1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


- 914), Ahmadning o’g’li Nasr II (914-943


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

907- 914), Ahmadning o’g’li Nasr II (914-943), Nasr II ning o’g’li Nuh (943-954),
uning o’g’li Abdumalik (954-961) davrida inqirozga uchradi. 
2) Qoraxoniylar davlati. X asr o’rtalarida Yettisuv va Qashg’ar xududlarida
yashagan qarluq, chig’il, yag’mo va boshqa turkiy urug’lar qoraxoniylar nomi ostida
kuchli feodal davlat tuzishga erishdilar. “Qora” so’zi qadimgi turkiy xalqlarda
“buyuklik”, “ulug’lik” ma’nosini anglatgan. Qoraxoniylar davlatining asoschisi Sotuq
Abdulkarim (Bug’roxon), o’z davlatining markazi qilib Bolasog’un (Yettisuvda)
shahrini tanlagan. Somoniylar davlati inqirozidan foydalangan Bug’roxon
Movarounnahrga hujum uyushtirdi va 992 y. Samarqandni egalladi va Buxoro sari
yo’l oldi. Somoniylar hukmdori Nuh II qoraxoniylarga qarshi Balx hokimi, turk
lashkarboshisi Foiq boshchiligida qo’shin yubordi. Karmana yaqinidagi jangda
somoniylar qo’shini yengildi. 992 ymay oyida Bug’roxon Buxoroni egalladi, lekin
kasalligi tufayli orqaga qaytdi va yo’lda vafot etdi. Bundan foydalangan Nuh II ning
o’g’li Nasr Buxoro taxtini egalladi. 996 y. Nasr Bug’roxon boshliq qo’shinlar
Buxoroni yana bosib olishdi. 1001 y. gaznaviylar hukmdori Mahmud G’aznaviy bilan
tuzilgan shartnomaga ko’ra Amudaryoning shimolidagi barcha xududlar qoraxoniylar
qo’liga o’tdi. Shu tariqa Somoniylar davlati o’rnida 2 ta turkiy davlat Qoraxoniylar va
G’aznaviylar davlatlari vujudga keldi. 
XI asrning 40-yillarida Qoraxoniylar davlati ikkiga g’arbiy va sharqiy
qismlarga bo’linib ketdi. G’arbiy qismiga asosan Movarounnahr yerlari kirib, markazi
Buxoro shahri, Sharqiy qismiga Qashg’ar, Yettisuv, Farg’onaning sharqiy qismi,
Shosh, Isfijob va Talos yerlari kirib, markazi Bolasog’un shahri bulgan. Qoraxoniylar
davlatini o’z xududini kengaytirish maqsadida muntazam suratda g’aznaviylar,
saljuqiylar va qoraxitoylar bilan olib borilgan kurashlar kuchsizlantirib qo’ydi. 1130

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling