1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

- V –
Kushon podsholigi – o’zbek davlatchiligi tizimidagi qadimgi davlat (m. I-III
asrlar). M. I asrning 1-yarmida yuyechjilar tasarrufidagi Kushon mulkining
yuksalishi natijasida vujudga kelgan. Massagetlar (Xitoy yilnomalarida – yuyechji)
m.a. 140 yil Sirdaryo ortidan Baqtriyaga kelib, saklarni yenggan va Yunon-Baqtriya
podsholigi o’rniga bir asr davomida 5 qabilaga bo’linib yashagan. Bulardan Kushon
qabilasi jabg’usi Kudzula Kadfiz (Kadfiz I – 15-45/51) m. I asrda qolgan 4 qabilani
bo’ysundirib, o’zini hukmdor deb e’lon qilgan.
M.a. I asrda Kosonsoy Kushonlar saltanatining poytaxti bo’lgan. Kushonlarning
dastlabki mulklari hududiga Shimoliy Baqtriya (Tojikiston hamda O’zbekistonning
janubi, Turkmanistonning janubiy sharqidagi yerlar) kirgan.Dastlab jabg’u,
keyinchalik podsho unvoni bilan idora qilgan Kadfiz I Kushon davlatiga asos solgan
bo’lib, uning davrida kushonlar hozirgi Afg’oniston bilan Pokistonning ko’pchilik
qismini bosib olgan.
Kudzula Kadfizning o’g’li Vima Kadfiz (30 yil podsholik qilgan), xususan,
Kanishka I (23 yil podsho bo’lgan) va uning o’g’li Vasishka (4 yil podsholik davrini
surgan) davrida Kushonlar davlati har tomonlama kuchayib dunyoning eng qudratli
davlatlaridan biriga aylangan. Buni m. III asridagi budda matnidagi «dunyo uch
qismga (Xitoy, Rim va Kushon) bo’lingan» degan jumlalar ham isbotlaydi. Kushon
davlati O’rta Osiyoning kattagina hududlari, Shimoliy Hindiston, Qashg’ar,


Afg’oniston va Sharqiy Turkiston yerlarini o’z tarkibiga qamrab olgan edi. Kanishka
podsholigi davrida mamlakatning iqtisodiy-siyosiy va harbiy qudrati har tomonlama
rivoj topdi. Mamlakatda oltin, kumush va mis tangalar zarb qilindi. Bu davrda ayniqsa
Termiz, Samarqand, Naqshab, Buxoro, Choch, Darvazin, Peshovor va boshqa
shaharlar rivojlandi. Xitoy, Rim va boshqa mamlakatlar bilan savdo aloqalari
kengaydi. Bu borada «Ipak yo’li»ning o’rni va ahamiyati oshdi.
Kushon saltanatida siyosiy hokimiyat ruhoniylar qo’lida bo’lgan davlat bo’lib,
unda podsho dunyoviy rahbar bo’lish bilan birga bosh kohin ham edi. Davlat
satrapliklarga bo’lingan bo’lib, ularning satraplari ayrim erkinliklarga ega edi.
Kushon podsholigi quldorlik davlati bo’lsa-da, unda qishloq jamoasi muhim o’rin
tutgan. Kushon podsholari mamlakatda keng ko’lamda dinlararo murosasozlik
siyosatini yurgizgan: aholi, asosan, buddizmning maxayana mazhabiga e’tiqod qilgan,
shuningdek, mamlakatda zardushtiylik, otashparastlik, hinduizm kabi ko’plab boshqa
dinlar ham bo’lgan. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo keng taraqqiy etgan. Pul
tizimida ko’proq oltin va mis tangalar qo’llanilgan. Dehqonchilik, xususan, sug’orma
dehqonchilik rivojlangan, qishloq xo’jaligida ekinlarning ko’pchilik turi ekilgan.
Kushon davlati Kanishka I (78-123) podsholigi davrida o’z yozuviga ega bo’lgan. 22
harfdan iborat bo’lgan bu yozuv Kushon (Baqtriya) yozuvi deb atalgan. Bu yozuvlar
Kushon davlati zarb etgan tangalarga aks etgan.
Kushon saltanatining inqirozi Xuvishka (151-190) podsholigi davri (32-yil hukm
surgan)dan boshlandi. Bu jarayonda Sosoniylar davlatining tarix sahnasiga chiquvi
asosiy omil bo’ldi. Xususan, sosoniy hukmdorlardan Shopur I ning (m. 242-243

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling