1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


bosqichi VIII asrning birinchi choragiga


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

bosqichi VIII asrning birinchi choragiga to’g’ri keladi. Xususan, 704 yilda
Qutayba ibn Muslimning Xuroson noibi etib tayinlanishi bilan uning zimmasiga
butun O’rta Osiyo xududlarini uzil-kesil bosib olish vazifasi yuklanadi. Iste’dodli
lashkarboshi Qutayba katta tayyorgarlik ko’rgandan so’ng, 706 yilda Jayxun
(Amudaryo)dan o’tib Poykandni egallash sari harakatlanadi, 707 yilda Kesh, 708-709
yillari Romitan, Sug’d yerlarini ishg’ol qiladi. Samarqandni, Buxoroni bosib olib
boyliklarini talaydi. Toshkent, Xo’jand, Sharqiy Turkiston yerlarini bosib olib, bu
yerlarda o’z hukmronligini o’rnatadi. Shu tariqa, arablar Movarounnahr (daryo orti)
deb nom bergan O’rta Osiyo hududlari VIII asrning dastlabki o’n yilliklari
davomida bosib olindi. 
Arablar istilochilar sifatida bu hududda mahalliy aholiga nisbatan mislsiz zulm
va zo’ravonlik o’tkazdilar. Xalq tomonidan asrlar davomida yaratilgan noyob moddiy
va ma’naviy boyliklar talandi, yakson qilindi. Mahalliy yozuvlarda bitilgan nodir
kitoblar, qo’l yozmalar yondirildi. Zardo’shtiylik, buddizm dinining ko’plab
ibodatxonalari, muqaddas qadamjolari yakson etildi. So’ngra ular ajdodlarimizning


bebaho boyligi hisoblangan mahalliy yozuvlar, tarixiy hujjatlarni yo’q qildilar.
Musulmonchilik diniga, islom aqidalariga zid keladigan jamiki narsalar ularning
nazarida g’ayri tabiiy hol hisoblanib, ular ayovsiz yo’q qilindi. Bularning o’rniga
arablar aholidan olingan mo’may daromadlar, to’lovlar evaziga hashamatli, serviqor
masjidu madrasalar, xonaqolar, maqbaralar barpo etib, odamlarni ularga da’vat
etdilar. 
Yurtimiz jilovini qo’lga olgan arab hukmdorlari xalqqa zulmu, asoratni
kuchaytirish maqsadida turli xil soliq, o’lponlarni joriy etdilar. Arab xalifaligi
xazinasiga to’lanishi majbur bo’lgan markazlashtirilgan soliq turlari quyidagilardan
iborat bo’lgan: 

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling