1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalon
- XIII asrning ikkinchi yarmiga
Mas’udbek (1238-1289) Movarounnahrdagi iqtisodiy yuksalishni savdo-
sotiqning jonlanishiga ancha harakat qildi. U o’zining ta’siri bilan mug’ul ulug’ xokonlari Guyukxon (1246-1248), Manguxon (1251-1260), Olg’uyxon (1261-1266) larni Movarounnahrga nisbatan tinchlik o’rnatishga ko’ndira bildi. U pul isloxotini o’tkazdi. Bu esa savdo-sotiq va xujalik ishlarini yuritishda muhim o’rin egalladi. Mas’udbek davrida Buxoro, Samarqand, Xujand, Toshkent, Termizda savdo- sotiq, hunarmandchilik rivojlanib bordi. -IV- Chingizxon bosib olgan xududlarni xayotligidayoq o’g’illariga taqsimlab bergan edi. Irtish daryosining g’arbiy yerlari, Sirdaryoning quyi oqimi, Xorazmning shimoli-g’arbi to’ng’ich o’g’li Jo’jiga, Yettisuv, Movarounnaxr yerlari 2 chi o’g’li Chig’atoyga, G’arbiy Mug’uliston va unga tutash o’lkalar 3 chi o’g’li O’qtoyga berildi. Kenja o’g’li Tuluy (Tule)ga Shimoliy Mug’ulistonni meros qilib berdi. Shunday qilib Yettisuv, Movarounnaxr yerlari Chig’atoyga berilib Chig’atoy ulusi deb atalardi. Mo’g’ul xukmdorlari Movarounnaxrni boshqarishga kirishar ekan, ular xalqdan ko’plab soliq va o’lponlar olishga harakat qildilar. Bu maqsadlarini amalga oshirishda ular shu yerlik sotqin, xoinlar xizmatidan ustalik bilan foydalandilar. Ular qatoriga Mahmud Yalovoch, Xasan Xoja, Ali Xuja, Amidlarni kiritish mumkin. Ular mo’g’ul xukmdorlari bilan yaqindan hamkorlik qilishgan. Ular mahalliy aholidan quyidagi soliqlarni olgan. 1. Kalon yoki yer solig’i. 2. Qopchur - chorvachilik va mol boshidan olinadigan soliq. 3. Targ’u - hunarmandlar va savdogarlardan olinadigan soliq. Mo’g’ullar, batamom huquqsiz qullar mehnatidan ham foydalanishar edi. Ular xukmronligi davrida yer egaligi xolati o’zgarib mo’g’ulcha suyurg’ol nomini olgan. Bu davrda davlat, mulk (xususiy yerlar), vaqf (diniy idoralar ixtiyoridagi) yerlarda ko’pincha chorvakor dehqonlar mehnat qilishgan. Bir qismi ijarador o’rta hol dehqonlarga berilgan. Movarounnahr xududlarida yuz bergan o’zgarishlarda Chig’atoy ulusi tashabbusi bilan mo’g’ul shaxzodalarining 1269 yilda Talas vodiysida qurultoyi bo’lib o’tdi. Qurultoyda mo’g’ul xonlari, aslzodalariga qayerda yashashlaridan qat’iy nazar, maxalliy aholi xayotiga, turmush tarziga aralashmaslik, belgilab quyilgan soliq, to’lovlar bilan qanoatlanish, ekin maydonlarini payxon qilmaslik majburiyatini yukladi. Ularni Movarounnahr yerlariga ko’chib, asta-sekin o’troq hayotga o’ta boshlashga da’vat etdi. XIII asrning ikkinchi yarmiga kelib mug’ullarning mahalliy aholiga nisbatan munosabatlari keskin o’zgarib bordi. Bunday xolat turkiy urug’-qavmlarning Movarounnaxrga kelib joyla-shishiga sabab bo’ldi. XIV asrdan boshlab Chig’atoy ulusida mug’ul xonlari boshqaruvida muhim o’zgarishlar bo’ldi, Chig’atoy xonlaridan biri Kebekxon (1309, 1318-1326) Movarounnaxrga ko’chib kelib qarorgohini Nasaf shahri yonida barpo etdi. Keyinchilik bu saroy o’rnida Qarshi shahri yuzaga keldi. Kebekxonning ukasi Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling