Buxoro xonligi


Download 50.1 Kb.
bet2/3
Sana13.06.2020
Hajmi50.1 Kb.
#118381
1   2   3
Bog'liq
gumanitar 4-jovob


3. Temuriylar tasarrufida boʻlgan Xorazm hududini Shayboniyxon 1505 yilda bosib olgan. Shayboniyxon vafoti (1510 yil) dan keyin Xorazm Eron safaviylari qoʻl ostiga oʻtdi. Ularga qarshi xalq qoʻzgʻoloni boʻlib, unga Vazir qalʼasi qozisi Umar va Baqirgʻon qishlogʻidan mulla Sayd Hisomiddin boshchilik qildi. Ikki yil davom etgan kurashlar natijasida eroniylar mamlakatdan quvib chiqarilgan va xorazmliklar taklifi bilan 1511 yilda Vazir shahrini egallagan shayboniylardan Elbarsxon Xorazm hukmdori deb tan olingan.

Elbarsxon (1511—16) bilan birga Dashti Qipchoqdan Xorazmga kelgan xalqlar oʻtroqlashganlar. Uning davrida xorazmliklar Turkmanistonning janubiy qismi, Eron shimolidagi Saraxs, Orol va Mangʻishloqni egallashgan. Yangi yerlarni Elbarsxon oʻgʻillari va ukasi, qarindoshlariga boʻlib berishi natijasida mayda hokimliklar paydo boʻlgan. Elbarsxon vafotidan keyin uzluksiz oʻzaro nizolar sababli xonlar tez-tez almashib turgan. 16-asrda Xiva xonligini Sulton Hojixon (1516), Husaynqulixon (1516), Soʻfiyonxon (1516—22), Bujaqaxon (1522—26), Avaneshxon (1526—38), Alixon (1538—47), Akatoyxon (1547—56), Yunusxon (1556—57), Doʻstxon (1557—58), Hoji Muhammadxon (1559—1602) lar boshqarganlar. Bu davrda xalq, Elbarsxon avlodlari oʻrtasidagi oʻzaro qirgʻinlaridan tashqari Buxoro va Xiva xonligi oʻrtasida urushlar azobini ham tortishga majbur boʻlgan. Buxoroliklar Ubaydullaxon va Abdullaxon II hukmronlik davrlarida (1537—38; 1593; 1595—98) Xorazmga hujumlar qilib, qisqa vaqt Xiva xonligini Buxoroga boʻysundirganlar. Bu urushlar va 16-asrning 70-yillarida Amudaryo oʻzanining oʻzgarib, Kaspiy dengiziga oqmay qoʻyganligi ham Xorazm iqtisodiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatgan.

17-asr boshlariga kelib, Xorazm taxti uchun boʻlgan sulolaviy kurashlardan soʻng, taxtga oʻtirgan Arab Muhammadxon davrida Xiva xonligida davlat parokandaligi oʻzining yuqori choʻqqisiga yetgan. Rus kazaklari, qozoqlar va qalmiqlarning talonchilik yurishlari, Arab Muhammadxonning oʻgʻillari Habash va Elbarslarning otalariga qarshi chiqishlari parokandalikni avj oldirgan. Bu kurashda ularning qoʻli baland kelib, otalarini qatl ettirishga erishadilar. Padarkush Elbars va Habash sultonlar (1621—23) akalari Asfandiyor (Isfandiyor, 1623—43) tomonidan taxtdan tushirilib, qatl qilingan. Eron shohi Abbos I homiyligida taxtga chiqqan Asfandiyorxon davrida mamlakat siyosiy hayotidagi keskinlik saqlanib qoldi. Orol boʻyidagi oʻzbek qoʻngʻirotlari Asfandiyorga boʻysunmay qoʻyishgan. Mamlakatda tarqoqlik va zulm kuchaygan. Bundan foydalangan yirik mulkdorlar Abulgʻoziy Bahodirxonni 1643 yilda xon qilib koʻtarishgan. Abulgʻoziy Bahodirxon akasi vafotidan keyin 1644 yilda Xiva xonligi taxtiga oʻtirgan. U markaziy hokimiyatni mustahkamlab, Buxoro xonligining Chorjoʻy, Vardanza, Qorakoʻl, Karmana atroflariga bir necha marta harbiy yurishlar qildi.

Abulgʻoziy Bahodirxon 1662 yilda Buxoro xoni Abdulazizxon bilan sulh tuzib, 1663 yilda hokimiyatni oʻgʻli Anushaxonga topshirgan. Shunga qaramay Xiva qoʻshinlari Buxoro, Samarqand, Qarshiga talonchilik yurishlarini davom ettirgan. 1685 yilda Xiva qoʻshinlari Gʻijduvon yaqinida magʻlubiyatga uchragach, Buxoroning Xiva xonligiga taʼsiri kuchaygan. Buxoro xoni Subhonqulixon Anushaga qarshi fitna uyushtirib, uning oʻgʻli Arang Muxammadxonga taxtni egallashga yordam berdi. Lekin uning hukmronligi juda qisqa boʻlgan. 17-asrning oxiri — 18-asr boshlarida Xiva xonligida Xudoydodxon (1687—88), Oʻzbekxon—Arnakxon (1688—90), Joʻji Sulton (1694—97), Valixon (1697—99), Shohniyozxon (1699—90), Shohbaxtxon (1702—03), Sayid Alixon (1703—05), Musaxon (1705—06), Yodgorxon (1706—13) kabi oʻnlab xonlar almashgan. Bu mamlakat ahvolini yanada ogʻirlashtirgan. Xuddi shu davrga kelib Rossiyaning Sharqqa boʻlgan qiziqishi ortgan va Petr I 1714—17 yillarda Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy boshchiligida Xivaga harbiy ekspeditsiya joʻnatgan. Xiva xoni Shergʻozixon (1714—28) Qayragʻoch darasidagi ochiq toʻqnashuvda katta talafotga uchragach, harbiy hiyla ishlatib, rus qoʻshinlarini 5 ta shaharga boʻlib yuborgan va ularni alohida-alohida qirgʻin qilgan. Bu paytda ichki nizolar, zulm avj olgan, Orol boʻyi aholisi Xivaga boʻysunmay qoʻygan edi. 1728 yilda Xivadagi Shergʻozixon madrasasi qurilishida qullar qoʻzgʻolon koʻtarib, xon va uning mulozimlarini qatl qilishgan. Shu voqeadan keyin Xiva xonligida siyosiy oʻyin yana avj olgan. Xiva xonligidagi oʻzaro urushlarda Elbarsxon (1728—39) hokimiyatni qoʻlga kiritgach, ichki nizolarni bostirib, qoʻshni hududlarga bosqinchilik yurishlarini amalga oshirgan. 1740 yilda Eron shohi Nodirshoh Xiva xonligiga bostirib kirib, uni oʻziga boʻysundirgan. 1741 yilda xorazmliklarning qoʻzgʻoloni eroniylar tomonidan bostirilgan.

18-asr oʻrtalaridagi xonlar goh Eron shohlarining xohishi, goh Buxoro hukmdorlarining taʼsiri, goh mahalliy aholi qoʻngʻirot urugʻining yordami bilan tez-tez almashinib turgan. Bu davrda Tohirxon (1739—40), Abulxayrxon (7—8 kun), Nuralixon (1740—42), Abulgʻoziyxon II (1742—46), Gʻoyibxon (1746—56), Qoraboyxon (1756—57), Temurgʻoziyxon (1757—64) va boshqalar Xiva xonligida rasman hukmronlik qilishgan. 18-asrning 60-yillaridan badavlat shaharliklar va ruhoniylarning qoʻllab-quvvatlashiga erishgan qoʻngʻirot urugʻlari Xiva xonligida hokimiyatni qoʻlga ola boshlagan. Inoq Muhammad Amin (1770—90) 1770 yilda turkmanlarning qarshiligini sindirib, 1782 yilda Buxoro amirligi hujumini qaytarib, Xiva xonligida qoʻngʻirotlarning amaldagi hokimiyatini mustahkamlagan. Avaz Muhammad Inoq davrida Xiva xonligida markaziy hokimiyat mustahkamlanib, iqtisodiy ahvol birmuncha yaxshilangan. Bu bilan 19-asr boshlarida qoʻngʻirotlar sulolasi hokimiyatni rasman egallashiga zamin tayyorlagan. Muhammad Amin Inoq va Avaz Muhammad Inoqlar chingiziy sultonlar nomidan hokimiyatni boshqargan boʻlsalar, ularning vorisi Eltuzar (1804—06) 1804 yilda Abulgʻoziyxon V Yodgorxon oʻgʻli (1802— 04)ni taxtdan tushirib, oʻzini xon deb eʼlon qilgan. Shuning uchun ham Eltuzarxon Xiva xonligi taxtiga oʻtirgan qoʻngʻirotlar sulolasining 1-xoni hisoblanadi. Uning vorisi, inisi Muhammad Rahimxon I Xiva xonligini birlashtirishni nihoyasiga yetkazgan. 1811 yilda bir qancha yurishlardan keyin qoraqalpoqlarni ham Xiva xonligi tarkibiga qoʻshib olgan. U oʻtkazgan siyosiy, maʼmuriy, iqtisodiy islohotlar natijasida boshqaruv tizimi takomillashib, soliqlar tartibga tushgan.

Olloqulixon (1825—42), Rahimqulixon (1842—45) va Muhammad Aminxon (1846—55) davrlarida Xiva qoʻshinlarining Xurosonga yurishlari kuchaydi, Marv shahri uchun Buxoro amirligi bilan tez-tez urushlar boʻlib turgan. Xiva xonlari bu davrda Sirdaryoning Orol dengiziga quyiladigan joyidan Turkmaniston hududidagi Kushkagacha boʻlgan yerlarni boshqargan. 1855 yilda Saraxsni qamal qilish paytida Muhammad Aminxonning halok boʻlishi mamlakatda parokandalikka sabab boʻlgan. Abdullaxon (1855—56), Qutlugʻmurodxonlar (1856) 6 oydan koʻp hukmronlik qilmaslaridan oʻldirilgan. 1856 yilda taxtni Sayd Muhammadxon (1856—64) egallagan.

Xiva xonligida soʻnggi mustaqil hukmdor Feruztaxallusi bilan ijod qilgan Muhammad Rahimxon II(1864—1910) boʻlgan. Uning davrida xonlikning siyosiy, iqtisodiy, madaniy jihatdan oʻsishi koʻzga tashlanadi. Lekin, 1873 yilda Rossiya Xiva xonligini bosib olgan, Muhammad Rahimxon II va K.P.Kaufman imzolagan Gandimiyon shartnomasiga koʻra, Xiva xonligi Rossiyaga qaram davlatga aylanib qolgan. Asfandiyorxon (1910—18) Rossiyadagi oʻzgarishlar sabab Xiva xonligida zulmni kuchaytirgan. Shu bilan birga Rossiya hukumati talabi bilan 1910—13 yillarda vazir Islomxoʻja boshchiligida islohotlar oʻtkazishga harakat qilgan. 1914—16 yillarda soliqlarning koʻpayishi, iqtisodiy ahvolning ogʻirlashishi sababli xalqning norozilik harakati kuchaydi.

1917 yilda Rossiyadagi fevral inqilobi taʼsirida Yosh xivaliklar va boshqa siyosiy kuchlarning talabi bilan Asfandiyorxon majlis chaqirish va nozirlar kengashini tuzish toʻgʻrisidagi manifestga imzo chekkan. 1917 yil oxirlarida Xiva xonligidagi sovetlarga moyil kuchlarning olib chiqib ketilishi majlisning tugatilishiga asos boʻlgan. 1918 yilning yanvarida soʻnggi rus askarlarining Xiva xonligidan chiqib ketishi Junaidxon Xiva shahrini egallashiga imkon bergan. Asfandiyorxon Junaidxon qoʻlida qoʻgʻirchoq hukmdorga aylanib qolgan. Siyosiy oʻyinlar sababli 1918 yil oktyabr oyida Junaidxon tomonidan Asfandiyorxon oʻldirilgan va soʻnggi xon Sayd Abdullaxon (1918 yil oktyabr — 1920 yil 2 fevral) taxtga chiqarilgan. Bu davrda Xiva xonligi mustaqil davlat sifatida faoliyat yurgizgan. Yosh xivaliklar qizil armiyaning yordami bilan 1920 yil 2 fevralda Sayd Abdullaxonni taxtdan tushirishgan va Xiva xonligi tugatildi deb eʼlon qilishgan.



4. Markaziy Osiyoning Rossiya tomonidan zabt etilishi XIX asrning 20-yillariga kelib Angliyada ishlab chiqarilgan mollar Rossiyadan keltiriladigan mahsulotlarga raqobat tugʻdira boshladi. Buyuk Britaniya Afgʻoniston, Eron va Oʻrta Osiyo hududlariga boʻlgan davolarini ochiqchasiga bayon eta boshlagan edi. Rossiya Osiyo bozorlarida oʻz mavqeini mustahkamlash maqsadida rus mahsulotlarini mintaqaga keltirilishida imtiyozli bojxona sharoitlarini yaratib berdi. Nikolay I davriga kelib chor Rossiyasining mintaqadagi diplomatik va harbiy taʼsiri kuchayib bordi. 1834 oʻzbek xonliklariga olib boruvchi yoʻl chorrahalarida Novo-Aleksandrovsk qoʻrgʻoni (Mangʻishloq shahri) barpo etildi. 1839 yil oxiri 1840 yil boshlarida Orenburg general- gubernatori graf Perovskiy Xiva xonligiga qarshi muvaffaqiyatsiz qishki harbiy yurish uyushtirdi. 1847 yilda general Oruchev Orol dengizining shimoli-sharqiy qirgʻogʻini zabt etdi va Raim (Kazalinsk shahri) qoʻrgʻoniga asos soldi. "Nikolay" va "Konstantin" paraxodlaridan iborat Orol flotiliyasi tashkil etildi. 1850-55 yillarga kelib Qoʻqon xonligiga qarashli Kumushqoʻrgʻon, Chimqoʻrgʻon, Qoʻshqoʻrgʻon, Oqmachit (Qizil Oʻrda) qalʼasi, keyinchalik hududida Verniy qoʻrgʻoni barpo etilgan Ili daryosi vodiysi rus qoʻshinlari tomonidan bosib olindi. Aleksandr II hukmronligi davrida Oʻrta Osiyoni bosib olish imperiya tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Qoʻqon xonligi harbiy boʻlinmalarining janubiy Qozogʻiston, Sirdaryoning quyi oqimi va Orol dengizi qirgʻoqlarida barpo etilgan rus aholi punktlariga uyushtirgan hujumlari janubga qarab yurishning jadallashuviga baxona boʻldi. 1865 yilda general-mayor M.G.Chernyaev Toshkentni bosib oladi va shahar oqsoqollarini sulh tuzish xususidagi shartnomani imzolashga majbur etdi. Imperator Aleksandr II Orenburg general gubernatoriga farmon berib, agarda Toshkent ahli Rossiya fuqaroligini qabul qilishni xohish etsa, ularning bu istagini qondirish lozimligini qayd etdi. Toshkentlik savdogarlar va obroʻli kishilarining bir qismi shu mazmundagi murojaatnomaga imzo chekdilar. 1866 yilda rus qoʻshinlari Xoʻjand va Jizzax qalʼasini zabt etdilar. Chinoz qoʻrgʻoni barpo etildi. Xoʻjand va Chirchiqorti oʻlkalari Rossiya tasarrufiga oʻtdi. 1967 yilning iyul oyida imperator farmoniga binoan general-gubernator boshchiligidagi Turkiston harbiy okrugi tashkil etildi. 1868 yilda general-adʼyutant fon Kaufman boshchiligidagi Turkiston harbiy okrugi qoʻshinlari Buxoro xonligiga qarshi harbiy harakatlarni boshladilar. May oyida rus qoʻshinlari Samarqandga yaqinlashdilar va shaharni jangsiz ishgʻol etdilar. Iyun oyida Buxoro amiri sulh xususidagi shartnomaga imzo chekdi. Zarafsxon okrugi tashkil etildi. General Abramov boʻlinmasi Qarshini bosib oladi va uni Buxoro amiriga qaytaradi. General-mayor Abramovning 1870 yilda amalga oshirilgan harbiy harakatlari natijasida Shahrisabz va Kitob ishgʻol etiladi. Shahrisabz va Kitob bekliklari Buxoro amiriga topshiriladi. 1873 yilda keng qamrovli harbiy harakatlar natijasida Turkiston, Mangʻishlok va Orenburg tarafidan Xiva xonligiga yurish uyushtiriladi. Harbiy harakatlarga 49 ta rota, 32 ta yuzlik, 34 ta zambarak va 2 ta paroxod jalb etildi. May oyiga kelib Hazorasp qalʼasi zabt etildi, koʻp oʻtmay Xiva, Qoʻngʻirot, Xoʻjayli, Mangʻit qalʼalari va Gurlan bekligi taslim boʻldi. Avgust oyida Xiva xonligi bilan sulh shartnomasi tuzildi. Xiva xonligi Rossiya vassalligini qabul qilib, Muhammad Rahim Bahodirxon (Feruz) hukmronligi saqlab qolindi. 1873 yilning kuzida Buxoro xonligi bilan yangi siyosiy shartnoma imzolandi. 1875-1876 yilgi harbiy harakatlar natijasida Fargʻona vodiysida Xudoyorxon va rus hukumatiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon bostirildi. Soʻngra Qoʻqon xonligi tugatilib, Rossiya tarkibidagi Fargʻona viloyati tashkil etildi. 1881 yilda Axal-Tekin vohasi rus qoʻshinlarining ayovsiz hujumlari ostida taslim boʻldi, Ashxobod zabt etildi. Rossiya va Eron oʻrtasida chegara belgilashga qaratilgan konvensiya imzolandi. 1884 yilda Marv taslim boʻldi. 1885 yilda Pendin va Murgʻob vohasida yashovchi turkman qabilalari Rossiya fuqaroligini qabul qildilar. Kushka Rossiyaning eng janubiy chegara maskaniga aylandi. Shunday qilib, XIX asrning 80-yillariga kelib Rossiyaning Markaziy Osiyodagi chegaralarining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetdi. 1895 yilda Rossiya va Britaniya hukumatlari oʻrtasida Pomir togʻlarida boʻlinish chizigʻi oʻtkazilishi bilan taʼsir doiralarini tasdiqlash xususidagi shartnoma imzolandi.

5. Chor Rossiyasi o’zining tish-tirnog`i bilan qurollangan harbiy kuchlaridan  
foydalanib, Turkiston xalqlarining mardona qarshiliklarini sindirib, har bir  
qishloq va shaharlarni egallash uchun  minglab o’n minglab mahalliy aholining,  
vatan himyachilarining qonini to’kibbutun O’rta Osieni buysindirdi.  

1867 yilda Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilib, o’lka to’la  


ravishda harbiylar quliga o’tdi va o’lkani boshqarish katta vakolatlarga ega  
bo’lgan Turkiston general-gubernatorligiga topshirildi. Turkiston general- 
gubernatori lavozimiga  general fon Kaufman tayinlandi.  
General-gubernator katta huquqlarga ega bo’lib, xorijiy mamlakatlar bilan  
diplomatik aloqalar ollib borishi, soliq siesatini belgilanashi, rus fuaroligi  
huquqini berishi, mahalliy ahol ustidan chiqarilgan turli hukmlarni ijro etishga  
ruxsat berishi mumkin edi. Bu qonun chor ma`muriyatining mustahkamchilik  
siesati manfaatlariga mos kelmasligi sezila boshlangach, Kaufman Rossiya  
imperatorgia 1873 yilda Turkiston o’lkasini boshqarishning yangi nizom  
loyihasini taqdim etdi. Nizom 1886 yilda podsho Aleksandr II tomonidan  
tasdiqlandi. Nizomning asosiy g`oyasiga ko’ra o’lkada Rossiya hukmronligi  
yanada mustahkamlanishi, o’lka erlari avvalgidek harbiy vazirga buysindirilishi  
nazarda tutilgan.    
Xiva xonligi mustaqil qo’shin saqlash, tashki siesat olbi borish huquqidan  
mahrum etildi. Uning xavfsizligini Rossiyadan keltirilgan qozoq polkloi  
ta`minlab turadigan bo’ldi. 1868 yil chorzim bilan Buxoro o’rtasida tuzilgan  
bitim asosida Samarkand, Jizzax, Xo’jand, O’rtatepa va boshqa xududlar  
Rossiyaga o’tdi. Buxoro amirligi esa, Rossiya imperiyasiga qarashli kichik,   
yarim mustamlaka davlatga aylanib qoldi.  
Turkistonning  barcha viloyatlarida harbiy gubernatorlik boshqarmalari  
ta`sis etildi. Harbiy gubernatorlar bevosita podsho tomonidan tayinlanadigan  
bo’ldi. Volot` boshqarmalari, uezd boshliqlari esa doimo harbiy  
gubernatorlarning nazorati ostida bo’ldi.  
O’lkada mustamlakachilik tartiblari o’rnatilishiga qadar hakamlik vazifasini  
bajarib kelgan qozilar  ko’chmanchi aholi  ichidagi  harbiylar sudi  mahalliy  
aholi o’rtasidagi huquqiy  muammolarni shariat va odat normalariga  tayanib hal  
qiluvchi organ sifatida saqlanib qolindi. Bu albatta, mahalliy halq  ommasining  
noroziligini kuchaytirmaslik ko’rilgan tadbirlar edi. Ular  general-gubernator  
tomonidan tadiqlanib, uezd boshliqlari nazorati ostida ish olib bordi.  
Turkiston  general-gubernatorligining markazi Toshkentni boshqaruv 1870  
yili shahar qoidasiga kura to’ligi bilan podsho  ma`muriyati qulida  bo’ldi. 1877  
yilgacha eski shahar va yangi shahar alohida  boshqarilsa, lekin eski hao’arda  
xokikimiyat general Geyns qo’lida edi. O’sha yilidan shahar Davlat dumasiga  
saylov  bo’ldi. Saylangan 71 deputatning atigi 21 nafari mahalliy alohidan  
bo’ldi.  
Chor Rossiyasi turkiston o’lkasini egallagan kunlaridan boshlab o’zining  
iqtisodiy mustamlakalchilik niyatlarini amalga oshirishga kirishdi.  
Buning  uchun, birinchi navbatda, Rossiya guberniyalaridagi sanoat  
korxonalarini muntazam ravishda xom-ashe bilan  ta`minlab turuvchi temir  
yo’llar qurildi. Shu maqadda 1881-1886 yillarda Mixaylovskiy ko’rfazidan  
Chorjuyga Zakaspiy temir yo’li qurildi, 1888 yilda bu yil uzaytirilib  

Samarqandga ekazildi. 1906nt-Orenburg temir yo’li ishga tushirildi. 1912 yilda  


Farg`ona vodiysi ham Rossiya bilan temir yo’l orqali bog`landi.  
Mustamlaka Turkistonda  temir yo’llarni kurib bitirilishi o’lkani Rossiya  
sanoatining g`ildiragiga yanada mahkamroq bog`ladi. O’lkaning xom-ashe  
etkazib beruvchi manba sifatidagi o’rni mustahkamlangach, bu erga turli yairma  
va birjalar kirib kela boshladi va ular Turkistonning iqtisodiy haetida yil sayin  
o’z ta`srini kuchaytirdi. Ular o’lkadan  xom-ashe olib ketish, Rossiyadan sanoat   
va qishloq xo’jalik mahsulotlari olib kelib sotish bilan cheklanbay  
so’g`oriladigan erlarni sotib olib paxta ekishni kengaytirdi. Paxtachilikning  
rivojlanishi bunday  firma-birjalar mahalliy  sudxur va savdogarlar uchun katta  
imkoniyatlar yaratib berdi. Ular asosan xom-ashe  etishtirish yo’liga o’tib olgan  
dehkonlarga kelasi 1il oladigan hosili hisobidan pul qarz berar edi.  
Dehkonlarning moddiy ahvoli  oqirlashgan sari ularning hosildan tushgan  
daromadi qarzini to’lashga, erga  ishlov berishga, oilasi oziq-ovqat  
mahsulotlarini sotib olishga ham etmas edi. Buning natijasida bir tomondan  
dehkonlarning ersizlanishi ortib boraversa, ikkinchi tomonidan katta er  
maydonlari mahalliy boylar va sudho’rlar qulida  to’plandi.  
Rossiya sanoatida paxta tolasiga bo’o’lgan extiejning ortib borishi bu  
erlarda etishtiriladigan paxtaning sifatiga e`tiborni kuchaytirdi. Shu maqsadda  
o’lka erlarida paxtaning Amerika navlarini etishtirishni 1o’lga quyish buyicha  
ilmiy ishlar olib boruvchi stantsiyalar tashkil etildi. Hatto bu navlarni o’rganish  
uchun Amerikaga maxsus mutaxassislar ham yuborildi. Mustamlaka yillarida  
bunday navlar o’lka paxtachiligida etti barobar kupaydi.  
Rossiya uchun Turkiston ko’proq foyda ko’rish maqsadida o’lkaning o’zida  
xom-ashega dastlabki ishlov beruvchi korxonalar tashkil etishga kirishildi.  
Bundayi korxonalar o’lkada barpo bulaetgan sanoatning asosiy sohasi edi. 1900- 
yilgacha Turkistonda 170 dan ortiq sanoat korxonalari ishga tushirildi. Bularning  
80% paxtaga qayta ishlov beruvchi korxonalar tashkil etdi. O’lkaning o’zida  
ishlab chiqarsh bilan bog`liq  bo’lgan sanoatning rivojlanishi  va Rossiyadan  
kirib kelaetgan taer sanoat maxsulotlari asrlar davomida xunarmantchilik  bilan  
shug`ullanib kelaetgan aholini xanavayron etdi.  
Raqobat natijasida xunarmantchilikning ko’lap sohalari inqiroziga yuz  
tutdi, honavayron bo’lgan xunarmandlar ham ersiz dehkonlar singari ishsizlari  
safini to’ldirib bordi.  
O’lkaning ko’plab unumdor erlariga paxta ekilishi boshoqli ekinlar  
ekiladigan maydonlarning qisqarishiga olib keldi.  
Ming yillar davomida o’zini oziq-ovqat mahsulotlari bilan  ta`mnlab kelgan  
mahalliy aholi asta-sekin oziq-ovqat  masalasida Rossiyaga qaram bo’ldi. G`alla  
mahsulotlari o’lkaga Rossiyadan keltirib, unga chor ma`murlarning o’zi narh- 
navoni belgiladi. Sanoatda band bo’lgan mahalliy ishchilarning  turmush   
sharoiti yana ham og`ir edi. Chunki ularning ish haqi  rusiy zabon ishchilaridan  
2-2,5 barobar kam bo’lsa, olinadigan soliqlar va jarimalar shuncha ko’p edi.  

Mustamlakalchilik siesatining asosiy yo’nalishlaridan biri Turkiston  


o’lkasini ruslashtirishdan iborat bo’ldi. Podsho hukumati ko’p minglab ersiz  
dehkonlarni, ishsizlarni mustamlaka Turkistonga ko’chirib keltirishi bu  
maqsadga erishishda katta  o’rin tutadi.  
Chorizm Turkistonni rus inqilobchilari va sotsial-demkoartlarini surgun  
qiladigan makonga aylantirdi. Markaziy Rossiya, Kavkazortidan kelgan minglab  
Rossiya monarxiyasining raqiblari Turkistonning yirik shaxarlariga joylashib  
oldilar.  
Rossiyadan ko’chirib keltiradiganlarga katta imtiezlar berildi, ularning  
joylashishi, dexkonchilik qilishi uchun ko’p miqdorda mablag`lar ajratildi. o’zini  
o’nglab olgunga qadar oziqovqat maxsulotlari bilan ta`minlab turildi.  
Yangi tashkil topgan rus qishloqlari aholisi mahalliy aholiga nisbatan ancha  
ko’proq ekin maydonlariga ega bo’ldi. ma`lum muddatgacha ishlab  
chiqarishning texnikaviy zaminini ham yaxshilab oladilar. Bunday imtiezlarni  
chor ma`murlari. «Rossiyadan ko’chib kelaetganlar bo’sh erlarni o’zlashtirishga,  
bog`lar yaratishga erdam beradi», deb ko’rsatdi. Aslini olganda  qashshoqlashib  
ketgan yuz minglab aholining O’rta Osiega ko’chirib keltirilishi Rossiyada  
tobora chuqurlashib boraetgan ichki ziddiyatlarni hal etishning bir yo’li bo’ldi.  
Mustamlaka o’lkada ko’p sonli rus aholisining mavjudligi Rossiya uchun  
harbiy va siesiy tayanch bo’ldi. Ular ayni bir vaqtda mahalliy xalqlarning  
mustamlakachilik tuzumga qarshi bulgan harakatlarini bo’g`ib  turush uchun  
tayanch vazifasini bajardilar.  
 Chorizmning Turkistondagi madaniy-ma`rifiy ishlari  mustamlakasilik  
siesatiga to’la buysundirildi. Bu boradagi siesat mahalliy aholining ma`naviy  
haetiga aralashmaslik deb ko’rsatilgan bo’lsa-da, aslida aholini ruslashtirish,  
milliy  madaniyatni cheklash, kamsitishdan iborat bo’ldi. Shu maqsadda  
dastlabki tadbirlar Evropa turmush tarzini ifoda etuvchi  maktablarni ochishdan  
boshlandi. Yillar davomida  o’rta va oliy diniy ta`lim beruvchi madrasalarni  
rivojlantirish borasida hech qanday amaliy tadbirlar o’tkazilmadi. O’lkada rus- 
tuzem maktablari haqidagi binoan 1884 Toshkentda dastlabki rus-tuzem maktabi  
ochildi.  
 Podsho ma`murlari mahalliy maktablardagi ta`lim-tarbiya ishlarini  
takomillashtirishni mahalliy aholini ruslashtirish borasidagi bir to’sik deb  
qaradilar. Shu sababli eski maktablarda o’qish-o’qitish ishlarini yaxshilash chun  
biror bir tadbir ko’rilmadi. Maktablarning ahfoli Rossiya bosqinidan avval  
qanday bo’lgan bo’lsa, shundayligicha qolib ketaveradi.  
 Rossiya Turkistonni istilo qilgach, rus ma`murlari o’z mavqelarini  
mustahkamlash uchun mahalliy halqning ayrim an`analaridan, urf-odatlaridan  
foydalanishga urindilar va shu maqsadda mahalliy halq o’rtasida obru-e`tibor   
qozongan shaxslardan, diniy aqidalardan, ruhoniylardan foydalanadilar.  
Mahalliy halqlarning tarixiy qadriyatlariga, diniy e`tiqodlariga ta`sir o’tkazish,  
ularni ma`naviy qaramlikda ushlash uchun Rossiya ma`muriyati eski  
mustamlakachi davlatlarning o’z mustamlakalarida olib borgan missionerlik  

siesatlaridan foydalanadilar. Il`minskiy, Ostroumov va boshqa missionerlarning  


o’lkadagi faoliyati buning erqin misolidir.  
 Mahalliy aholining yashash tarzi, sihat-salomatligini yaxshilash borasida  
ham biron bir tadbir amalga oshirilmodi. Guberniyalarda, uezdlarda bir, eki ikki  
vrach bo’lib, ular ham asosan, soldatlar va rus aholisiga erdam ko’rsatish bilan  
band bo’lganlar.  
  Masalan, 250 ming aholisi bor Qoraqalpog`istonda atigi bitta  shifokor bor  
edi. Vrachlar etishmasligini, sog`liqni saqlash ishlarining bunday ahvolini chor  
ma`murlari mahalliy aholi kuchli, sog`lom va kasal bo’lmaydi. Ular yashaydilar  
va vaqti  kelganda o’ladilar. Tarqalgan epidemiyalarga qanchalik pul  
ajratilmasin, baribir etmaydi,-deb chorizmning shovinistik siyosatini yaqqol  
namoyish etdi. O’lkada mustamlakachilikni kuchaytirishga qaratilgan ijtimoiy,  
iqtisodiy, siesiy jaraenlar asta-sekin mahalliy yaholining moddiy va ma`naviy  
qashshoqlanishga, ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlarini keskinlanishiga olib kelib,  
chorizm mustamlakachiligiga  qarshi qaratilgan milliy oziodlik xarakatlarini  
kuchayishiga sabab bo’ldi.  
  
Download 50.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling