1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


-MAVZU: V-XII ASRLARDA O’RTA OSIYODA IJTIMOIY-SIYOSIY


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

5-MAVZU: V-XII ASRLARDA O’RTA OSIYODA IJTIMOIY-SIYOSIY,
IQTISODIY VA MADANIY HAYOT
Reja:
1.
Eftaliylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot.
2.
Turk xoqonligi davrida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy xayot.
3.
Arab xalifaligi davrida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy xayot.
4.
Somoniylar, Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar
davlatlari.
Tayanch so’zlar va iboralar: Dehqon, feodal munosabatlar, feodal yer egaligi,
kadivarlar, kashovarzlar, chokar, eftallar, mazdakchilik, turk, Turk xoqonligi, Arab


xalifaligi, Qur’on, arablar istilosi, Movarounnahr, soliq siyosati, Muqanna, islom
dinining yoyilishi, Somoniylar, Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar,
Xorazmshohlar.
-I-
M. IV-V asrdan O’rta Osiyo hududida yerga egalik munosabatlari, ya’ni feodal
ishlab chiqarish munosabatlari qaror topa boshladi. «Feodal» lotincha – «katta yer
egasi» ma’nosini anglatadi. Bu davrdan yerga bo’lgan munosabat o’zgarib bordi. Yangi
yerlar o’zlashtirildi. Bu yerlarning asosiy qismi ma’lum bir kishilar – zodagonlar
qo’lida to’planib bordi. Bu yirik yer egalari ziroatkor dehqonlar ustidan
hukmronliklarini o’rnatdilar. Bu mulkdorlar ilk o’rta asrlarda «dehqon», ya’ni «qishloq
hokimi» nomi bilan shuhrat topgan. Ularga qaram kishilar «kadivar», ya’ni «qishloq
qo’rg’onlarida yashovchilar», deb atalgan. Ilk o’rta asrlarda kadivarlar (asosan, yersiz
va yerga muhtoj qishloq mehnatkashlari) O’rta Osiyodagi asosiy ijtimoiy tabaqa
hisoblangan.
O’rta Osiyo hududida yerga egalik munosabatlarining shakllanishi jarayonida m.
V asr o’rtalariga kelib, bu yerda yangi bir qudratli davlat – Eftaliylar (eftalitlar)
davlati vujudga keldi. Uning hududi hozirgi Afg’onistonning katta qismi, O’rta Osiyo
va Sharqiy Turkistonning sharqiy va janubiy-sharqiy viloyatlarini o’z ichiga olgan.
Uning asosiy negizini Baqtriya – Toxariston tashkil etgan. Shu yerdan turib eftaliylar
qo’shni mamlakatlarga yurishlar qilganlar.
Eftaliylar davrida davlatning boshida podsho turgan. Ammo taxt otadan bolaga
meros bo’lib qolmay, sulolaning eng loyiq deb topilgan kishisiga berilgan. Eftaliylarda
aholining asosiy qismi dehqonchilik bilan mashg’ul bo’lgan, ayrim qismigina
ko’chmanchilik asosida yashagan. Jamiyatda zodagonlarning mavqyei kuchayib borgan
va ular ko’proq shaharlarga kelib yashay boshlaganlar. Eftaliylar davlatining siyosiy
markazi – poytaxti qayerda bo’lganligi to’g’risida qat’iy aniq ma’lumotlar yo’q.
Taxminiy fikrlarga ko’ra bunday markaz Poykand yoki Balx shahri bo’lgan deyiladi.
Eftaliylar Eron, Vizantiya, Hindiston, Xitoy kabi mamlakatlar bilan elchilik,
savdo-sotiq munosabatlarini olib borishgan. Bu savdo jarayonida sosoniy tangalar bilan
bir qatorda mahalliy tangalar ham qo’llanilgan. Eftaliy podsholigida sug’d tilining keng
qo’llanilganligi to’g’risida manbalar yetarli darajada ma’lumot beradi. Sug’d yozuvidan
tashqari, undan biroz farq qiluvchi buxorocha yozuv, xorazmiy va eftallar yozuvi keng
tarqalgan. Eftallar alifbosida 25 ta harf bo’lgan.
Ushbu davlatda har xil diniy g’oyalarga e’tiqod qilish davom etgan. Eftaliylarda
moddiy madaniyat taraqqiy etgan. Binokorlik, naqqoshlik, tasviriy san’at rivojlangan.
Eftaliylar davri tarixiga oid ba’zi bir moddiy madaniyat yodgorliklari saqlanib qolgan.


Bular eftaliy shohlari yozgi qarorgohi – Varaxsha yodgorligi (V asr), Xorazm viloyati
hududidagi Firqal’a, Buxoro viloyatida Poykend, Termiz yaqinidagi Bolaliktepadan
topilgan saroy va boshqalardir.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling