1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
SAKLAR. M.a 1-ming yillik va milodning boshlarida
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
SAKLAR. M.a 1-ming yillik va milodning boshlarida O’rta Osiyo va Sharqiy
Turkistonning shimoliy sharqiy hududlarida yashagan chorvador qabilalar. Arxeologik adabiyotlarda bu davr «ilk temir davri», «ilk ko’chmanchilar davri», «Saklar davri» sifatida ma’lum. Gerodot «Tarix» asarida «forslar barcha skiflarni saklar deb ataydilar» deb yozadi. Uning yozishiga qaraganda, Yevrosiyo cho’llarining ko’chmanchilar dunyosi shimoliy va sharqiy Qora dengiz bo’yi qabilalaridan birining nomi skuda keyinroq skolotlar deb atalgan. Yunonlar esa ularni skiflar deb yuritganlar. Eron Behistun, Naqshi Rustam va Persopol degan yozuvlardagi Axomaniy, Eroniy podsholarning qabrtoshlarida va yodgorlik lavhalarida, qoyatoshlarga o’yib yozilgan zafarnomalarda O’rta Osiyoda yashagan xalqlar sanab ko’rsatiladi va shu bilan bir qatorda saklarning uchta qabila guruhi eslatiladi: 1) saka-tigraxauda, ya’ni «cho’qqi qalpoqli» yoki «kamondan o’q otuvchi» saklar. Ular hozirgi Toshkent viloyati va janubiy Qozog’iston yerlarida yashaganlar; 2) saka-tiay-taradarayya, ya’ni «dengiz ortidagi» saklar – Orol dengizi bo’ylarida, Sidaryoning quyi oqimida yashagan. 3) saka-xaumavarka, ya’ni «muqaddas xaoma ichimligi ichuvchi» saklar – Pomirning tog’li tumanlarida va Farg’onada yashagan. MASSAGETLAR. Kaspiy dengizining sharqiy sohili, Orol dengizi atroflari, Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimida m.a. VIII-IV asrlarda yashagan ko’chmanchi va boshqa qabilalar guruhining yunon adabiyotlarida uchraydigan umumiy nomi. Massagetlar to’g’risida fanda turli xil qarashlar mavjud. Ayrim olimlar fikricha, «massagetlar» nomi «masyo» - «baliq» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, «baliqxo’rlar» ma’nosini anglatgan. Boshqa bir fikrga ko’ra, «massagetlar» atamasi «mas», «saka» va «ta» so’zlaridan tarkib topib, «saklarning katta uyushmasi»ni bildirgan. Uchinchi bir taxminga ko’ra, «massagetlar» so’zi «ulug’ getlar» degani bo’lib, massagetlarning o’zi esa qadimgi xitoy manbalaridagi «da(katta) yuyechjilar» bilan aynan bir xalqdir. Gerodotning yozishiga ko’ra, massagetlar – ko’chmanchilar. Ular piyoda va otda jang qiladilar. Ko’proq kamon, nayza va sagariy (oy bolta) kabi jang qurollari ishlatganlar. Massagetlarning barcha jihoz va qurol-aslahalari mis va oltindan yasalgan. Ro’zg’or buyumlarini esa bo’yoq bilan bo’yaganlar. Massagetlar Quyoshga topinganlar va unga atab otlarni qurbonlik qilganlar. Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling