otasi o’rniga otaliq tayinlangan Muhammad Rahim boshliq fitnachilar Abulfayzxonni
o’ldirdilar.
-IV-
1747-1756 yillarda taxtga Abulfayzxon vorislari qo’g’irchoq
xonlar sifatida
taxtga o’tkazilgan. Davlat hokimiyati amalda Muhammad Rahim asos solgan mang’itlar
sulolasi qo’liga o’tdi. Mamlakat yana ichki nizolar girdobiga tortilgan, viloyat hokimlari
isyon ko’targanlar. Muhammad Rahim ularni shafqatsiz suratda bostirgan. Muhammad
Rahim
1753 yilda o’z nomiga xutba o’qittirdi va xonlar avlodiga mansub bo’lmagani
uchun o’zini «
amir» deb e’lon qildi. Shu asosda
1753 yildan keyin Buxoro xonligining
nomi
Buxoro amirligi deb nomlana boshlandi.
1756 yil 16 dekabrda Muhamad Rahim
rasmiy ravishda Buxoro taxtini egallagan.
Shunday qilib, Ashtarxoniylar sulolasi barham topib mang’itlar
sulolasi
hukmronligi boshlangan. Mang’itlar sulolasining
1920 yilgacha hukmronlik qilgan
davri
tarixda shuning
uchun ham Buxoro amirligi deb ataldi.
Do'stlaringiz bilan baham: