an’analariga, madaniyatiga, xo’jalik faoliyatiga sezilarli ta’sir ko’rsatgan yangi tipdagi
madaniy qatlam hosil qilgan.
O’z o’rnida aytib o’tish lozimki, “o’zbek” etnonimining kelib chiqishi bo’yicha
fanda yakdil fikr mavjud emas. Ayrim mualliflar Dashti Qipchoqda ko’chib yurgan
turk-mo’g’ul qabilalarining bir qismi o’zlarini erkin tutganliklari sababli «o’zbek»,
ya’ni «o’z-o’ziga bek» deb atagan desalar, boshqalar «o’zbek» etnonimini Oltin O’rda
xoni O’zbekxon bilan bog’laydi. Yana bir guruh olimlar esa o’zbek nomi Oq O’rda
(Dashti Qipchoqning sharqiy qismi)da ko’chib yurgan turk-mo’g’ul
qabilalariga
taalluqli degan fikrni ilgari suradilar.
Ba’zi
olimlarning fikricha, o’zbek xalqi asosan
ikki etnik qatlamdan tashkil
topgan. Birinchi qatlam O’rta Osiyo hududlarida shakllangan.
Ikkinchi qatlam esa
Volga, Irtish daryolari bo’ylaridan tortib, to Xorazmning shimoli, Sirdaryoning o’ng va
quyi oqimigacha bo’lgan hududlarda shakllangan. Bu makon o’tmishda turlicha nomlar
bilan, xususan, Dashti Qipchoq, Oltin O’rda, o’zbek viloyati, o’zbek mamlakati, o’zbek
ulusi deb atalgan.
O’zbek xalqi ham elatdan millat darajasiga ko’tarilgan
va jahon sivilizasiyasi
tarixida o’z o’rniga ega bo’lgan xalqdir. Hozirda o’zbek
millati tarixining boshlanish
nuqtasini belgilash dolzarb muammoli masala hisoblanadi. Akademik A.Asqarov
o’zining «O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi» nomli asarida «o’zbek xalqining
millat tarixi
XIX asr oxiri – XX asrning boshlaridan boshlanadi» deb ta’kidlaydi.
Bunda olim O’rta Osiyoda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar,
Rossiya
imperiyasining xonliklarga qilgan harbiy harakatlari asosida Turkiston hududiga turli
xalqlarning kirib kelishi jarayoni natijasida o’zbek xalqining etnik tarkibi o’zgarishi,
son jihatdan ko’payishi elat ko’rinishidan millat darajasiga o’tishini
nazarda tutgan
bo’lsa kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: