1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
yillardagi yurishlari) va Shopur II ning (209-279)
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar va iboralar
- - I - O’zbek xalqi uzoq va voqyealiklarga boy tarixga ega bo’lib, uning xalq sifatida shakllanishi masalasini o’rganishda dastlab urug’, qabila, elat, xalq, millat
yillardagi yurishlari) va Shopur II ning (209-279) kushonlarga bergan zarbalari hal
qiluvchi o’rin tutdi. M. III asrning 1-yarmi yoki o’rtalarida Kushon podsholigi barham topgan. 4-MAVZU: O’ZBEK XALQINING ETNIK SHAKLLANISHI Reja: 1. Urug’, qabila, elat, xalq va millat tushunchalari. 2. O’rta Osiyoning qadimgi aholisi. 3. O’zbek xalqining etnogenezi va uning shakllanish bosqichlari. 4. O’zbeklarning etnik tarixi. «O’zbek» atamasi. Tayanch so’zlar va iboralar: Urug’, qabila, elat, xalq va millat tushunchalari. Sug’diylar, baqtriylar (baxtariylar) xorazmiylar, saklar va massagetlar. O’zbek xalqining etnogenezi, xioniylar, kidariylar (toxarlar), eftaliylar. O’zbek xalqining etnik tarixi, «O’zbek» atamasi. - I - O’zbek xalqi uzoq va voqyealiklarga boy tarixga ega bo’lib, uning xalq sifatida shakllanishi masalasini o’rganishda dastlab urug’, qabila, elat, xalq, millat tushunchalari to’g’risida to’xtalib o’tamiz. URUG’ (eski o’zbek) – bir ajdoddan tarqalib (bir ona yoki otadan), umumiy bir nom bilan ataluvchi qon-qarindoshlik jamoasi. Qadimdan qon-qarindoshlik rishtalari bilan bog’langan, bir ildizga borib taqaladigan, turmush tarzi, yashash sharoiti bir xil bir necha oilalar birikuvidan hosil bo’lgan. Qarindoshlik hisobi ona (ona urug’i) yoki ota (ota urug’i) bo’yicha olib borilgan. Urug’ jamoasining o’z yetakchisi – oqsoqoli bo’lgan. Urug’ jamoasi hamma narsada, har bir masala-yu, say-harakatlarda oqsoqolning izmida bo’lgan. Urug’lar qabilalarga birlashgan. Jamiyatda tabaqalanishning paydo bo’lishi bilan urug’lar bo’linib ketgan. Urug’-qabilalarga bo’linish qoldiqlari ba’zi xalqlarda saqlanib qolgan. QABILA (arab.) – urug’, urug’-aymoq – bir ota-onadan tarqalgan bir nechta urug’ uyushmasi; qabila urug’ga nisbatan yirik bo’lib, bir nechta urug’larning birlashuvidan hosil bo’ladi. Qabilaning o’ziga xos tili (lahzasi), hududi, qabila nomining (etnonimining) bo’lishi va o’ziga xos qabila an’analarini, uning a’zolari tomonidan bilishi bilan boshqa qabilalardan ajralib turadi. Qabila hayotiga doir ishlarga boshchilik qiladigan qabila oqsoqoli saylangan, muhim masalalar bo’yicha qabila yig’inlari o’tkazilgan. Qabilalar o’rtasida xo’jalik, moddiy va madaniy aloqalar rivojlanishi natijasida ular qo’shilishib, birlashib ketadilar. Natijada ularning yetakchi, nufuzli guruhi nomi bilan yangi etnik birlik – elat yoxud xalq shakllanadi. ELAT – mug’ulcha, turkiycha so’z bo’lib, kishilarning til, hudud, iqtisodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib topgan millatdan oldingi birligi. Elatning shakllanishiga bir-biriga yaqin bir necha qabilalarning uyushuvi asos bo’lgan. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida qabilalar orasidagi etnik, xo’jalik, moddiy va madaniy aloqalarning tobora rivojlanib borishi natijasida bir qancha qabilalar birlashadilar. Natijada etnik birlikning yangi turi vujudga keladi. Bu elat deyilib, ma’lum tarixiy sharoitda hududiy, iqtisodiy, til va madaniy umumiylik asosida shakllanadi. XALQ – 1) muayyan mamlakatning barcha aholisi; 2) tarixiy birlikning turli shakllari (qabila, elat, millat). Xalqlarning kelib chiqqan tarixini (etnogenezini) va shakllanish jarayonini o’rganishda ijtimoiy fanlarda «etnos» (yun. «xalq») va «etnik birlik» iboralari qo’llaniladi. Xalq – bu biologik hosila emas, balki uzoq davom etadigan etnogenetik jarayonlar mahsuli va etnik birliklar yig’indisidir. Etnos atamasi, ya’ni xalq juda keng va tor ma’noda ishlatiladi. Masalan, keng ma’noda: O’zbekiston xalqi, Rossiya xalqi, dunyo xalqi; tor ma’noda: o’zbek xalqi, qirg’iz xalqi, tojik xalqi. Kichik bir guruh kishilariga nisbatan ham «xalq» iborasi qo’llaniladi. Kishilar birlashuvining tabiiy negizi – hudud umumiyligi, shuningdek, ular tilining yaqinligi yoki umumiyligi etnik birlikning, ya’ni xalqning vujudga kelishida asosiy shart hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda xalqning shakllanishida iqtisodiy va madaniy umumiylik omillari ham muhim rol o’ynaydi. Biroq ushbu ko’rsatilayotgan hududiy, til, iqtisodiy va madaniy umumiylik bir paytning o’zida yuz bermaydi, aksincha muayyan tarixiy bosqichlarda shakllanib tarkib topadi. MILLAT (arab.) – til, ma’naviyat, milliy o’zlikni anglash, ruhiyati, urf-odatlar, an’analar va qadriyatlar yagonaligi asosida muayyan hududda yashovchi ijtimoiy- iqtisodiy aloqalar bilan bog’langan mustaqil subyekt sifatida o’ziga xos moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchi kishilarning etnik birligi. Millat ma’lum hududda barqaror yashab, tarixiy taraqqiyot davomida rivojlanib, kishilarning ma’naviy-ruhiy salohiyat yagonaligi asosida shakllanadi. Mutaxassislarning fikricha, Yer yuzida uch mingga yaqin millat bo’lib insoniyatning o’rta hisob bilan 96%ini birlashtiradi. Qolgan 4% elat va qabilalardir. Har bir millat nufuzi bir necha o’n mingdan bir necha yuz milliongacha boradi. Millatlar besh yirik guruhga bo’linadilar: A) buyuk millatlar - yuz milliondan ortiq aholi; B) katta millatlar - 50 milliondan 100 milliongacha; V) yirik millatlar - 10 milliondan 50 milliongacha; G) o’rta millatlar – 1 milliondan 10 milliongacha; D) kichik millatlar – bir necha o’n mingdan 1 milliongacha. - II - O’lkamizning qadimgi aholisi tosh va bronza davrlarida qanday nom bilan atalganliklari hozirda noma’lum. Yurtimizning qadimgi etnik guruhlari haqidagi ma’lumotlar dastlab Sharq va yunon-rim manbalarida tilga olinadi. Bu manbalarning guvohlik berishicha, m.a. VII-VI asrlarda O’zbekiston hududida sug’diylar, Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling