1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Ali Hasan ibn Ali Tusiy – Nizomumulkning (1063-1092)


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

Ali Hasan ibn Ali Tusiy – Nizomumulkning (1063-1092) sharq tarixi va
madaniyatida o’chmas iz qoldirgan “Siyosatnoma” asari bo’lib, bu asarda
markazlashgan davlat tuzish, kuchli davlat mahkamasi, armiya va boshqa nazorat
vositalarini yaratish haqida fikr yuritiladi. “Siyosatnoma” asarini olimlar davlat
boshqaruvining siyosiy dasturi sifatida baholaganlar. Asarning asosiy g’oyalari shoh va
hokimlarni adlu insofga, sulh va muruvvatga, davlatni boshqarishda qat’iy qonun va
tartib o’rnatish, amaldorlarni vijdonli, pok, halol va iymonli bo’lishiga, mamlakat
obodonligi, uning ahli farovonligi, tinchligi va totuvligini ta’minlash uchun harakat
qilishga da’vat etishdan iborat. Shundagina davlatda tinchlik va adolat barqaror


bo’lishi, raiyat o’z maqsadiga erishishi, jamiyat sulh va adolatda yashashiga sharoit
yaratilishi ta’kidlanadi.
Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asari o’zining ilmiy ahamiyatini yo’qotmagan va
hozirgi kunda Somoniylar davri tarixi bo’yicha eng noyob, qimmatli asar hisoblanadi.
Asarda Somoniylar davlatining siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy hayotiga oid
ma’lumotlar keltirilgan. Movarounnahr va Xuroson aholisining arab bosqinchilariga
qarshi Muqanna boshchiligidagi qo’zg’oloni bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlar ham bu
asarda ma’lum darajada o’z ifodasini topgan.
Badiiy adabiyot. O’rta Osiyo Uyg’onish davri madaniyati xususida gap borar
ekan, bunda uning muhim tarkibiy qismi, xalq dahosi mahsuli bo’lgan badiiy adabiyot
va uning ajoyib namoyandalarining serqirra ijodi to’g’risida to’xtalib o’tmasdan
bo’lmaydi.
IX-XII asrlar davri madaniyati ayni paytda yuksak darajada ravnaq topgan badiiy
adabiyot namoyandalari ijodida ham yaqqol namoyon bo’ldi. Bu davrda O’rta Osiyoda
forsiy va turkiy adabiyotning ajoyib durdona asarlari yaratildi. Garchi o’lkada rasmiy
davlat tili sifatida arab tili va uning grammatikasi hukm surgan bo’lsa-da, biroq
mustaqil davlatlarning tashkil topishi va rivojlanib borishi davomida fors va turkiy
adabiyot ham o’sib, uning zabardast vakillari ijodi sayqal topib bordi.
Somoniylar va g’aznaviylar hukmdorligi davrida yashab ijod qilgan Abu Abdullo

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling