Mavzu: Xiva xonligining hududi ma'muriy tuzulishi aholisi Kirish


Download 75.26 Kb.
bet1/4
Sana22.06.2023
Hajmi75.26 Kb.
#1648364
  1   2   3   4
Bog'liq
Seitmatov Javohir




Mavzu: Xiva xonligining hududi ma'muriy tuzulishi aholisi
Kirish
I. Xiva xonligida davlat boshqaruv tizimi,kengash faoliyati va ijtimoiy iqtisodiy hayot
1.1. Xiva xonligi davlat boshqaruv tizimi
1.2. Xiva xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot
Xulosa.
Ilova


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
1.1.Davlat tizimi. Mansablar va unvonlar. ХVIII asrda Xivada muayyan
Bir sulola hukmdor emas edi. Chingiziylar sulolasiga mansub ba’zi shaxslar
Xivaga chaqirilib xonlik taxtiga koʻtarilgan boʻlsa-da, amalda hokimiyat
Qoʻngʻirot sulolasidan boʻlgan inoq qoʻlida boʻlgan. 1804-yildan boshlab faqat
Qoʻngʻirotlar sulolasi vakillari Xivada xon boʻlganlar.
Xiva xonligida unvon va mansablarni saroy, harbiy va diniy unvon
Hamda va amallarga boʻlish mumkin. Tadqiqotchilarning fikricha (Sh.
Vohidov) bu tasnif sof nazariy boʻlib, aslida xonlik davrida muayyan unvon
Va mansablar sohalar boʻyicha berilmagan. Oʻsha vaqtda amaldor va unvon egasi
Koʻpincha xonga nisbatan shaxsiy sadoqati, qavmi yaqinligidan bir mansabdan
Boshqa mansabga oʻtib, unvonlar sohibiga aylangan. Xonlikda eng oliy unvon
Xon boʻlib, u ma’muriy, siyosiy va harbiy vakolatlarga ega boʻlgan.
Xiva xonligi davlat tizimida Buxoro amirligi va Qoʻqon xonligidan
Farqli oʻlaroq, xon huzurida Oliy Kengash amal qilgan. Ma’lumotlarga koʻra,
Bu Oliy Kengashni Muhammad Rahimxon I “oʻz hokimiyatini mustahkamlash
Uchun ilgari inoq va otaliqlar boshliq boʻlgan urugʻ oqsoqollari kengashi
Oʻrniga ta’sis etgan edi. Bu Oliy Kengashga turli da’vo va jinoiy ishlarni
Koʻrish va qaror chiqarish huquqini berdi.” Bu Kengashning vakolati
Chegaralangan boʻlib, maslahat beruvchi organga oʻxshar, uning a’zolari eng
Yuqori mansab va unvondagi amaldorlar boʻlgan. Kengash majlisida boshqa
Amaldorlarga qaraganda qoʻproq inoq, shayx ul-islom, devonbegi va
Yasuvulboshi hal etuvchi ovozga ega boʻlganlar. Kengash majlislari masalaning
Muhimligiga qarab, xon tomonidan chaqirilar edi. Oliy Kengash
Oqsoqollardan, ya’ni, ma’lum mansab va unvon egalaridan, chunonchi, naqib,shayx ul-islom, mutavvalli, mirob, qozi, farmonchi, dargʻa, shigʻovul, dasturxonchi, arbob, miroxoʻr kabilardan iborat edi. Shuningdek, xonning qarindosh urugʻlaridan boʻlgan beklar, otaliq, inoq va biylar ham bu kengashga kirganlar. Bu tor doiradagi Kengash garchi davlat tashkiloti sifatida rasmiylashtirilmagan boʻlsa-da, uning qarori xonning qaroridek koʻrsatilsa- da, amalda yuqori qonun chiqaruvchi ma’muriy va sud hokimiyati edi. Kengash xonlikning ichki ishlariga doir hamma masalalar boʻyicha qaror qabul qilar va xonlikning boshqa davlatlar bilan boʻlgan tashqi munosabalariga doir muammolarni hal etar edi. Garchi Kengash davlatning turli-tuman ichki va tashqi ishlarini muhokama qila olsa-da, muhokama qilingan masalalar boʻyicha qaror chiqarish avvalo xonning xohish – irodasiga bogʻliq boʻlgan.lo xonning xohish – irodasiga bogʻliq boʻlgan.
Xon saroyidagi unvon va mansablar. Unvonlar orasida eng kattasi
Inoq edi. Odatda inoqlar eng qudratli oʻzbek urugʻlaridan tayinlangan hamda
Hamda ular xonning eng yaqin maslahatchilari boʻlgan. Inoqlar yirik amaldor,
Ya’ni urugʻ boshligʻi hisoblangan. Abulgʻozixon tantanali marosimlarda
Oʻtirish uchun inoqlarga oʻz yonidan toʻrtta joy ajratgan. Inoqlar biy, sulton,
Mingboshi kabi unvonlarni ham olganlar. XX asr boshlariga kelib inoqlar
Bek martabasiga tushib, oliy saroy amaldorlaridan ma’muriy mansab
Egalariga aylanadilar.
Otaliq – urugʻ oqsoqoli. Inoq boshliq toʻpa (guruh) ga birlashgan urugʻ
Boshligʻi. Xonning eng yaqin maslahatchilaridan biri boʻlgan. Otaliq qilich va
Pichoq taqib yurgan.
Biy – saroy unvoni. Inoq va otaliqdan keyingi martaba. Biy qabila va
Urugʻning boshligʻi hisoblanib, koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi turkiy
Xalqlarning, jumladan oʻzbeklarning urugʻ oqsoqollariga beriladigan unvon
Edi. ХVII-ХIХ asrlarda biylar yirik oʻzbek qabila va urugʻlariga boshchilik
Qilib, faqat markaziy hokimiyatga itoat etganlar. Biy unvoni avloddan
Avlodga meros qilib qoldirilgan.
Amir ul-umaro – Amirlarning amiri, Xiva xonligida ХIX asrning
Oʻrtalarida ta’sis etilgan. Sayid Muhammadxon bu unvonni birinchi marta
Oʻzining akasi Sayid Mahmud toʻraga bergan edi. Muhammad Amin inoq
Hukmronligi davrida amir ul-umaro uning akasi Fozilbiy edi. Oʻshandan
Keyin amir ul-umaro unvoni hech kimga berilmagan.
Qoʻshbegi – Xiva xonligida saroyning oliy mansablaridan biri boʻlib,
Moliya va soliq yigʻish ishlarini bajargan. Qoʻshbegining maxsus devoni
Hamda unga tobe etuvchi amaldorlari boʻlgan.
Mehtar – katta, ulugʻ degan ma’noni beradi. Mehtar saroy
Xizmatkorlarining boshligʻi vazifasini bajarib, xonga yaqin kishilardan va
Xon urugʻiga mansub a’yonlardan tayinlangan. Mehtarning ham oʻz devoni
Boʻlib, yer soligʻi “solgʻut” toʻplash ham uning xizmatiga kirgan.Beklarbegi – Qoraqalpoq va koʻchmanchi xalqlarning oqsoqollariga
Beriladigan faxriy unvon. Beklarbegining vazifasi ularning oʻz
Urugʻlaridan yigʻiladigan xarajatlarning toʻgʻriligini tekshirib turish va ularni toʻla ravishda xazinaga topshirish ustidan nazorat qilishdan iborat boʻlgan. Bu lavozimga amaldorlar odatda xonning qarindosh-urugʻlaridan tayinlangan. Bek - ХIХ asrda Xiva xonligining ijtimoiy-siyosiy hayotida beklar ancha katta rol oʻynaganlar. Bek – xon va davlat arboblarining qarindoshlariga, farzandlariga beriladigan faxriy unvondir. Parvonachi – xon saroyidagi oliy vazirlardan biri. Parvonachi saroyning ichki va tashqi ishlarida ham faol qatnashishi mumkin boʻlgan. U arzu-shikoyatlarni xonning huzuriga olib kirib, javobini qaytargan. Shuningdek, parvonachi xonning formonlarini saroy a’yonlariga yetkazib turgan. Eshikoqosi – saroy darvozalarini qoʻriqlash ishlarini boshqargan. Oybolta uning mansab alomati boʻlgan. Hukmdor saroyda boʻlgan vaqtda eshikoqosi uni qoʻriqlash bilan shugʻullangan. Eshikoqosi arzgoʻylarning nima xususda kelganlarini surishtirib, ularni saroydagi tegishli amaldorlar tomoniga joʻnatar edi. Faqat juda muhim xabarlar bilan kelgan kishilargina xon huzuriga kiritilgan. Saroyda darvoza ortida turadigan qorovullar va maxsus darvoza qoʻriqchilaridan tashqari xonni qoʻriqlaydigan tunqator yoki tunotarlar, ya’ni, kechasi bilan xonni qoʻriqlab chiqadigan xizmatchilar ham boʻlgan. Mahram – ishonchli xizmatkor, sidqidildan xizmat qiluvchi saroy ichkarisidagi xodim ma’nolarini anglatadi. Mahramlar xonga yaqin kishilar hisoblangan. Davlat boshqaruvida ular bevosita xonning maslahatchilari boʻlishgan. Mahramlar xonning oromxonasiga kirish huquqiga ega boʻlganlar. Xiva xoni saroyida yana quyidagi unvon, mansab va vazifalar mavjud boʻlgan: oftobachi, buxchabardor, soatbardor, kitobdor, moʻzabardor (xon poyabzalini beruvchi), sharbatdor, mahram boshi (yuqori lavozim hisoblangan), toʻshakchi, karnaychi, surnaychi, jarchi, oshmehtar (xon va saroy oshxonasi boshligʻi), sorbon (tuyachilar), kamon xalfa (ovchi, qushchi), merganlar, sayis (ot boquvchi), koʻmirchi, kuchanchi (egar-jabduqchi), tamakisoz, loykash, kulol, xodimchi, roʻmolchi, selobchi (jom ushlab turuvchi), poyaki (chilimchi), aravachi, noschi, qilichkor (qilich va shamshir yasovchi), oshpaz, tovoqchi, darakchi (otchopar), jirchi (ashulachi), yoʻnuvchi (duradgor), devon (mirza), mushrif (ozuqa yigʻuvchi), bojbon (zakotchi) va boshq. Ularning barchasi saroy xazinasidan maosh olganliklari haqida ma’lumotlar bor. Saroydagi umumiy tartibni arbob nazorat qilgan. Xonlikdagi harbiy unvonlar va mansablar. Davlatdagi eng oliy harbiy amaldor xonning oʻzi edi. Koʻp hollarda shaxsan xon boshchiligida, ayrim hollarda taniqli sarkardalar boshchiligida boshqa hududarga yurishlar uyushtirilgan. Eng yuqori harbiy-ma’muriy lavozim amir ul-umaro edi. Undan keyingi rasmiy ravishda yuqori sarkarda yasovulboshilik mansabi edi. Xonlikda ular ikki kishi boʻlib, biri yovmud turkmanlariga, ikkinchisi esa chovdirlarga qoʻmondonlik qilar edi. Xon huzuridagi rasmiy qabul marosimlarida yasovulboshilarning doimiy oʻrinlari boʻlmas edi. Lekin ular xon huzurida boʻladigan tor kengashda mehtar, qoʻshbegi va devonbegi bilan bir qatorda qatnashar edilar. Yasovulboshiga yasovullar, mirshablar, shotirlar, eshikolari itoat etganlar. Yasovulboshidan keyingi harbiy unvon mingboshi edi. Harbiy yurishlar paytida mingboshilarga katta ma’suliyat yuklangan. Ya’ni, ular qoʻshinni aytilgan yerga toʻplashi, ularning tayyorgarlik darajasini nazorat qilishi, jang paytida qoʻshinning ma’lum guruhiga yoʻlboshchilik qilishi lozim boʻlgan. Shuning uchun ham arxiv hujjatlariga koʻra mingboshilar yaxshi in’omlar olganlar. Xiva xonligida harbiy istehkomlar-qal’alar alohida ahamiyatga ega boʻlib, ular ma’muriy-mudofaviy vazifani bajargan. Bunday qal’alar kutvol (qal’abon) qoʻlida edi. Xiva qoʻshinlarida sarkardalar muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Sarkardalar bir necha yuzdan bir necha minggacha boʻlgan navkarga boshchilik qilganlar. Yurishlar paytida sarkarda boshchiligida tugʻ (bayroq) qoʻtarib borilgan. Bayroq koʻtarib boruvchilarga tugʻbegi boshchilik qilgan. Qoʻshinda yuzboshi, panjshohboshi (ellikboshi), dahboshi (oʻnboshi), qorovul, mahram, navkar kabi vazifalar boʻlgan. Navkarlar soliqlar va turli majburiyatlardan ozod qilinganliklari bois katta yer egalarini qattiq himoya qilganlar. Xiva qoʻshinida dehqonlardan olinadigan navkarlardan tashqari, turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar va boshqa koʻchmanchi xalqlar askarlari ham boʻlib, ular xonga majburiy ravishda ma’lum miqdorda askarlar berganlar. Xonlikdagi diniy hamda qozixona unvonlari. Xivada davlatni boshqarish boʻyicha islom dini mafkuraviy asosni tashkil etgan. Qonunlar shariat tartib va yoʻriqlari asosida amal qilgan. Shayx ul-islom – xonlikdagi eng yuqori martabali kishi edi. U diniy marosimlarning aniq bajarilishi ustidan nazorat qilgan. Marosimlar paytida shayx ul-islom xonning oʻng tomonida oʻtirish huquqiga ega boʻlgan. Qozi ul-quzot (qozi kalon) – musulmon huquqi va qonunlar bajarilishini shariat asosida nazorat qilgan. Qozi kalon poytaxtda oʻz devoni va mahkamasiga ega boʻlgan. Viloyat markazlarida ham viloyat qozisi boʻlgan. Ular mahkamalarining nomi Dor ul-qazo deb atalgan. Lashkarlardagi qonun-qoidalar ketidan qozii askar (askar qozisi) nazorat qilib, sha’riy masalalarni hal etib turgan. Mufti – qozilarning huquqshunoslari hisoblangan. Ular biror ish koʻrilayotgan paytda ishtirok etishlari, hukmona tuzishlari va hukmlarning toʻgʻriligini tasdiqlash uchun hujjatlarga muhrlarini bosishlari lozim edi. Xivada bosh mufti yettita boʻlib, barcha muftilarning xon yonida oʻrni bor edi. Lashkarda oʻzining mufti lashkari xizmat qilgan. A’lam – muftilarning boshligʻi hisiblangan. Uning vazifasi fatvolarda keltiriladigan shariat rivoyatlarini tekshirishdan iborat boʻlib, ayrim rivoyatlarning asl nusxasiga mosligini aniqlagach, a’lam unga oʻz muhrini bosgan.

Download 75.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling