1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


- III –  O’zbek xalqi etnogenezi quyidagi asosiy bosqichlarga bo’linadi: Birinchi bosqich


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

- III – 
O’zbek xalqi etnogenezi quyidagi asosiy bosqichlarga bo’linadi:
Birinchi bosqich – boshlanishi bronza davriga borib taqaladi. Arxeologik
materiallar tahliliga ko’ra, bu bosqich m.a. 2 ming yillikning o’rtalaridan to
makedoniyalik Iskandarning O’rta Osiyo hududiga kirib kelishiga qadar bo’lgan davrni
o’z ichiga oladi. Bu davr, o’z navbatida, qator tarixiy voqyeliklar bilan xarakterlanadi.
Yevroosiyo cho’llarining chorvador aholisi hayotida ot, eshak va tuyadan transport
vositasi sifatida foydalanishga o’tilgach, dasht aholisining o’z chorva podalarini haydab
janub va g’arbga tomon migrasiyasi boshlanadi. Shu munosabat bilan bir guruh dasht
aholisi m.a. 2 ming yillikning ikkinchi yarmida (bronza davri) O’rta Osiyoning
shimoli sharqiy tomonidan Amudaryoning quyi havzalariga kirib keldi.
Ikkinchi bosqich – antik davrda, ya’ni Da-yuyechji qabilalari va xunnlarning bu
zaminda paydo bo’lishi bilan bog’liq edi. Bu davrda turkiy etnos foydasiga tub
o’zgarishlar yuz beradi. Xususan, m.a. III – m. V asrlar davomida Qang’ davlati
doirasida qang’ar elati tashkil topadi, Sirdaryoning o’rta havzasi rayonlarida ikki tilli
aholi etnik guruhlari omuxtalashgan moddiy voqyelik – Qovunchi madaniyati va
o’zbeklarga xos antropologik tip – «O’rta Osiyo ikki daryo oralig’i tipi» shakllanadi va
nihoyat o’zbek xalqi asoslari dastlab tarkib topgan etnomadaniy maydon tarkib topadi.
Uchinchi bosqich – yurtimizning ichki hududlariga xioniylar, kidariylar
(toxarlar), eftaliylar kabi turkiy tilli qabila va elatlarning kirib kelishi bilan bog’liqdir.
Xioniylar – turkiy qabila. Ba’zi tadqiqotchilar fikriga ko’ra dastlab Oltoy tog’lari
atrofida yashashgan va IV asrning 1 yarmida janubiy g’arbga siljib, Amudaryo va
Sirdaryo oralig’iga kirib kelishgan. Bu yerda dastlab ular Zarafshon vohasini egallab,
janubga harakat qilishgan va sosoniylar Eroniga qaram bo’lib qolgan Kushon


podsholigi o’rnini egallaganlar hamda markazi Toxariston bo’lgan Shimoliy Hindiston,
Afg’oniston, Xurosonning bir qismini ham o’z ichiga olgan Xioniylar (Xionitlar)

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling