shaharsozligining ilk yirik markazlari edi. Sug’diylar uzoq muddat turli saltanatlar
tarkibida bo’lib kelganlar.
Jumladan, axomaniylar,
yunonlar, kushonlar,
xioniylar,
eftaliylar, kidariylar, Turk xokonligi davrida ham nisbiy mustaqillik ruhini saqlaganlar.
M.a. II-I asrlardan boshlab sug’diylar o’z hududlarida yangi konfederativ davlat
tizimi atrofida birlashdilar. Asosiy poytaxt shaharlar Samarqand boshchiligida Kesh,
Buxoro, Naxshab (Nasaf) kabilar edi. Ayni shu davrdan umumsug’d alifboli yozuvi
amal qila boshlagan va uning ko’plab yodgorliklari bizgacha yetib kelgan.
BAQTRIYALIKLAR. Sug’diylarning eng yaqin qo’shnilari baqtriyaliklar bo’lib,
ularning yurti Surxondaryo vohasi, Afg’onistonning shimoli, Tojikistonning
janubiy
hududlarida joylashgan. Baqtriyada asosan oromiy yozuvidan va mahalliy tillardan
foydalanilgan.
XORAZMIYLAR (xorasmiy). Qadimgi Xorazmda (Amudaryoning quyi oqimi)
yashab, xorazmiy tilida so’zlagan xalq. Ularning yurti Xvarizam («Avesto»da),
Xvarazmish (Behistun yozuvlarida), Xorasmiya (yunon-rim manbalarida) deyilgan.
Taxminlarga ko’ra, xorazmiylar Hilmand vodiysi (Hirot atrofida)dan Amudaryoning
quyi oqimidagi yerlarga
m.a. 1-ming yillik o’rtalarida ko’chib kelganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: