Mundarija Kirish I – bob. Somoniylar davlatining ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishi
Download 185.71 Kb.
|
somoniylar ijtimoiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- II – BOB. Somoniylar davlatining boshqaruv tizimi va madaniy hayoti
- Mavzuning o‘rganilganilish darajasi
- Mavzuning maqsad va vazifalari.
- Kurs ishining tuzilishi
Mundarija Kirish…………………………………………………………………………..2-4 I – BOB. Somoniylar davlatining ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishi 1.1 Movaraunnahr va Xurosonda Somoniylar davlatining tashkil topishi……5-14 1.2 Somoniylar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy va xo’jalik hayoti ……………15-20 II – BOB. Somoniylar davlatining boshqaruv tizimi va madaniy hayoti 2.1 Somoniylar davlatida ilm-fanning rivojlanishi................…………………21-34 2.2 Somoniylar davlatida madaniy hayot va din................................................35-40 Xulosa……………………………………………...………..………………...41-43 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………..……………….44 Kirish Mavzuning dolzarbligi. Har bir xalqning davlatchilik va madaniyati tarixini o‘rganish nafaqat ilmiy yoki nazariy, balki chuqur ma'naviy-ruhiy ahamiyatga ega bo‘lib, har birimizda o‘zimiz tug‘ilgan va yashayotgan ona zamin bilan mustahkam aloqadorlik hissini rivojlantiradi. Mustaqillik yillarida xalqimizning o‘z o‘tmishiga qiziqishi kuchaydi. O‘zligimizni anglash, tariximizni o‘rganish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Chunki, xalqimizning madaniy-ma'rifiy an'analari va merosini o‘rganishda, milliy g‘oyaning shakllanishida tarix fanining ahamiyati beqiyosdir. Qadimgi va boy tariximizni o‘rganish, uni keng ommaga yetkazish har bir tarixchi oldida turgan dolzarb vazifadir. O‘zbekiston tarixini xolisona va haqqoniy o‘rganish masalasi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning asarlarida alohida tahlilini topib, o‘zbek xalqi davlatchiligi tarixidagi boy an'analarni tadqiq etish dolzarb muammo tarzida maxsus ta'kidlandi. Prezidentimiz belgilab bergan muhim vazifalar va tarixchi olimlar oldiga qo‘yilgan masalalar shundan iboratki, asl manbalarga tayangan holda Vatan tarixiga yangicha yondoshib, qadimgi davrdan to bizning zamonimizgacha bo‘lgan tarixiy jarayonlarni va voqyealarni o‘rganishimiz zarur. Tarixchilarimiz zimmasiga o‘lkamiz tarixini xolisona va haqqoniy yoritish, unga adolat nuqtai nazaridan yondoshish va baho berish kabi ulkan vazifalar qo‘yildi. O‘zbekistonning qadimgi tarixi va madaniyati, qadimgi madaniy aloqalar mavzulariga katta e'tibor berilayotganligi ahamiyatga molikdir. Zero, O‘zbekiston tarixidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy jarayonlarni aks ettiruvchi yozma manbalar va hujjatlarni yangi asoslarda tahlil etib umumlashtirish muhimdir. O’zbekiaston Respublikas Prezidenti ta'kidlaganlaridek “Mustaqillik yillari o‘z o‘tmishimizni, o‘z madaniyatimizni xolisona bilib olish davridir. Bu jahon hamjamiyati, tarix oldidagi vazifamizni anglab olish davridir”1. Xalqimiz tarixini o‘rganish va uni targ‘ib etishda, o‘zbek davlatchiligi tarixida, uning madaniy rivojlanishida hukmdor sulolalar boshqaruvi, ularning ayrim vakillari alohida o‘rin tutadi. O‘zbek xalqi davlatchiligi taraqqiyotida Somoniylar sulolasining hukmronligi katta ahamiyat kasb etadi. Odatda sulolalar biron-bir o‘zlariga mansub yirik namoyanda faoliyati orqali mashhurlikka erishadilar (masalan, eftaliylar, anushteginiylar, temuriylar). Somoniylar ham shunday, ular aslida Somon qishlog‘i oqsoqoli Somonxudotning avlodlaridir. Mavzuning o‘rganilganilish darajasi. (bu masala birinchi bobda – mavzuning tarixshunosligi qismida batafsil yoritilgan) Somoniylar davriga oid manbalar ichida Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far Narshaxiyning (899-959) “Buxoro tarixi” (944), Abu Rayhon Beruniyning (973-1048) “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar yoki “Osor ul-boqiya” (1000), Abu Ali Hasan ibn Ali Tusiy – Nizomulmulkning (1018-1092) “Siyosatnoma” yoki “Siyar ulmuluk” (1091), asarlari o‘sha davrning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy tarixini o‘rganishda alhida o‘rin tutadi3 . Shuningdek, Abul-Fazl Bayhaqiyning “Tarixi Ma'sudiy” (1030-1041), Abu Jafar Muhammad at-Tabariyning “Tarixi Tabariy”, Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri”, Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma”, Mahmud Qashg‘ariyning “Devonu lug‘at at-turk” kabi asarlarida ham o‘sha davrning tarixi bayon qilinadi. Somoniylar davlati tarixiga oid batafsil ma'lumotlar tarixchi olimlar N.N.Negmatov, G.A.Hidoyatovning asarlarida batafsil yoritilgan. Shuningdek, N.Ya.Bichurin (Otets Iakinf), V.V.Bartold, A.Yu.Yakubovskiy, S.A.Ahadjanov, B.Axmedov, K.Shoniyozov kabi olimlarning asarlarida ham somoniylar davriga oid ma'lumotlar berilgan. Manba va adabiyotlar bilan bir qatorda mustaqillik yillarida mavzuga oid to‘plamlar nashr qilindi hamda gazeta va jurnallarda bir qator maqolalar chop etildi. Mavzuning maqsad va vazifalari. Tarixiy manba va ilmiy adabiyotlarda aks ettirilgan Somoniylar davlatining paydo bo‘lishi va rivojlanishiga bag‘ishlangan masalalarni chuqur o‘rganish va qiyosiy tahlil asosida, Somoniylar davlatining taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning sabablarini yoritish maqsadida quyidagi vazifalar belgilab olindi: - Somoniylar davlatining tashkil topishi jarayoni o’rganish - Mavorounnahr va Xurosonda Somoniylar hokimiyatining o‘rnatilishi va siyosiy hayotini manbalar asosida tahlil qilish; - Somoniylar davlatining ijtimoiy – iqtisodiy hayotini tadqiq qilish va xulosalar berish; - Somoniylar davlatida madaniy hayotning rivojlanish sabablarini o‘rganish, ilm-fan taraqqiyotining sabablarini ochib berish; - O‘zbek davlatchiligi taraqqiyotida Somoniylar davlatining o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatish. Kurs ishining tuzilishi: Kirish, uchta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat Download 185.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling