1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet45/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

Muhammad ibn Muso Xorazmiy mashhur matematik, astronom, geograf,
tarixchi edi. Vatandoshimiz algebra faniga asos soldi. Uning «Al-jabr», «Zij», «Quyosh
soati haqida risola», «Sur’at ul-arz», «Usturlob holati haqida risola» kabi asarlari Sharq
va g’arb mamlakatlarida ilmiy fikrlarning rivojiga samarali ta’sir ko’rsatdi.
Ahmad Farg’oniy astronom, matematik, geograf edi. Bag’dod yaqinida Raqoq
nomli mavzeda rasadxona qurilishiga boshchilik qilib, astronomiya maktabini tashkil
etadi. Uning «Astronomiya asosi», «Samoviy harakatlar», «Yulduzlar haqidagi fan»
nomli asarlari mashhurdir. Al-Farg’oniyning astronomik asari Yevropada XII asrda
lotin tiliga ikki marta, XIII asrda boshqa Yevropa tillariga tarjima etilgandan co’ng,


uning lotinlashtirilgan nomi “Alfraganus” shaklida g’arbda bir necha asr davomida
keng tarqaldi.
Abu Nasr Forobiy tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlar sohasida 160 dan oshiq asar
yaratgan. Uning asarlari XII-XIII asrlardayok lotin, qadimgi yahudiy, fors, keyinchalik
fransuz, rus, ingliz tillarida chop etilgan. Forobiy qadimgi yunon mutafakkirlari -
Platon, Aristotel, Evklid, Ptolemey asarlariga sharhlar yozgan. Ayniqsa, Aristotel
asarlari (“Metafizika”, “Etika”, “Ritorika”, “Sofistika” va b.)ni batafsil sharhlab, qiyin
joylarini tushuntirib bergan, kamchiliklarini ko’rsatgan, ayni vaqtda bu asarlarning
umumiy mazmunini ochib beruvchi asarlar yaratgan. 
Abu Rayhon Beruniy jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy boshqarishga oid qimmatli
fikr-mulohazalar yozib qoldirgan. Bu fikrlar uning “O’tmish xalqlardan qolgan
yodgorliklar”, “Hindiston”, “Geodeziya” va “Saydona” asarlarida ma’lum darajada o’z
ifodasini topgan. Beruniy Katta Xorazm davlatchiligi tarixiga to’xtalib, bu davlat
miloddan avvalgi XV-XII asrlarda mavjud bo’lganligi hakida ma’lumot beradi.
Beruniyning “Saydona” asarida O’rta Osiyoning dorivor o’simliklariga to’la tavsiya
beriladi. Abu Rayhon Beruniy yaratgan asarlar turli asrlarda lotin, arab, fransuz,
italyan, nemis, ingliz, rus, yahudiy, fors, turk va boshqa ko’p tillarda chop etilgan.
O’rta Osiyoning buyuk mutafakkiri Ibn Sino ham “Donishnoma”, “Tib
qonunlari”, “She’r to’g’risida kitob”, “Muzika haqida risola” asarlaridan tashqari,
ijtimoiy hayotga oid asarlar ham yaratgan. Uning “Risolat-ut-tayr” (qushlar risolasi)
nomli falsafiy asarida odil podsho obrazi yaratilgan. Ibn Sino asarlari XII asrdan
boshlab ko’p tillarga ag’darilgan. Faqat “Tib qonunlari”ning o’zi lotinchada 30
martadan ortiq nashr qilingan. 
O’rta Osiyodan yetishib chiqqan buyuk allomalar nafaqat fan va madaniyat
sohasida, balki siyosat, davlat va jamiyat boshqaruvi haqida ham yirik asarlar
yaratishgan. Shulardan biri, Saljuqiylar davlatida bosh vazir lavozimini egallagan Abu

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling