1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


-II- O’zbekiston hududida m.a. VII-VI asrlarda


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

-II-
O’zbekiston hududida m.a. VII-VI asrlarda dastlabki davlat birlashmalari
(Xorazm, Baqtriya va Sug’diyona) vujudga keldi. Bu davlatlar o’ziga xos rivojlanish
jarayonini bosib o’tgan.
1) Qadimgi Xorazm (m.a. VII - m. IV asrlar) – Turon va Eron mintaqalari
oralig’idagi davlat, ya’ni Amudaryo quyi havzasidan Turkmaniston janubiga qadar,
shuningdek, O’rta Osiyoning markaziy mintaqalarini o’ziga birlashtirgan, O’rta
Osiyoning keng hududlarini o’z nazoratida tutgan qabilalar konfederasiyasi
hisoblangan. Xorazm davlati egallagan hududlar ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, hozirgi
Xorazm yerlari bilan cheklanib qolmay, balki undan ancha janubga, ya’ni Murg’ob va
Tajang daryolari atroflariga qadar ham yoyilgan. Shu boisdan bu qadimgi tarixiy
o’lka fanda 2 xil: Katta Xorazm va Qadimgi Xorazm nomlari bilan ma’lum.
Manbalarda Xorazm o’lkasida yashagan aholi dehqonchilikda katta tajribaga ega
bo’lib, ularning donli, dukkakli ekinlar, chunonchi, bug’doy, sholi, ARPA, meva-
sabzavotchilik mahsulotlarini mo’l-ko’l yetishtirganligi qayd etib o’tiladi.


Xorazm davlatida hukmronlik qilgan sulolalar to’g’risida ma’lumotlar hozirgacha
yetarli bo’lmasada, rivoyatlarga ko’ra Xorazmning qadimiy siyosiy sulolasi –
Siyovushiylar bo’lganligi zikr etiladi.
M.a. IV asrda Katta Xorazmning Amudaryoning quyi oqimidagi hududi Qadimgi
Xorazm davlatiga uyushadi. Bu paytda Xorazmda Farasman ismli shoh bo’lganligi
manbalarda tilga olinadi. U g’oyatda tadbirkor hukmdor bo’lgan. U Iskandar
Zulqarnaynga elchi jo’natib, uning Xorazm tomonga yurishining oldini oladi.
2) Qadimgi Baqtriya. M.a. VII-VI asrlarda tashkil topgan bu davlat –
Amudaryoning yuqori va o’rta oqimidagi, hozirgi Surxondaryo, Qashqadaryo, qisman
Zarafshon, shuningdek hozirgi Tojikistonning janubi, Afg’onistonning shimoliy-
sharqiy qismidagi hududlarni tasarrufiga olgan. Baktriyaning «Ming bir shahar
mamlakati» deb nomlanganligi unda shaharlarning ko’plab bo’lganligidan guvohlik
beradi. Bu davlatning ko’pdan ko’p yirik shaharlari orasida Baqtra mashhur bo’lib,
mamlakatning poytaxti hisoblangan. Baqtra baland va mustahkam mudofaa devorlari
bilan o’ralgan, unda podshoh qal’asi alohida ajralib turgan. Ba’zi yozma manbalarda
qayd etilishicha, bu davlat tarkibiga Sug’d va Marg’iyona hududlari ham kirgan.
Ko’plab tarixiy manbalarda Baqtriya haqida to’xtalib o’tilgan. Xususan, yunon
tarixchisi Gerodot o’zining 9 kitobdan iborat bo’lgan «Tarix» asarida Baqtriya va
baqtriyaliklarni 45 marta tilga olgan. O’ Baqtriya xalqi, bu davlatning qudrati
jihatidan Misr va Bobil davlatlari bilan teng bo’lganligi haqida yozadi.
Ushbu davlat m.a. VI-IV asrlarda Axomoniylar, Iskandar, Salavkiylar saltanatlari
tarkibiga kirgan. M.a. III asr o’rtalarida esa Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga
qo’shilgan. M.a. II asrlarda toxarlar tomonidan bosib olingach, Toxariston deb atala
boshlangan.
3) Qadimgi Sug’diyona (m.a. VII-m. IV asrlar) – bu davlat uyushmasi ham
Baqtriya singari qadimdan mustaqil faoliyat ko’rsatgan. Bu davlatning hududiga
hozirgi Qashqadaryo va Zarafshon vohalari, ya’ni Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo,
Samarqand viloyatlari, Tojikistonning Panjikent atrofidagi yerlar kirgan. Bu
davlatning poytaxti Samarqand shahri bo’lgan. Bu shahar qadimgi «Buyuk ipak
yo’li»da joylashgan bo’lib, savdo-iqtisodiy jihatdan Sharq va G’arbni bog’lagan.
Sug’d tili qadimda va ilk o’rta asrlarda jahon savdo tili sifatida katta nufuzga ega
bo’lgan. Sug’diyonada aholi yuqori darajada dehqonchilik, chorvachilik va
hunarmandchilik madaniyatiga ega bo’lgan.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling