1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ahmad 864 y.
- IV –
1) Somoniylar davlati. IX asrning 2 yarmida Movarounnahrda vujudga kelgan Somoniylar sulolasi xalifa Ma’mun e’tiboriga tushgan. Bu sulolaga Balx yaqinida yirik yer egasi Somonxudod asos solgan. Xalifa Ma’munning topshirig’i bilan Xuroson noibi Tohir ibn Husayn 820 yili Somonxudodning o’g’li Asadga katta ishonch bildirib, uning o’g’illari - Nuhni Samarqandga, Ahmadni Farg’onaga, Yahyoni Shosh va Usrushonaga, Ilyosni Hirotga noib qilib tayinlagan. Movarounnahrni o’z qo’l ostida birlashtirishga kirishgan Ahmad 864 y. vafot etdi. O’rniga taxtga o’tirgan o’g’li Nasr Ahmadning ishini davom etdirdi. 874 y. u Buxoroda tohiriylarga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olondan foydalanib, Buxoro shahrini egalladi va shaharni boshqarishni ukasi Ismoilga topshirdi. Biroq, keyinchalik Nasr va Ismoil o’rtasida hokimiyat uchun kurash kuchayib, 888 yildagi to’qnashuvda Ismoil akasi ustidan g’alaba qozondi. 892 yildan Ismoil Somoniy Movarounnahr hukmdorligini qo’lga kiritdi. O’z davrining qobiliyatli va tashkilotchi davlat arbobi bo’lgan Ismoil Somoniyning mustaqil siyosat yuritishga intilishidan tashvishga tushgan xalifa Mu’tazid Xuroson noibi Amr ibn Laysga Movarounnahr noibligini ham berib, uni Ismoilga qarshi urushga jo’natdi. 900 yili Amr ibn Lays qo’shinlari Buxoro ostonalarida tor-mor etildi. Narshaxiyning yozishicha Ismoil ko’shinlariga mahalliy hunarmandlar va dehqonlar katta yordam berishgan. Ismoil Somoniy Xurosonni ham o’z davlati tarkibiga qo’shib oldi. Xalifa Ismoil Somoniy davlatini tan olishga majbur bo’ldi. Ismoil Somoniy davlatni idora qilish uchun bir qator islohotlar o’tkazdi. Bu islohotlarga ko’ra davlatni idora qilish uchun saroy (dargoh) va 10 ta devon tashkil etildi. Devonlar orasida vazir yoki “xo’ja buzurg” devoni alohida o’rin tutgan. Bu devonga boshqa devonlar bo’ysunib, u hamma -ma’muriy, siyosiy va xo’jalik mahkamalarini nazorat qilgan. Somoniylar davrida sug’orma dehqonchilikka ham katta e’tibor berilgan. Buxoro vohasida Shopurkon, Shohrud, Karmana, Poykand, Samarqand vohasida Barsh (Darg’om), Buzmadison, Ishtixon kanallari qazilgan. Xorazm, Kesh, Shosh va Farg’onada ham qazilgan bunday kanallar dehqonchilikning rivojlanishiga katta yordam bergan. Sug’d (Zarafshon) daryosi bo’ylab Buxorogacha bog’-bo’stonli, obod qishloqlar joylashgan. Buxoroda 17 ta sug’orish shaxobchalari barpo etilgan. Bu davrda «Ariqlar haqida qonun» ishlab chiqilgan. Kanallar davlat mutasaddilari tomonidan nazorat qilingan. Masalan, Murg’ob vodiysida 10 mingga yaqin mansabdor shaxs suv taqsimoti bilan shug’ullangan. Movarounnahrda ipak va jundan tayyorlangan gazlamalar sifatliligi va nafis naqshlari bilan ajralib turgan. Buxoroning Zardana, Samarqanddagi Vedar to’qimachilik mahsulotlari Hindiston, Eron, Iroq va boshqa mamlakatlarda ham mashhur bo’lgan. Shaharlarda to’qimachilikdan tashqari kulolchilik, degrezlik, chilangarlik, miskarlik, zargarlik, shishasozlik rivojlandi. Bu davrda Farg’ona vodiysida, Nurota-Zarafshon tog’larida, Iloq viloyatida konchilik sanoatiga e’tibor kuchaydi. Somoniylar davrida me’morchilik va ilm-fanga ham katta e’tibor berilgan. Bu davrda Karki yaqinida Alambardor, Karmanadagi Mir Said Bahrom, Tim qishlog’idagi Arab ota maqbaralari qurilgan. Buxorodagi Mag’oki Attoron, Poykand masjidi, Termizdagi Chorustun, Shahristondagi Childuxtaron masjidlari yozuvli g’ishtlar, uyma ganchlar va hatto tilla suvlari bilan bezatilgan. Bu davrda Rudakiy, Daqiqiy, Firdavsiy, Ibn Sino kabi buyuk allomalar yetishib chiqdi. Ipak yo’lining ahamiyati oshdi. Biroq, somoniylar davlati Ismoilning avlodlari: o’g’li Ahmad (hukmronligi Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling