1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Rudakiy, Daqiqiy, Abu Shukur Balxiy, Abulhosim Firdavsiy


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

Rudakiy, Daqiqiy, Abu Shukur Balxiy, Abulhosim Firdavsiy kabi daho shoirlarning
forsiy tilidagi ijodi fikrimizga dalil bo’la oladi.
Bu davrda turkiy adabiyot ham o’z taraqqiyotida katta yutuqlarga erishdi.
Xususan, turkiy adabiy tili eski o’zbek va uyg’ur tillarining vujudga kelishida ham
muhim bosqich bo’ldi. Turkiy adabiyotni yuksaklikka ko’tarishda Mahmud
Koshg’ariy, Yusuf Xos Hojib, Rabg’uziy, Ahmad Yugnakiy kabi turkiyzabon
adiblarning xizmati benazir bo’ldi.
-III-
IX-XII asrlar davri nafaqat dunyoviy fanlarning yuksalib borishi bilan, balki
islomiy madaniyat va ma’naviyatning shakllanib, chuqur ildiz otib borishi, bu sohada
yetuk olimu ulamolarning yetishib chiqib, Vatanimiz sha’nini olamaro ulug’laganligi
bilan ham tavsiflanadi. Garchand islom dini Arabiston yarim orolida vujudga kelgan
bo’lsada, biroq yangi ilohiy ta’limot zaminida ravnaq topdi, takomiliga erishdi. Islom
dini ta’limotining ravnaqi va targ’ibotining kengayishida Buxoro shahri markaziy o’rin
egalladi.
Islom va uning asosiy ta’limoti aks etgan Kur’on g’oyalarining o’lka hayotiga
kirib kelishi va keng yoyilishi, shuningdek, mahalliy xalqlarning musulmonchilik


tamoyillari va udumlarini qabul qilishi hamda ularga e’tiqod bog’lashi davomida asta-
sekin islom madaniyati shakllanib, chuqur ildiz otib bordi. Bunda shu yurt zaminidan
yetishib chiqqan buyuk islomshunos allomalarning xizmati beqiyosdir.
Bu davrda O’rta Osiyoda islomshunoslikning quyidagi yo’nalishlari rivojlandi:
kalom (islom falsafasi);
hadisshunoslik;
- fiqh (islom huquqshunosligi);
- sufiylik (tasavvuf ta’limoti).
Kalom ilmini rivojlantirishda Abu Mansur Moturidiy (vafoti 945) va Mahmud
Zamaxshariy (1075-1144) katta hissa qo’shdilar. Fiqh ilmining ravnaq topishida

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling