1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ahmad Farg’oniy
- Alfraganus
- Abu Rayhon Beruniy
Muhammad ibn Muso Xorazmiy mashhur matematik, astronom, geograf,
tarixchi edi. Vatandoshimiz algebra faniga asos soldi. Uning «Al-jabr», «Zij», «Quyosh soati haqida risola», «Sur’at ul-arz», «Usturlob holati haqida risola» kabi asarlari Sharq va g’arb mamlakatlarida ilmiy fikrlarning rivojiga samarali ta’sir ko’rsatdi. Ahmad Farg’oniy astronom, matematik, geograf edi. Bag’dod yaqinida Raqoq nomli mavzeda rasadxona qurilishiga boshchilik qilib, astronomiya maktabini tashkil etadi. Uning «Astronomiya asosi», «Samoviy harakatlar», «Yulduzlar haqidagi fan» nomli asarlari mashhurdir. Al-Farg’oniyning astronomik asari Yevropada XII asrda lotin tiliga ikki marta, XIII asrda boshqa Yevropa tillariga tarjima etilgandan co’ng, uning lotinlashtirilgan nomi “Alfraganus” shaklida g’arbda bir necha asr davomida keng tarqaldi. Abu Nasr Forobiy tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlar sohasida 160 dan oshiq asar yaratgan. Uning asarlari XII-XIII asrlardayok lotin, qadimgi yahudiy, fors, keyinchalik fransuz, rus, ingliz tillarida chop etilgan. Forobiy qadimgi yunon mutafakkirlari - Platon, Aristotel, Evklid, Ptolemey asarlariga sharhlar yozgan. Ayniqsa, Aristotel asarlari (“Metafizika”, “Etika”, “Ritorika”, “Sofistika” va b.)ni batafsil sharhlab, qiyin joylarini tushuntirib bergan, kamchiliklarini ko’rsatgan, ayni vaqtda bu asarlarning umumiy mazmunini ochib beruvchi asarlar yaratgan. Abu Rayhon Beruniy jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy boshqarishga oid qimmatli fikr-mulohazalar yozib qoldirgan. Bu fikrlar uning “O’tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Geodeziya” va “Saydona” asarlarida ma’lum darajada o’z ifodasini topgan. Beruniy Katta Xorazm davlatchiligi tarixiga to’xtalib, bu davlat miloddan avvalgi XV-XII asrlarda mavjud bo’lganligi hakida ma’lumot beradi. Beruniyning “Saydona” asarida O’rta Osiyoning dorivor o’simliklariga to’la tavsiya beriladi. Abu Rayhon Beruniy yaratgan asarlar turli asrlarda lotin, arab, fransuz, italyan, nemis, ingliz, rus, yahudiy, fors, turk va boshqa ko’p tillarda chop etilgan. O’rta Osiyoning buyuk mutafakkiri Ibn Sino ham “Donishnoma”, “Tib qonunlari”, “She’r to’g’risida kitob”, “Muzika haqida risola” asarlaridan tashqari, ijtimoiy hayotga oid asarlar ham yaratgan. Uning “Risolat-ut-tayr” (qushlar risolasi) nomli falsafiy asarida odil podsho obrazi yaratilgan. Ibn Sino asarlari XII asrdan boshlab ko’p tillarga ag’darilgan. Faqat “Tib qonunlari”ning o’zi lotinchada 30 martadan ortiq nashr qilingan. O’rta Osiyodan yetishib chiqqan buyuk allomalar nafaqat fan va madaniyat sohasida, balki siyosat, davlat va jamiyat boshqaruvi haqida ham yirik asarlar yaratishgan. Shulardan biri, Saljuqiylar davlatida bosh vazir lavozimini egallagan Abu Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling