlum darajada rivojlana borgan. Savdo-sotiq Qo'qon xonligi hayotida katta va muhim oʻrin egallagan. U ichki va tashqi savdoga boʻlingan. Osiyo xonliklarida ichki savdo, asosan, qad. davrdan beri oʻzaro koʻchmanchi chorvador, oʻtroq dehqonlar va shahar-qishloq hunarmandlari mahsulotlariga asoslangan edi. Aholi oʻzining ehtiyojlarini asosan oʻz xonligidagi mahsulotlar bilan qondirishgan. Qo'qon xonligining iqtisodiy hayotida Buxo-ro, Xiva, Qashqar, Hindiston, Afgʻoniston, Eron va ayniqsa, Rossiya bilan boʻlgan tashqi savdo katta oʻrinni egallagan. Rossiya bilan olib borilgan savdo munosabatlari Qo'qon xonligi qishloq xoʻjaligi ayrim tarmoqlarining rivojlanishiga olib keldi va rus madaniyatining baʼzi jihatlari aholi turmush tarziga kira boshladi. Qo'qon xonligi Rossiyaning xom ashyo bazasiga va tashqi savdo bozoriga aylana bordi. Rossiya sanoati tovarlarining olib kelinishi mahalliy sanoat korxonalarini va ayrim hunarmandlarning inqirozga uchra-shiga sabab boʻldi. Qoʻqon, Margʻilon va Namangan shaharlarida ip va ipak matolar (atlas, shoyi, beqasam, adras, chit, boʻz va boshqalar) toʻqilgan. Shuningdek, boshqa hunarmandchilik tarmoqlarida xoʻjalik asboblari, dehqonchilik uchun kerakli uskunalar, qurol-yaroqlar, zargarlik buyumlari, qogʻoz va boshqa nar-salar ishlab chiqarilgan. Yer osti boyliklaridan neft, oltin, kumush, mis, rux, temir, qoʻrgʻoshin va boshqa ham maʼlum miqdorda qazib olingan. Xonlikda paxta va poliz ekinlari yetishtirilgan, bogʻdorchilik va pillachilik ham taraqqiy etgan. Qo'qon xonligidan chet davlatlarga quritilgan mevalar, jun, teri, ipak, gilam, paxta va ipak matolar chiqarilgan. tashqi mamlakatlardan esa turli metall rudalari, metall buyumlar, qand va boshqa mahsulotlar keltirilgan. Madaniyati. Qo'qon xonligining 18–19-asrlar 1-yarmida kechgan madaniy hayotida ham sezilarli ijobiy oʻzgarishlar va siljishlar yuz berib borganligi ayondir. 19-asrda Qo'qon xonligida tarixnavislik sezilarli ravishda oʻsib borgan. Oldinlari yozilgan bir necha tarixiy asarlar fors va arab tillaridan oʻzbek tiliga tarjima qilindi va yangi kitoblar yozildi. Bu yangi asarlarning oʻziga xos xususiyatlari ham bor edi – ularning ayrimlari sheʼriy yoki qisman sheʼriy yoʻlda yozildi. Bu esa qoʻqonlik tarixchilarning adabiyotni yaxshi bilibgina qolmay, oʻzlari ham sheʼriyatda qalam tebratganliklarini koʻrsatadi. Mas, "Tarixi jahonnamoyi" (Junayd Mullo Avazmuham-mad Mullo Roʻzi Muhammad soʻfi oʻgʻli), "Shohnoma" (Abdulkarim Fazliy Namangoniy), "Shohnomayi Umarxoniy" (Mirzo Qalandar Mush-rif Isfaragiy, u Fazliy Naman-goniyning "Zafarnoma" asarini nasriy qilib yozgan). "Muntaxab attavorix" (Xoʻja Muhammad Hakimxon-toʻra bin Sayid Maʼsumxon), "Tarixi Shohruxiy" ("Tarixi say-yidi Xudoyorxon", Mullo Niyoz muhammad Xoʻqandiy Niyoziy bin Mul-lo bin Ashur Muhammad Xoʻqandiy), "Tarixi jadidai Toshkand (Muham-mad Solihxoʻja ibn Qorixoʻja), "Shohnoma" (Mahzun Ziyovuddin Xoʻqandiy), "Jangnomai Xudoyorxon" (Shavqiy Namangoniy) va boshqa 19-asr boshlarida shakllangan Qoʻqon adabiy muhiti ham xonlikning madaniy hayotida katta oʻrin tutgan. Qoʻqon hukmdorlarining qator namo-yandalari temuriylar anʼanasini davom ettirib, oʻzlari ham ilm-maʼri-fat bilan shugʻullanib, bu sohani rav-naq topdirishga katta saʼy-harakat qilganlar. Ayniqsa, bunda Qoʻqon xonlaridan Umarxon (1810–22) va muhammad Alixon (1822–41) davrlari yaqqol ajralib turadi. Xususan, Akmal (Maxmurning otasi), Amiriy (Qoʻqon xoni Umarxon), Boqixontoʻra, Muhammad Sharif, Gulxaniy, Maxmur (Mahmud), Muntazir, Nizomiy Xoʻqandiy (asl nomi Nizomiddin Muhammadaminxoʻja oʻgʻli), Nodir, Nozil Muhammad Avaz, Avazmuham-mad Yormuhammad oʻgʻli Pisandiy, Fazliy Namangoniy, Gʻoziy singari shoirlar xalq ichida mashhur edilar. Qoʻqon adabiy muhitining yana bir muhim xarakterli jihati shundaki, bu davrda oʻzbek va fors-tojik tilida bab-baravar qalam tebratgan bir qator taniqli va mashhur oʻzbek shoiralari isteʼdodi keng rivoj topdi. Mas, Dilshod otin, Zebuniso, Zinnat, Moh-zoda Begim, Mahzuna, Mushtariy, Nodira, Nozuk Xonim, Uvaysiylarning ijodi ayricha ahamiyatga molik-dir. Qoʻqon adabiy muhitining samarali taʼsiri oʻlaroq bu yurtdan keyinchalik Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqa yetuk badiiy soʻz sanʼatkorlari yetishib chiqdilar va oʻz xalqining erki, hurligi va ozodligi uchun xizmat qildilar. Umuman olganda, 19-asrning oʻrtalariga kelib, Oʻrta Osiyo xonliklarida adabiyot va tarixshunoslik bilan bir qatorda mat., tibbiyot, geogr., astro-nomiyaga oid hamda diniy asarlar yara-tildi. Bu xonliklarda miniatyura va xattotlik sanʼati ham oʻz oʻrniga ega. Bu davrning madaniy hayotida dorbozlik, askiya, qoʻgʻirchoq teatri, masxa-rabozlik, ayniqsa, bastakorlik bir-muncha rivojlandi. Qo'qon xonligining barcha bekliklarida madrasa, maktab va qorixonalar mavjud edi. Madrasalarda ham diniy, ham dunyoviy fanlar boʻyicha tanilgan mudarrislar, olimlar bor boʻlganligi uchun ham bu yerga turli mamla-katlardan koʻplab talabalar kelib oʻqishgan.
Download 50.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling