1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


- xiroj, daromadning uchdan bir qismi miqdorida yig’ilgan;  -


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

- xiroj, daromadning uchdan bir qismi miqdorida yig’ilgan; 
-
ushr, davlat idora ishlari uchun daromadning 10 foizi miqdorida olingan;
- juzya - jon solig’i, oziq-ovqat, xomashyo yoki pul hisobida yig’ilgan;
- zakot, mol-mulkning 2,5 foizi miqdorida olingan. 
Islom dini va uning ruknlarining mahalliy xalq orasida yoyilishi nihoyatda qiyin,
murakkab kechgan. Bu jarayonda behisob qurbonlar berilgan. Arablarning o’zlarini
xo’jalar, sahobalar, sayyidlar, oq suyaklar deb atab, mahalliy xalqqa nisbatan
mensimaslik bilan qarashlari ham mahalliy aholida ularga nisbatan nafrat tuyg’usini
kuchaytirgan. So’ngra arablarning o’z yurtlaridan ko’p minglab qabila, urug’larni
O’rta Osiyoga ko’chirib keltirib, eng yaxshi joylarga joylashtirish, mahalliy oilalarni
o’z yer- mulkidan mahrum etilishi ham ularga qarshi ommaviy noroziliklarning
kuchayib borishiga sabab bo’ldi. Masalan, dastlabki paytlardayoq, Qurati qabilasining
5 mingdan ziyod aholisi Samarqandga joylashtirilgan. Buxoro, Marv, Poykand va
boshqa shaharlarda ham masjid va madrasalar qurish bahonasi bilan yerli aholi surib
chiqarilib, ularning yerlariga ham arab qabilalari olib kelinib joylashtirilgan. Buning
asl sababi shundaki, bosqinchilar bu begona hududda kuchli ijtimoiy tayanch nuqta
yaratish yo’li bilan o’z hukmronligini kuchaytirishga uringanlar. Arablarning
Vatanimiz hududida yurgizgan zo’ravonlik va mustamlakachilik siyosati, shubhasiz,
yerli aholining turli ijtimoiy qatlamlarining keskin noroziligiga sabab bo’ldi. Buning
natijasida arablar hukmronligi davomida o’lkaning turli hududlarida xalq g’alayonlari
yuzaga kelib, alangalanib bordi. 
720-722 yillarda So’g’diyonada yuz bergan
G’o’rak (Samarqand hukmdori) va Devashtich (Panjikent hokimi) boshchiligidagi
qo’zg’olon arablar hukmronlikligiga qarshi yo’nalgan dastlabki shiddatli xalq
harakatlaridan bo’lgan. Tarixda “oq kiyimlilar” nomi bilan mashhur bo’lgan 776
yilda boshlangan qo’zg’olonga o’z zamonasining har tomonlama yetuk kishisi, xalq
dardi, qayg’usi va maqsadlarini chuqur tushungan, asl ismi Hoshim ibn Hakim,


ammo, Muqanna (ya’ni yuziga niqob kiygan ma’noda) nomi bilan tanilgan buyuk
shaxs rahnamo bo’ldi. Qo’zg’olon Marvda boshlangan bo’lsada, u tez orada
Movarounnahrning keng hududlariga yoyildi. Muqanna qo’zg’oloni davomida
Samarqand, Buxoro, Naxshob, Kesh hududlari aholisi ham faol harakatga keldi. Uni
Iloq, Shosh, Farg’ona vodiysining ko’psonli xalqi ham quvvatlab chiqdi.
Qo’zg’olonning bosh g’oyasi - Vatanimiz xalqlari, ularning asl farzandlarining
muqaddas yurtni ajnabiy hukmronlardan ozod qilish, uning mustaqilligini kurashib
qo’lga kiritish g’oyasi to’la kuch bilan namoyon bo’ladi. Bir necha yillar davom etgan
“Oq kiyimlilar” qo’zg’oloni yurtimizning ozodlik kurashi tarixida katta dovrug’
taratdi, arab bosqinchilarini larzaga soldi, ularga sezilarli zarbalar berdi. 780-783
yillar qo’zg’olon harakatlari so’nggi hal qiluvchi pallaga kiradi. Bu davrda Muqanna
kuchlari Qashqadaryoning Kesh vohasida to’plangan edi. Qo’zg’olonning bosh
tayanch nuqtasi Som qishlog’i ham shu joyda bo’lgan. Albatta, bu vaqtga kelib
xalifalik qo’shinlari katta ustunlikka ega bo’lib, ular mahalliy aholining yuqori
tabaqalarini o’z tomoniga jalb etib, qo’zg’olonchilarni tobora siqib borayotgan edi.
Muqanna Somda mustahkamlanib, o’z tarafdorlari bilan so’nggi nafasigacha
kurashdi. Pirovardida esa, dushman qo’lida mag’lub bo’lmay, o’zini yonib turgan
olovga otib, qahramonlarcha halok bo’ladi. Garchand Muqanna qo’zg’oloni yengilgan
bo’lsada, biroq u buyuk xalq qudratini, agar u birlashsa, uyushsa nimalarga qodirligini
namoyon etdi. Bu qo’zg’olon xalifalik kuchini zaiflashtirdi, boshqa o’lkalarda ham
ozodlik harakatlarining ko’tarilishiga turtki bo’ldi. 
Arablarga qarshi olib borilgan kurash behuda ketmadi. Asta-sekin xalifalikning
hukmronligi zaiflashib, uning ta’sir doirasi qisqarib bordi. Bu hol Movarounnahr
aholisining ozodlikka yetishuvida muhim ahamiyat kasb etdi.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling