1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

«uyg’onish» atamasini XVI asr italyan rassomi va tarixchisi J.Vazari o’z asarlarida
ishlatadi. «Uyg’onish», «uyg’onish davri» atamalari XIV-XVI asr ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish mohiyatini anglatib, ko’proq antik davr merosini, ya’ni antik madaniyatga
o’xshash madaniyatni qaytadan «tirilishi», «uyg’onishi» ma’nosida ishlatila boshladi.
Keyinchalik fanda bu atama keng qo’llanila boshladi. 
Renessans, ya’ni Uyg’onish faqat Yevropa hodisasi emas. Dunyo madaniyatini
yaxlit olib o’rgangan olimlarning ishlari shuni ko’rsatadiki, Osiyo markazida
joylashgan Movarounnahr, Xuroson va Eronda Italiyaga qaraganda bir necha asr oldin
(IX-XII asrlar) ulkan madaniy ko’tarilish yuz bergan, ilm-fan, falsafa, adabiyot
rivojlanib, ilg’or insonparvarlik g’oyalari jamiyat fikrini band etgan, aqliy va ijodiy
faollik gurkiragan. Bu davr dunyo ilmida «Musulmon Renessansi» (A.Mes) yoki
«Sharq Uyg’onishi» (N.Konrad) nomi bilan atalib kelinmoqda. Sharq Uyg’onish
davrida Yevropa Uyg’onish davrining asosiy belgilalari mujassam: jo’shqin ijodiy
faoliyat, ulkan bunyodkorlik ishlari, aqlni hayratda soluvchi bemisl asarlar shundan
dalolat beradi. Sharq Uyg’onish davri ham ulug’ allomalar, qomusiy bilim sohiblari,
mashhur mutafakkirlarni yaratdi.
Arab halifaligida hokimiyat ummaviylar sulolasidan abbosiylar qo’liga o’tgandan
keyin, yangi sulola katta saltanatni idora qilishda, uning taraqqiyotini ta’minlashda
ilmu-fanning ahamiyatini chuqurroq anglab yetdi. VIII asr oxiri IX asr boshlarida
Bag’dodda ilm-fanga e’tibor kuchayib, qadimgi yunon olimlari Platon (Aflotun),
Aristotel (Aristu), Sokrat (Suqrot), Yevklid (Iklidus) va b. asarlari arab tiliga tarjima
qilindi. Turli dinlarga e’tiqod qiluvchi olimlar o’rtasida hamkorlik kuchaydi. Ayni


paytda, arab (islom) sivilizasiyasining shakllanishida Hindiston, Eron, Yunoniston,
O’rta Osiyo va Kavkaz xalqlari madaniyatining ta’siri katta bo’ldi. Halifalik ilm olmoq
farz, degan hikmatga amal qilib o’z tasarrufidagi o’lkalarda olimlarning ishlashlari
uchun sharoit yaratishga harakat qildi. 

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling