2. Arab tili tarixi va uning ijtimoiy lingvistik xususiyatlari
Download 40.29 Kb.
|
1 2
Bog'liqFORS VA ARAB TILI
FORS VA ARAB TILI REJA: 1. Fors tili tarixi 2. Arab tili tarixi va uning ijtimoiy lingvistik xususiyatlariFORS TILI TARIXI Fors (Pors) tili yo Forscha, forsiy (porsiy) — hindevropa tillari oilasidagi eroniy tillar guruhining jan.gʻarbiy tarmogʻiga mansub til; asosan, Eronda (Eron Islom Respublikasining rasmiy tili hamda millatlararo aloqa tili). Fors tilining koʻplab lahja va shevalari boʻlib, tehron lahjasi ularning eng asosiysi va eng koʻp oʻrganilganidir. Bu lahja hozirgi adabiy Fors tiliga asos boʻlgan. Fonetik xususiyatlari: 6 ta unli harf , 2 ta diftong , 22 ta undosh fonema mavjud. Chuqur til orqa va boʻgʻiz undoshlari bor, urgʻu, odatda, oxirgi boʻgʻinga tushadi. Morfologik qurilishi analitik xususiyatga ega, kelishik va jins kabi grammatik kategoriyalar mavjud emas. Otlar son, aniklik va noaniklik kategoriyalariga, feʼllar shaxs, zamon, nisbat va mayl kategoriyalariga ega. Feʼl yagona tuslanish turiga ega va tuzilishiga koʻra sodda va qoʻshma feʼllarga ajraladi. Gapdagi soʻzlar aloqasida izofali tuzilmalar keng kullanadi. Kesim, asosan, ran oxirida, ega esa ran boshida, aniqlovchi aniqlanmishdan keyin keladi. Leksikasining asosini sof eroniy soʻzlar tashkil etadi, lekin arabcha oʻzlashmalar ham juda koʻp (barcha leksikaning 50% igacha), shuningdek, turk, fransuz, ingliz va boshqa tillardan kirgan soʻzlar ham bor. Fors tili qad. yozuv anʼanalariga ega, unda boy adabiyot mavjud. Dastlabki yodgorliklari 9-asrning 1-yarmiga mansub. Yozuvi arab alifbosi asosida, unga fors tiliga xos tovushlarni ifodalovchi 4 xarf qoʻshilgan holda shakllantirilgan. Fors tili o‘zining uzoq davrli tarixi davomida uch taraqqiyot bosqichini o‘tagan. Bular fors tilining qadimgi, o‘rta va yangi davr taraqqiyot bosqichlaridir. Fors tilining qadimgi davr taraqqiyoti bosqichi eramizgacha bo‘lgan VI–III asrlarni o‘z ichiga olib, Ahamoniylar davlatining davlat tili bo‘lgan. Mixxar asosida yozilgan. Bu davrdagi fors tilining yozma yodgorliklari juda kam saqlanib qolgan bo‘lib, ular hozirgacha Ahamoniy podshohlarining saroylari peshtoqlariga, qabr toshlariga o‘yib yozilgan yozuvlar shaklida yetib kelgan, xolos. Bu yozuvlarda podshohlarning taxtga o‘tirishi, ularning qilgan ishlari hamda o‘sha davrning muhim voqealari haqida qimmatli ma’lumotlar bor. Bu yozuv yodgorliklari tilining uslubi bir-biriga juda yaqindir. Qadimgi fors tili yodgorliklarining qimmati shundaki, bu yodgorliklar bizgacha hech qanday o‘zgarishlarga uchramay, asl holida yetib kelgan. Masalan, Doro I ning (522–486) mashhur Behistun qoya yozuvi bo‘lib, u podshoning g‘alabalari haqida qoyatoshga o‘yib yozilgan. Bu yozuvlarni qoldirishdan maqsad, ahamoniy podsholarning qahramonliklari va g‘alabalari, ular yashagan davrning tarixiy voqealarini tarixda abadiy saqlab qolish edi. Bu yozuvlar asosan 3 tilda: qadimgi fors, elam va vavilon tillarida bajarilar edi. Qadimgi fors tili o‘zining grammatik qurilishi jihatidan zoroastrizmning muqaddas kitobi "Avesto"ga yaqindir. Qadimgi fors tili yodgorliklarini o‘qib o‘rganish, ularni "Avesto" bilan taqqoslash orqaligina mumkin bo‘ldi. Avesto tili qadimgi fors tilidan qadimiyroq. Avestoning qadimgi qismi Gatning tili, tovush tarkibi va grammatik formalari bilan qadimgi hind tiliga yaqin bo‘lib, ularni bir vaqtda bir til bo‘lgan deb qarash ham mumkin. Qadimgi fors va Avesto tillarida jins (rod)ning grammatik kategoriyalari (m, j, sr), 3 ta son (birlik, ikkilik, ko‘plik) va kelishiklar (qadimgi fors tilida 7 ta, avestoda – 8 ta) bo‘lgan. Fors tilining o‘rta davr taraqqiyoti bosqichi eramizning III–VI1 asrlarini o‘z ichiga oladi. Bu davrda o‘rta fors tili Eronning sharqiy qismi Forsda rivojlangan edi. Bu davrdagi fors tilining yodgorliklari juda ko‘p va turli-tumandir. Bular sosoniylar hukmdorlarining turli diniy mazmundagi yozuvlari, "Avesto"ning tarjimasi, tanga, muhr va har xil metall buyumlarga o‘yilgan yozuvlardir. O‘rta davr fors tili sosoniylar davlati va zoroastrizmning rasmiy tili bo‘lib xizmat qilgan. Bu davrdagi fors tilining yozuvi oromiy yozuviga asoslangan bo‘lib, ideogrammalar yordamida, ya’ni oromiy til so‘zlari bilan, o‘rta davr fors so‘zlari belgilar bilan yozilib, forscha o‘qilgan. O‘rta davr fors tili grammatik qurilishining soddaligi va fonetik jihatdan rivojlanganligi bilan qadimgi fors tilidan farq qiladi. Manbalarda fors tilining bu davriga oid turli yodgorliklari bilan birga so‘g‘d, sak va xorazm tillariga doir ma’lumotlar bor. Eronda arab xalifalari hukmronligi davrida (VII–IX asrlarda) davlat va adabiy til arab tili edi. Shuning uchun ham bu davrda fors tilida yozilgan birorta hujjatning borligi hanuzgacha ma’lum emas. Bu hol forslarning faqat arab yozuvi va arab tilida yozganliklarini ko‘rsatadi. Ma’lumki, arablar hukmronligi davrida Markaziy Osiyolik mashhur olimlar Al-Xorazmiy, Abunasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Aburayhon Beruniy ham o‘z asarlarini arab tilida yozgan edilar. Fors tilining yangi davr taraqqiyot bosqichi IX asrdan hozirgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. IX asr boshlariga kelib, Markaziy Osiyo va Xurosonda adabiy til paydo bo‘lib, tojik va forslarning umumiy tili bo‘ldi. Hozirgi fors va tojik tillari dastlab bir til bo‘lib keyinchalik rivojlanish jarayonida ikki tilga bo‘linib ketgan. Yangi fors tili fors-tojik xalqlarining o‘z mustaqil davlatlarini barpo qilish va o‘z ona tillarida adabiyot yaratish uchun arab xalifaligiga qarshi olib borgan kurashlari natijasida Somoniylar davrida (IX–X asr) vujudga keldi. Fors tilida ikkita diftong tovushi bor. Bular: ey va o‘u. Bu diftonglaming o‘zbek tilida ekvivalenti yo4q. Shuning uchun ulami bushqa tillardagi shu kabi tovushlar bilan taqqoslab, ulami to ‘g kri talaffuz qilishga o‘rganish mumkin. Bu diftonglami talaffuz qilganda, ulami ayirib, ikki bo‘g‘inga b o iib emas, balki birga qo‘shib, bir bo‘g‘inda talaffuz qilish kcrak. Diftonglarda birinchi harf ikkinchisiga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinadi. 1. ey diftongi - o‘zbek tilidagi undov so‘zi ey yoki inglizcha may, day so‘zlaridagi diftong tovushiga yaqinlashib boradi. Masalan: ó** meyi - mayl, xohish ú'já' eyvon - ayvon ¿ heyvon - hayvon ^ * mey - may ¿j'Jj-» meydon - maydon meymun - maymun 2. o‘u diftongini ruscha sous so‘zidagi o‘u unli birikmasi yoki inglischa now diftongiga solishtirib, to‘g‘ri talaffuz qilish mumkin. Masalan: n o ‘u — yangi do'ulat - davlat no ‘ubat - navbat CAj j ro ‘ug 'an - yog‘ j j i bero ‘u - bor, ket to ‘lid - ishlab chiqarish Izoh. Fors tilidagi diftongli so‘zlaming ko‘pchiligi o'zbek tili leksikonida ham mavjuddir. Lekin bu diftong tovushlar o‘zbek tilida o‘z diftonglik xususiyatlarini yo‘qotib, ey diftongi ay kabi, o‘u diftongi esa av deb talaffuz etiladi. Masalan: úJ-4*4meymun — maymun, û'4^ meydon - maydon, do ‘ulat - davlat, no ubat-navbat 1 - mashq. Quyidagi so4zlami o‘qing. Cho‘ziq unlilar talaffuziga ahamiyat bering. u 'o ô - suv * j$ k u h - tog‘ j £ t i r - o ‘q jUyii osmon - osmon mur - chumoli v **-1sib - olma nok - nok kutoh - qisqa sir - chesnok f bodom - bodom dutor - dutor bimor - kasal jUW bozor - bozor j j ru - yuz zibo - chiroyli 2- mashq. Quyidagi so‘zlami o‘qing. Qisqa unlilar talaffuziga ahamiyat bering va ulami aniqlang. qalam - ruchka rtome - xat M i bahor - bahor ®j'Jt edore - idora jjU modar - ona m o'rg ‘ - tovuq j*i pedar - ota o ‘mid - umid tehron - Tehron (shahri) go ‘rbe - mushuk medod - qalam sho ‘to ‘r - tuya 3- mashq. Quyidagi so‘zlami o‘qing. Diftonglami aniqlang va ulaming talaffuziga ahamiyat bering. n o ‘u — yangi Jjc- e y d - hayit, bayram JJJ > no 'uruz - navro‘z ¡J^-xeyli- juda JJJ do ‘ur - davr ú'jí* heyvon — hayvon no ukar - xizmatkor 6# beyn - ora, orasida mo ‘ured - mavrid seyr - sayl. 1. O 'zbek tilida jarangli undoshlar ko‘pincha so‘z oxirida o‘z jarangli xususiyatlarini yo‘qotib, jarangsiz tovush kabi talaffuz etiladilar. Masalan, kelib so‘zi kelip, umid so‘zi umit, xarj so‘zi xarch tarzida talaffuz qilinadi. Fors tilida jarangli tovushlar o‘z jarangli xususiyatlarini qisman yo‘qotsalar ham, o‘zbek tilidagi kabi jarangsizlanmaydilar. Masalan, lab so‘zi lap, g‘arb so‘zi g‘arp, dard so‘zi dart tarzida emas, lab, g‘arb, dard holida talaffuz etiladilar. 2. Fors tilida so‘z odatda ikki yoki undan ortiq undosh tovush bilan boshlanmaydi. Hatto chet tillardan kirgan so‘zlarga ham e va ba’zan a qisqa unlisini orttirib, fors tili qoidasiga ko‘ra yozadilar. Bu qisqa unlilardan biri yo so‘z boshidagi ikki undosh orasiga yoki ulaming oldiga qo‘yiladi. Masalan, stakan so‘zi forschada estakon, klass so‘zi forschada kelos, Fransiya so‘zi forschada Faronse kabi talaffuz etiladi. 3. Fors tilida unli bilan tamom boigan so‘zga unli bilan boshlangan morfofogik belgilardan biri qo‘shilsa, bu ikki unli orasiga bir undosh qo‘shib talaffuz etiladi. Masalan, doneshju (talaba) so‘ziga ko‘plik qo‘shimchasi -on qolshilganda, u va o unlilari orasiga bir y orttirilib, doneshjuyon; navisande (yozuvchi) so‘ziga bir g orttirilib, navisandegon tarzida aytiladi va yoziladi. 4. Agar n tovushi b tovushiga yondashib kelsa, n tovushi assimilatsiyaga uchrab, burun tovushi m kabi talaffuz etiladi. Masalan, shanba so‘zi shambe, panbe so‘zi pambe (paxta), tanbal so‘zi tambal tarzida talaffuz qilinadi. Download 40.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling