1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


y. Qoraxoniylar davlati saljuqiy Sulton Sanjarga qaram bo’lib qoldi. 1211 y


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

y. Qoraxoniylar davlati saljuqiy Sulton Sanjarga qaram bo’lib qoldi. 1211 y.
Xorazmshoh Oloviddin Muhammad koraxoniylar hukmronligiga barham berdi.
Qoraxoniylar davrida davlat boshqaruvi somoniylarda bo’lganidek
markazlashgan asosda emas, balki ko’proq mahalliy xududiy usulda boshqarilgan.
Xonlar xoni Tamg’achxon Qashg’arda yashab, viloyatlarni idora qilishni mahalliy
iloqxonlar ixtiyoriga topshirib qo’ygan. Qoraxoniylar davrida Movarounnahr
poytaxti Samarqand bo’lib, uning Iloqxoni katta obro’ga ega bo’lgan. Shaharlar
hokim, rais va muhtasiblar tomonidan boshqarilgan. 
Qoraxoniylar davlatida ham madaniy hayotga katta e’tibor berilgan. Jumladan,
Shams-ul-mulk davrida Buxoro yaqinida saroy, Hazora qishlog’ida Dingaron masjidi
va karvonsaroy, Arslonxon davrida mashhur Minorai Kalon qurildi (1127). XII asr


oxirida Buxoro sadri Abdulaziz II Vobkentda minora bunyod etdirdi. 1108-1109
yillarda Jarqo’rg’onda minora qurildi. Shuningdek, Samarqand, Termiz va
Urganchda ham qator qurilishlar qilindi. Jumladan, Urganchdagi Faxriddin Roziy va
Shayx Sharif maqbarasini, Bo’ronqal’a va Naifqal’ani hamda ko’plab
karvonsaroylarni ko’rsatish mumkin. Islom ta’limotida rasm chizish ta’qiqlangan
bo’lishiga qaramasdan bu davrda saroylarni raqs tushayotgan ayollar, ov manzaralari
(g’aznaviylar saroyi), afsonaviy hayvonlar (Termiz hukmdorlari saroyi) tasvirlari
bezab turgan. 
3) G’aznaviylar davlati. 962 y. jasur turkiy sarkarda Sabuqtegin G’azna
shahrida g’aznaviylar davlatiga asos solgach, bu shahar Xurosonning siyosiy
markaziga aylandi. Uning o’g’li Sulton Mahmud davrida (998-1030) G’aznaviylar
davlatining qudrati yanada oshib, xududi shimoliy-g’arbiy Hindistondan Chag’oniyon
va Xorazmgacha cho’zildi. Bu davlat xududiga Eronning shimoli-sharqiy qismi ham
kirgan edi. Mahmud G’aznaviy yaxshi qurollangan, intizomli, qudratli qo’shin tuzib,
ko’plab istilochilik yurishlari qildi. Jumladan, Hindistonga 17 marta harbiy yurish
qilgan. U 1019 y. Kanauja shahrini egallab, u yerdan 20 mln. dirham, 57 ming qul va
350 ta filni qo’lga kiritgan. 1017 y. Xorazm hukmdori Ma’munning o’ldirilishidan
keyin bu yerda sodir bo’lgan beboshliklardan foydalangan Mahmud Xorazmni ham
o’ziga bo’ysundirdi. 
Sulton Mahmud hukmdorligi
davrida ilm-ma’rifatga ma’lum darajada e’tibor berilgan. U Abu Rayxon Beruniyni
ham Xorazmdan G’aznaga, o’z saroyiga olib ketdi va Beruniyning ilm bilan
shug’ullanishi uchun zarur sharoit yaratib berdi. Mahmud G’aznaviy vafotidan keyin
(1030) uning o’g’li Ma’sud davrida (1030-1041) mamlakatda ichki ziddiyatlarning
kuchayishi va saljuqiy turklarning hujumlari, xususan, 1040 yilgi Dandanakon
jangidagi mag’lubiyatdan keyin G’aznaviylar davlati inqirozga yuz tutdi. Ma’sud
vafotidan keyin (1040) uning vorislari G’aznaviylar davlati qudratini qayta tiklay
olmadilar. XII asr oxirida bu davlat Afg’oniston xududida tashkil topgan g’uriylar
davlati tomonidan batamom tugatildi. 
4) Saljuqiylar davlati. X asr o’rtalarida o’g’uzlar ittifoqi negizida tashkil
topgan Saljuqiylar davlatining dastlabki markazi Sirdaryoning quyi oqimida
joylashgan Yangikent shahri bo’lgan. O’g’uzlarning yobg’usi (yetakchisi) Saljuqbek
va uning avlodlari Tug’rulbek, Chag’irbek va Shakarbeklar bu davlatni buyuk saltanat
darajasiga ko’tardilar. Asosan ko’chmanchi chorvachilik bilan kun kechirgan
o’g’uzlarning bir qismi 1020-30 yillarda qoraxoniy, keyinchalik, g’aznaviy
hukmdorlarning roziligi bilan dastlab Nurota tog’lari yon bag’irlariga va undan
Marvga, bir qismi Kat (Xorazm) orqali Kaspiy dengizining janubiy-sharqiy qismlari


(Obivard, Farovi atroflari)ga joylashdilar. O’g’uzlar tezda Tug’rulbek boshchiligida
birlashib, g’aznaviylarga qarashli Xuroson yerlarini egallay boshladilar. 1040 y.
Dandanakonda bo’lgan jangda Tug’rulbek qo’shinlari g’alaba qozongach
g’aznaviylarga tegishli katta hududlar ular ixtiyoriga o’tdi. Shundan keyin saljuqiylar
istilochilik yurishlarini davom ettirishib, Eronning shimoliy qismi, Ozarbayjon,
Kurdiston, Iroqni egalladilar. 1055 y. xalifalik poytaxti Bag’dodni qo’lga kiritishdi. 
Xalifa
diniy
hokimiyatni o’z qo’lida saqlab qolsada, dunyoviy hokimiyatni sulton unvoni bilan
Tug’rulbekka berishga majbur buldi. Tug’rulbek davrida Ray (Eron) shahri saljuqiylar
davlatining poytaxti edi. Tug’rulbek Movarounnahrda qoraxoniylar hukumati bilan
do’stona aloqalar o’rnatdi, Kavkazda esa Vizantiya qo’shinlariga qattiq zarbalar berdi.
Uning vorisi Alp Arslon (1063-1072) Vizantiya imperatori Roman IV Diogen
qo’shinlarini mag’lubiyatga uchratdi, Amudaryoning o’ng sohiliga bir qator hujumlar
uyushtirdi. Alp Arslonning vorisi Malikshoh (1072-1092) qoraxoniylarning o’zaro
nizolaridan foydalanib, 1089 y. Buxoro va Samarqand shaharlarini egalladi. U
qoraxoniylar (hukmdori Ahmadxon) davlatini qaram qilib, katta o’lja bilan orqaga
qaytdi. 
Malikshoh vafotidan keyin saljuqiylar davlatida hokimiyat uchun kurash
kuchayib ketdi. 1118 y. hokimiyatni Sulton Sanjar (1118-1147) egalladi. U poytaxtni
Marvga ko’chirib, Movarounnahrda qoraxoniylarning ichki ishlariga jiddiy aralasha
boshladi. Birok, 1141 y. Sulton Sanjar va qoraxoniylarning birlashgan qo’shinlarining
Qatvon cho’lida (Samarqand yaqinida) qoraxitoylar bilan bo’lgan jangda yengilishi
saljuqiylar davlatini zaiflashtirib kuydi. Bundan foydalangan xorazmshoh Jaloliddin
Otsiz 1141 y. oxirida Marvni bosib oldi. Lekin, Sulton Sanjar Xorazm qo’shinlarini
Xurosondan surib chiqardi va xorazmshohni yana o’ziga buysundirdi. Shunga
qaramasdan, saljuqiylar davlati avvalgi mavqyeini qayta tiklay olmadi. 1153 y. Balx
va Xuttalon viloyatlarida yashovchi ko’chmanchi g’uz qabilalari Sulton Sanjar
qo’shinlarini tor-mor qilib, o’zini asir oldilar. 1156 y. Sulton Sanjar asirlikdan
qochishga muvaffaq bo’lsada, Saljuqiylar davlatini qayta tiklay olmay 1157 y. vafot
etdi. 
5) Xorazmshohlar davlati. Somoniylar davlati tugatilgandan keyin, XI asr

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling