Ahmad Yassaviy, Abduxoliq G’ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin
Naqshband, Xoja Ahror Valiylar singari allomalar nomi bilan bog’liq. Tasavvuf
ta’limotini kengayishi natijasida O’rta Osiyoda uning turli xil yo’nalish - tariqatlari
(XII asrda Turkistonda “Yassaviya”, XII asr oxirida Xorazmda “Kubraviya”, XIV
asrda Buxoroda “Naqshbandiya”) paydo bo’ldi va tarqaldi. Ushbu tariqatlarda
insonlar Alloh yo’lida, haq yo’dida tinimsiz toat-ibodat, tavba-tazarru qilish barobarida
ularning peshona terisini to’kib, halolu pok mehnat qilish, doimiy sa’y-harakatlarda
bo’lishlari kerakligi ulug’lanadi.
-IV-
IX-XII asrlarda Movarounnahrda moddiy madaniyat o’ziga xos uslub va
shakllarda to’xtovsiz rivoj topib bordi. Xalq ichidan chiqqan mahalliy ustalar,
me’morlar, naqqoshlar, kulollar, zargarlar, miskarlar tomonidan yurt dovrug’ini olamga
tanitgan ajoyib me’morchilik obidalari, san’at namunalari bunyod etildi.
Movarounnahrda me’morlik va san’at yangi taraqqiyot bosqichiga o’tdi.
Ushbu davrda Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, O’zgan va Marv kabi
shaharlarda ko’plab saroy, masjid, madrasa, minora, xonaqoh, maqbara, tim (usti yopiq
bozor) va karvonsaroylar qurildi. IX-XII asrlarda O’rta Osiyo me’morchiligida
ijtimoiy sharoitdan kelib chiqib, qurilish materiali sifatida paxsa, xom g’isht va pishiq
g’isht hamda bog’lovchi element sifatida ganchdan foydalanish keng yo’lga qo’yilgan
edi. Bu vaqtda sinch qadab quriladigan uy-joylar va umum ahamiyatga ega bo’lgan
binolar, saroylar, masjidlar, madrasalar qurilishida yog’och ham muhim o’rin egallar
edi. X asrlarga kelib binokorlikda qurilish tartibi ham o’zgardi. Mahobatli qurilishda
tomi gumbaz bilan yopilgan kub shaklidagi binolar ahamiyatga ega bo’la boshladi.
Buxoro shahridagi Ismoil Somoniy maqbarasi, Namozgoh masjidi, Minorai kalon,
Do'stlaringiz bilan baham: |