1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bahovuddin Naqshband
- 8-MAVZU: AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA IJTIMOIY- IQTISODIY, SIYOSIY VA MADANIY HAYOT
- Tayanch so’z va iboralar
- Amir Temur
- 1360 yilning
Pahlavon Mahmud (1247-1326) shoir, mutafakkir bo’libgina qolmay,
Hindiston, Rumda yelkasi yerga tegmagan kurashchi polvon ham edi. U bag’ri keng sahovatli inson edi. G’oliblikdan tushgan mukofotlarini yetim-yesirlarga, nogironlarga ulashar edi. U g’azal, ruboiy janrlarida ijod qiladi. Bu davrda tasavvuf ilmining mashhur namoyondasi, Naqshbandiy tariqatining asoschisi Bahovuddin Naqshband o’z mehnati bilan halol kun ko’rish g’oyasini yoqlaydi. U «dil ba yoru, dast ba kor» (ya’ni diling xudoda bo’lsinu, qo’ling mehnatda bo’lsin) shiorini ilgari suradi. Mustaqillik tufayli Buxoro yaqinidagi qabri qayta tiklandi va xalqimizning ziyoratgoh joylaridan biriga aylangan. 8-MAVZU: AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA IJTIMOIY- IQTISODIY, SIYOSIY VA MADANIY HAYOT Reja: 1. XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrda ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi. 2. Markazlashgan davlatning tashkil topishi va saltanatni barpo etish yo’lidagi harbiy yurishlar. 3. Amir Temur davridagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar. “Temur tuzuklari” va uning ahamiyati. 4. Temuriylar davrida Movarounnahr va Xuroson. 5. Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan va madaniy hayot. Tayanch so’z va iboralar: Siyosiy tarqoqlik. Amir Temur. Amir Temur – markazlashgan davlat asoschisi. Amir Temur harbiy yurishlari. Anqara jangi. Temur tuzuklari. Xuroson, Shohrux Mirzo, Mirzo Ulug’bek, Husayn Boyqaro, Amir Temur va temuriylar davri moddiy madaniyati, Ulug’bek akademiyasi, Amir Temur bog’lari, ilm- fan ravnaqi, tarixshunoslik, xattotlik san’ati, tasviriy san’at, musiha madaniyati, badiiy adabiyot: o’zbek va fors-tojik adabiyoti. -I- XIV asr o’rtalarida Chingizxon egallab olgan yerlar uning merosxo’rlari qo’l ostida bo’lsa ham, bu yerlar mayda bo’laklarga bo’linib ketib, ularda toju taxt, hokimiyat uchun o’zaro nizolar kuchayib ketgan edi. XIV asrning 50-60 yillarida Chig’atoy ulusiga qarashli Movarounnahr hududida 10 ga yaqin mustaqil bekliklar vujudga keldi. Mustaqil bekliklarga bo’linish oqibatida beklar o’rtasida doimiy nizo, janjallar yuzaga keldi. Yurt butunligi jiddiy xavf ostida qoldi. Buning ustiga, 1348 yil taxtni egallagan Tug’luq Temur 1360-1361 yillarda Movarounnahrga birin-ketin ikki marta bostirib kirdi. Mana shunday o’zaro ichki urushlar qizigan, mo’g’ullar zulmiga qarshi mehnatkash xalq harakatlari boshlangan bir davrda mamlakatda yangi siyosiy kuch yetilmoqda edi. Bunday qaltis vaziyatda siyosiy kurash maydoniga yosh Amir Temur kirib keldi. Amir Temur 1336 yil 9 aprelda Kesh, hozirgi Shahrisabz shahri yaqinidagi Xoja Ilg’or (hozirgi Yakkabog’ tumani) qishlog’ida barlos urug’ining oqsoqollaridan hamda Chig’atoy ulusining e’tiborli beklaridan hisoblangan Amir Tarag’ay oilasida dunyoga keldi. Amir Temurning onasi Takina xotun buxorolik bo’lgan. Amir Temur 1360 yilning boshida Tug’luq Temur tomonidan yuborilgan beklar bilan kelishib, xon xizmatiga kirdi va Kesh viloyatining xokimi etib tayinlandi. Biroq, Movarounnahrning hukmdori etib tayinlangan Ilyosxo’ja bilan Amir Temurning murosasi kelishmay qoladi. Shu sababdan 1361 yilning oxirida u mamlakatni tark etishga majbur bo’ladi. Keyinchalik Amir Temur Tug’luq Temurning yana bir raqibi - qaynog’asi Amir Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling