1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
-III- 1) Axomoniylar davlati. M.a. 558 yilda
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-bosqich m.a. 545-540 yillar va 2-bosqich m.a. 539-530 yillarni
- Doro I (m.a. 522-486)
- Aleksandr Makedonskiy (m.a. 356-323) egalladi. U sharq mamlakatlarida Iskandar Zulqarnayn
- M.a. 334-330 yillarda
-III-
1) Axomoniylar davlati. M.a. 558 yilda Eron hududida yashovchi xalqlar Kayxusrav II boshchiligida kuchli davlatga uyushadilar. Bu davlat ikki asr mobaynida, ya’ni m.a. 330 yilgacha faoliyat ko’rsatgan. Uning hududlari Misrdan to Shimoliy-g’arbiy Hindistonga qadar cho’zilgan edi. Axomoniylar saltanatini Kir II barpo etdi va m.a. 558-530 yillarda esa bu davlatni boshqargan. Axomoniylar davlati qisqa davr ichida Hind daryosidan Egey va O’rta yer dengizlarigacha bo’lgan oraliqdagi Osiyo mamlakatlarini, shuningdek Misr, Midiya va Bolqon yarim orolining bir qismini bosib oladi. Kir II O’rta Osiyo yerlariga yurish qilishga maxsus tayyorgarlik ko’radi. Kirning O’rta Osiyoga harbiy yurishlarini ikki bosqichga bo’lish mumkin. 1-bosqich m.a. 545-540 yillar va 2-bosqich m.a. 539-530 yillarni o’z ichiga oladi. O’rta Osiyo xalqlari Axomoniylar zulmiga qarshi muntazam kurash olib borganlar. M.a. 530 yilda massagetlar yo’lboshchisi malika To’marisning Kir II ustidan qozongan g’alabasi bunga misol bo’la oladi. Lekin Kir IIning o’limidan keyin O’rta Osiyo xalqlari axomoniylarning bosqinidan qutula olmadilar. Axomoniylar shohi Doro I (m.a. 522-486) davrida O’rta Osiyo hududlari bosib olinadi. M.a. 522 yilda Doro I ga qarshi Marg’iyonada Frada boshchiligida xalq qo’zg’oloni ko’tarildi. Qo’zg’olon shafqatsizlik bilan bostirildi. Ammo qo’zg’olonlar davom etavergan. Doro I ning shaxsan o’zi m.a. 519 yillarda parfiyonaliklar va sak qabilalari ustiga qo’shin tortib borishga majbur bo’lgan (Shiroq). 2) Yunon-makedonlar davlati. M.a. IV asrning o’rtalaridan boshlab Bolqon yarimorolidagi shahar-davlatlar kuchaya boshladi. M.a. 359 yilda Filipp II Makedoniyani birlashtirib, yagona davlat tuzishga erishadi. U kuchli armiya tashkil etadi. Yunoniston hududlarini egallab olgan Filipp II m.a. 337 yilda Korinf shahridagi anjumanda o’zini Yunoniston podshosi deb e’lon qildi. M.a. 336 yilda Filipp II axomoniylarga qarshi urush e’lon qildi. Ammo shu yili Filipp II o’ldirilganligi tufayli urush harakatlari to’xtab qoldi. Taxtni Filipp II ning 20 yoshli o’g’li Aleksandr Makedonskiy (m.a. 356-323) egalladi. U sharq mamlakatlarida Iskandar Zulqarnayn laqabi bilan atalgan («ikki shohli» yoki «ikki tomon – ham G’arb, ham Sharq hukmdori» ma’nolarini anglatgan). Aleksandr otasi Filipp II yo’lini davom ettirdi. U Bolqon yarimorolida o’z hokimiyatini mustahkamladi. M.a. 334-330 yillarda o’zining asosiy raqibi Doro III qo’shinlariga bir necha harbiy zarbalar berib, butun Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Finikiya, Misr yerlarini egallab axomoniylar davlati hududlariga kirib bordi. Doro III Midiyaga qochdi. Iskandar qo’shinlari m.a. 330-329 yillarda Afg’onistonning janubiy tomonlarini egallab O’rta Osiyoga yurish boshladi. Aleksandrga qarshi butun O’rta Osiyo xalqlari oyoqqa turdi. Ayniqsa baqtriyaliklar, sug’diyonaliklar xalq qasoskorlari Spitamen, Oksiard rahbarligida qahramonlik ko’rsatgan. Iskandar hiyla-nayranglar va shafqatsiz qirg’inlar evazigagina o’z maqsadini ro’yobga chiqara olgan. Juda katta va qahshatli janglardan so’ng Aleksandr m.a. 327 yilgacha uncha katta bo’lmagan hududlarni: Baqtriya, Sug’diyona, Marg’iyona, hozirgi Bekobod va Xo’janddan iborat Sirdaryo bo’ylarini egallay oldi. M.a. 327-325 yillarda Iskandar Hindistonni zabt etdi. M.a. 325 yili Bobilni egalladi. U m.a. 323 yilda 33 yoshda Bobilda kasallikka chalinib vafot etdi. Yunon-makedon istilochilari zulmidan qutulish uchun Sug’diyona xalqlariga 150 yil, Baqtriya xalqlariga 180 yil kerak bo’ldi. 3) Salavkiylar davlati. Aleksandr Makedonskiy vafotidan so’ng taxt vorisligi uchun uning lashkarboshilari o’rtasida kurash avj olib ketdi. Bu davrdan tarix sahnasiga Salavkiylar sulolasi chiqadi. Bu sulolaning asoschisi Salavka I Nikator Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling