bo’lishi, raiyat o’z maqsadiga erishishi, jamiyat sulh va adolatda yashashiga sharoit
yaratilishi ta’kidlanadi.
Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asari o’zining ilmiy ahamiyatini yo’qotmagan va
hozirgi kunda Somoniylar davri tarixi bo’yicha eng noyob, qimmatli asar hisoblanadi.
Asarda
Somoniylar davlatining siyosiy, iqtisodiy, madaniy,
ijtimoiy hayotiga oid
ma’lumotlar keltirilgan. Movarounnahr va Xuroson aholisining arab bosqinchilariga
qarshi Muqanna boshchiligidagi qo’zg’oloni bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlar ham bu
asarda ma’lum darajada o’z ifodasini topgan.
Badiiy adabiyot. O’rta Osiyo Uyg’onish davri madaniyati
xususida gap borar
ekan, bunda uning muhim tarkibiy qismi, xalq dahosi mahsuli bo’lgan badiiy adabiyot
va uning ajoyib namoyandalarining serqirra ijodi to’g’risida to’xtalib o’tmasdan
bo’lmaydi.
IX-XII asrlar davri madaniyati ayni paytda yuksak darajada ravnaq topgan badiiy
adabiyot namoyandalari ijodida ham yaqqol namoyon bo’ldi. Bu davrda O’rta Osiyoda
forsiy va turkiy adabiyotning ajoyib durdona asarlari yaratildi. Garchi o’lkada rasmiy
davlat tili sifatida arab tili va uning grammatikasi hukm surgan bo’lsa-da, biroq
mustaqil davlatlarning tashkil topishi va rivojlanib borishi davomida fors va turkiy
adabiyot ham o’sib, uning zabardast vakillari ijodi sayqal topib bordi.
Somoniylar va g’aznaviylar hukmdorligi davrida yashab ijod qilgan
Abu Abdullo
Do'stlaringiz bilan baham: