1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
- xiroj, daromadning uchdan bir qismi miqdorida yig’ilgan; -
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
- Bu sahifa navigatsiya:
- 720-722 yillarda
- 780-783 yillar
- xiroj, daromadning uchdan bir qismi miqdorida yig’ilgan;
- ushr, davlat idora ishlari uchun daromadning 10 foizi miqdorida olingan; - juzya - jon solig’i, oziq-ovqat, xomashyo yoki pul hisobida yig’ilgan; - zakot, mol-mulkning 2,5 foizi miqdorida olingan. Islom dini va uning ruknlarining mahalliy xalq orasida yoyilishi nihoyatda qiyin, murakkab kechgan. Bu jarayonda behisob qurbonlar berilgan. Arablarning o’zlarini xo’jalar, sahobalar, sayyidlar, oq suyaklar deb atab, mahalliy xalqqa nisbatan mensimaslik bilan qarashlari ham mahalliy aholida ularga nisbatan nafrat tuyg’usini kuchaytirgan. So’ngra arablarning o’z yurtlaridan ko’p minglab qabila, urug’larni O’rta Osiyoga ko’chirib keltirib, eng yaxshi joylarga joylashtirish, mahalliy oilalarni o’z yer- mulkidan mahrum etilishi ham ularga qarshi ommaviy noroziliklarning kuchayib borishiga sabab bo’ldi. Masalan, dastlabki paytlardayoq, Qurati qabilasining 5 mingdan ziyod aholisi Samarqandga joylashtirilgan. Buxoro, Marv, Poykand va boshqa shaharlarda ham masjid va madrasalar qurish bahonasi bilan yerli aholi surib chiqarilib, ularning yerlariga ham arab qabilalari olib kelinib joylashtirilgan. Buning asl sababi shundaki, bosqinchilar bu begona hududda kuchli ijtimoiy tayanch nuqta yaratish yo’li bilan o’z hukmronligini kuchaytirishga uringanlar. Arablarning Vatanimiz hududida yurgizgan zo’ravonlik va mustamlakachilik siyosati, shubhasiz, yerli aholining turli ijtimoiy qatlamlarining keskin noroziligiga sabab bo’ldi. Buning natijasida arablar hukmronligi davomida o’lkaning turli hududlarida xalq g’alayonlari yuzaga kelib, alangalanib bordi. 720-722 yillarda So’g’diyonada yuz bergan G’o’rak (Samarqand hukmdori) va Devashtich (Panjikent hokimi) boshchiligidagi qo’zg’olon arablar hukmronlikligiga qarshi yo’nalgan dastlabki shiddatli xalq harakatlaridan bo’lgan. Tarixda “oq kiyimlilar” nomi bilan mashhur bo’lgan 776 yilda boshlangan qo’zg’olonga o’z zamonasining har tomonlama yetuk kishisi, xalq dardi, qayg’usi va maqsadlarini chuqur tushungan, asl ismi Hoshim ibn Hakim, ammo, Muqanna (ya’ni yuziga niqob kiygan ma’noda) nomi bilan tanilgan buyuk shaxs rahnamo bo’ldi. Qo’zg’olon Marvda boshlangan bo’lsada, u tez orada Movarounnahrning keng hududlariga yoyildi. Muqanna qo’zg’oloni davomida Samarqand, Buxoro, Naxshob, Kesh hududlari aholisi ham faol harakatga keldi. Uni Iloq, Shosh, Farg’ona vodiysining ko’psonli xalqi ham quvvatlab chiqdi. Qo’zg’olonning bosh g’oyasi - Vatanimiz xalqlari, ularning asl farzandlarining muqaddas yurtni ajnabiy hukmronlardan ozod qilish, uning mustaqilligini kurashib qo’lga kiritish g’oyasi to’la kuch bilan namoyon bo’ladi. Bir necha yillar davom etgan “Oq kiyimlilar” qo’zg’oloni yurtimizning ozodlik kurashi tarixida katta dovrug’ taratdi, arab bosqinchilarini larzaga soldi, ularga sezilarli zarbalar berdi. 780-783 yillar qo’zg’olon harakatlari so’nggi hal qiluvchi pallaga kiradi. Bu davrda Muqanna kuchlari Qashqadaryoning Kesh vohasida to’plangan edi. Qo’zg’olonning bosh tayanch nuqtasi Som qishlog’i ham shu joyda bo’lgan. Albatta, bu vaqtga kelib xalifalik qo’shinlari katta ustunlikka ega bo’lib, ular mahalliy aholining yuqori tabaqalarini o’z tomoniga jalb etib, qo’zg’olonchilarni tobora siqib borayotgan edi. Muqanna Somda mustahkamlanib, o’z tarafdorlari bilan so’nggi nafasigacha kurashdi. Pirovardida esa, dushman qo’lida mag’lub bo’lmay, o’zini yonib turgan olovga otib, qahramonlarcha halok bo’ladi. Garchand Muqanna qo’zg’oloni yengilgan bo’lsada, biroq u buyuk xalq qudratini, agar u birlashsa, uyushsa nimalarga qodirligini namoyon etdi. Bu qo’zg’olon xalifalik kuchini zaiflashtirdi, boshqa o’lkalarda ham ozodlik harakatlarining ko’tarilishiga turtki bo’ldi. Arablarga qarshi olib borilgan kurash behuda ketmadi. Asta-sekin xalifalikning hukmronligi zaiflashib, uning ta’sir doirasi qisqarib bordi. Bu hol Movarounnahr aholisining ozodlikka yetishuvida muhim ahamiyat kasb etdi. Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling