1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1017- yilgacha
X asr oxiri va XI asr boshlarida xuddi Bag’doddagi «Bayt ul-hikma»
akademiyasiga monand ilmiy markaz tuzish, fan taraqqiyotiga xizmat qilish, uning samaralaridan foydalanishga intilish an’anasi Xorazmda hukmronlik qilgan Ma’muniylar (995-1017) sulolasi davrida ham davom ettirildi va yanada yuqori pog’onaga ko’tarildi. Ma’mun ibn Ma’mun (999-1017) tomonidan Gurganjda «Dorul hikma va maorif» nomini olgan, hozirda «Xorazm Ma’mun Akademiyasi» deb ataluvchi, ilmiy muassasaga asos solindi. Abu Rayxon Beruniy va Abu Ali ibn Sino rahbarlik qilgan ushbu ilmiy muassasa 1017- yilgacha faoliyat olib borgan bo’lsa-da, lekin u jahon ilmiy tafakkuri, madaniy va ma’naviy taraqqiyotining benazir hodisasi sifatida tarixda chuqur iz qoldirdi. O’rta Osiyoda Uyg’onish davri madaniyati Yevropadan bir necha asr ilgari yuz bergan bo’lib, ilm-fan va madaniyat tarixida o’chmas iz qoldirdi. Bu davr madaniyatining o’ziga xos bo’lgan quyidagi xarakterli xususiyatlarini qayd etish mumkin: - olamning tuzilishi, modda va ruhning xususiyatlari kabi umumiy ilmiy-falsafiy masalalarga qiziqish; - insonni koinotni Yaratguvchining eng oliy mahsuli deb baholash va inson tafakkurini ulug’lash; - insonning adolat, taraqqiyot, ma’naviyatga intilishiga imkoniyat yaratish. Axloq, odob, muomalani inson tarbiyasining bosh maqsadi deb bilish; - komil insonni voyaga yetkazishga qodir bo’lgan rivojlangan davlatchilik tizimini vujudga keltirish; - ma’rifatli jamiyat va davlatni vujudga keltirish uyg’onish davri ta’limotining muhim xususiyatidir. -II- IX-XII asrlarda Movarounnahrda ilm-fan yuksaldi, hozirgi zamon fanining ko’plab tarmoqlari va yo’nalishlariga chinakam poydevor yaratildi. Xususan, matematika, astronomiya, tibbiyot, geologiya, geodeziya, geografiya, falsafa singari dunyoviy fanlar fanlarning asosi shu davrda qo’yildi. Shu davrda yashagan o’rta osiyolik buyuk allomalar - Muso al-Xorazmiy (783- 850), Ahmad Farg’oniy (taxminan 797-865), Abu Nasr Forobiy (873-950), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu Ali Ibn Sino (980-1037), Abu Ali Hasan ibn Ali Tusiy–Nizomumulk (1063-1092), Abu Bakr Muhammad Narshaxiy (899-959) va boshqalar tabiiy va ijtimoiy fanlar sohasida o’zlarining ijodiy faoliyatlari, yaratgan o’lmas asarlari bilan dunyoga mashhur bo’ldilar. Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling