1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

(m.a. 358-281) edi. U m.a. 312 yilda Bobil satrapligini bosib oladi. Shu bilan
Salavkiylar davlatining hukmronligi boshlangan bo’lib, bu sulolaning so’nggi vakili
Antiox III Aziatskiy (m.a. 69-64 yy.) edi. Salavkiylar davlatining O’rta Osiyoda
hukmronligi m.a. 312-250 yillarni o’z ichiga oladi.
M.a. 301 yilda Aleksandr Makedonskiy saltanati uchta mustaqil davlatga bo’linib
ketadi: Makedoniya – Antiox avlodlariga, Misr – Ptolemey avlodlariga va Suriyadan
to O’rta Osiyo – Hindistongacha bo’lgan yerlar Salavka I ga tegdi. O’rta Osiyo
yerlarining Salavka I tomonidan bosib olinishi m.a. 306-301 yillarga to’g’ri keladi.
M.a. 293 yil Salavkiylar davlati uchun tarixiy voqyealarga boy sana hisoblanadi.
Jumladan, bu yilda davlat poytaxti Bobildan Suriya-Antioxiyaga ko’chiriladi. Shu
bilan birga Salavka I dastlab o’g’li Antiox I Saterning ixtiyoriga Marg’iyona,
Baqtriya, Sug’diyonani berdi. So’ngra uni O’rta Osiyo yerlarining hokimi etib
tayinlaydi. M.a. 280 yilda Salavka I vafotidan so’ng hokimiyat tepasiga Antiox I
chiqadi va davlatni 20 yil davomida boshqaradi.
M.a. III asrning o’rtalariga kelib Salavkiylar davlatida hokimiyat uchun o’zaro
kurashlar avj olib ketdi. Buning oqibatida O’rta Osiyoda Salavkiylar hokimiyatining
barham topishiga olib keldi va m.a. 250 yilda undan dastlab Parfiya, keyin esa
Yunon-Baqtriya podsholigi ajralib chiqadi.
4) Yunon-Baqtriya podsholigi. Bu davlatning asoschisi salavkiylarning
Baqtriyadagi satrapi Diodot hisoblanadi. M.a. 250 yilda u o’zini Baqtriyaning
mustaqil hukmdori deb e’lon qiladi. Davlat hududiga hozirgi Janubiy Tojikiston,
Janubiy O’zbekiston va Afg’oniston kirgan. Yunon-Baqtriya podsholigi kuchaygan
paytlarda unga Pokiston, Shimoliy-G’arbiy Hindiston hamda Sug’diyona ham


buysungan. Poytaxti Baqtra (o’rta asrlarda Balx, hozirgi Mozori Sharif atrofida)
shahri bo’lgan. Davlat bir qancha satrapliklarga (viloyatlar) bo’linib boshqarilgan. Bu
davlatda iqtisodiy hayot, badiiy hunarmandchilik, haykaltaroshlik, madaniyat,
shaharsozlik yunon an’analari asosida yuksak rivojlangan.
Yunon-Baqtriya davriga mansub eng mashhur yodgorliklar Shimoliy
Afg’onistondagi Oyxonum va Janubiy Tojikistondagi Taxti Sangin hisoblanadi.
Yunon-Baqtriya podsholigi Hindiston va O’rta Osiyo hududlarini o’zaro
bog’lovchi hamda Xitoydan Badaxshon orqali Fors ko’rfaziga olib chiquvchi savdo
yo’llarini nazorat qilib, xalqaro iqtisodiy-savdo aloqalarida faol ishtirok etgan.
Tangalar yunon standartlari asosida kumush va jezdan tayyorlangan. Tangalarda
hukmdorlar qiyofasi yuksak did va aniqlik bilan tasvirlangan.
Yunon-Baqtriya podsholigining quyidagi hukmdorlari ma’lum: Diodot (m.a. 250-

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling