Sinf (O’. T) T
Download 331.77 Kb.
|
1 2
Bog'liq00007-sinf o\'zb. t(1) 11111
7-SINF (O’.T) TARIX SAVOLLARI – 1 GULISTON – 2017 1.V asrning o’rtalariga kelganda obikor yerlarning asosiy qismi qaysi qatlam qo’lida edi? A)kashovarzlar B)kadivarlar C)dehqonlar D)qishloq jamoalari 2.Ilk o’rta asrlarda mulkdor dehqonlarning qishloqlarda joylashgan mulklari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping 1)ekinzor paykallar 2)ko’shk va istehkomli qo’rg’onlar 3)hashamatli qasr va saroylar 4)savdo va hunarmandchilik do’konlari 5) tegirmonlari A)1,3,5 B)1,2,5 C)1,4,5 D)2,3,5 3.Vatanimizda ilk o’rta asrlarda qo’riq va bo’z yerlarga suv chiqarilib, katta-katta ekin maydonlari barpo etildi. Bunday obodonchilik ishlarini amalga oshirishda ishboshi sifatida faol qatnashgan tabaqalarni ko’rsating A)mulkdor tabaqa vakillari, qishloq oqsoqollari, qabila boshliqlari B)mulkdor tabaqa vakillari, qishloq jamoalari, qishloq oqsoqollari C)qishloq jamoalari, qabila boshliqlari, qishloq oqsoqollari D)qishloq jamoalari, mulkdor tabaqa vakillari, qabila boshliqlari 4.Markazi Toxariston bo’lgan xioniylar davlati qaysi hududlarni o’z ichiga olar edi? 1)Sharqiy Eron 2)Shimoliy Hindiston 3)Afg’oniston 4)Sharqiy Turkiston 5)Pokiston 6)Xurosonning bir qimi A)1,3,6 B)2,3,4,6 C)2,3,6 D)2,4,5 5.Qadimgi Turon diyorida qaysi davlatlar ravnaq topgan davrda yuksalish boshlangan edi? A)Dovon va Kushon podsholigi B)Qang’ va Yunon-Baqtriya C)Qang’ va Kushon podsholigi D)Qang’ va Dovon davlati 6.Qo’lida burgut qo’ndirilgan tojdor hukmdor tasviri tushirilgan tanga qaysi shahardan topilgan? A)Tuproqqal’a B)Kat C)Ellikqal’a D)Anqaqal’a 7.O’rta Osiyo hududiga Sharqdan eftallar kirib kelgan davrda jahon tarixida yuz bergan voqeani aniqlang. A)Koguryo xitoyliklarni o’z hududidan haydab chiqardi B)Amvrosiy Avrelian brittlarni birlashtirishga muvaffaq bo’ldi C)Dastlabki varvar davlati – Vestgot qirolligi tashkil topdi D)Yutlar Angliyaning Kent viloyatini bosib oldi 8.456-yilda … davlatlari o’rtasida to’qnashuv bo’lib o’tadi. A)kidariylar va sosoniylar B)xioniylar va sosoniylar C)sosoniylar va eftallar D)eftallar va kidariylar 9.V asrning ikkinchi yarmi va VI asrning boshlarida Eftallar davlati qaysi hududlarni o’z ichiga olgan davlatga aylandi? 1)O’rta Osiyo 2)Shimoliy Hindiston 3)Sharqiy Turkiston 4)Afg’oniston 5)Sharqiy Eron 6)hozirgi Pokiston 7)Shimoliy Eron A)1,3,4,7 B)1,2,3,5 C)2,3,4,6 D)1,2,3,7 10.Afrig’iylar Xorazmda qaysi davrda hukmronlik qilgan? A)IV – X asrlarda B)III – IX asrlarda C)III – X asrlarda D)IV – IX asrlarda 11.O’rta Osiyoda xioniylar hukmronlik qilgan davrni aniqlang. A)V asrning 20-yillaridan VI asrning 70-yillarigacha B)V asrning ikkinchi yarmidan VI asrning o’rtalarigacha C)IV asrning 70-yillaridan V asrning birinchi yarmigacha D)IV asrning 70-yillaridan V asrning ikkinchi yarmigacha 12.Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoda hukmronlik qilgan qaysi davlatda taxt otadan bolaga qolmay, shu suloladan kim loyiq deb topilsa o’sha taxtga o’tirgan? A)Eftallar B)Xioniylar C)Kidariylar D)G’arbiy Turk xoqonligi 13.V asr oxiri – VI asr boshlarida Eftallar davlatining qaysi viloyatlarida hashamatli binolari bo’lgan alohida-alohida qo’rg’onlar yuzaga kelgan? 1)Buxoro 2)Xorazm 3)Choch 4)Naxshab 5)So’g’diyona 6)Chog’aniyon 7)Baqtriya A)1,3,5,6 B)2,4,6,7 C)1,2,5,7 D)2,3,5,7 14.Sodir bo’lish oralig’i 146 yil bo’lgan voqeani toping A)Xorazmshoh Afrig’ o’z qarorgohini Xorazmning qadimgi Kat shahriga ko’chirishi va eftallarning o’zaro aloqa o’rnatish maqsadida Xitoga elchi jo’natishi B)Buxoroda Abruy boshchiligidagi qo’zg’alonning ko’tarilishi va Samarqanddan Xitoyga dubulg’a jo’natilishi C)Eftallarga qarshi yurishda Pero’zning halok bo’lishi va xoqon To’ng Yabg’u hukmronligining tugashi D)Xusrav I Anushervon hukmronligining boshlanishi va xoqon To’ng Yabg’u hukmronligining boshlanishi 15.Qachondan boshlab Xorazmning afrig’iy shohlari old tarafiga shoh surati, orqasiga suvoriy tasvirlari tushirilgan kumush tangalar zarb etishni boshlagan? A)III asr o’rtalarida B)III asrdayoq C)305-yildan D)IV asr o’rtalarida 16.Quyidagi keltirilgan ma’lumotlarning qaysi xalqqa tegishli ekanligiga ko’ra moslashtiring. a)V asr boshlarida O’rta Osiyoga Sharqdan kirib kelgan b)V asrning 20-yillarida sharqdan Sirdaryo va Orol bo’ylari orqali Xorazm va Amudaryo havzasiga kirib kelgan c)V asrning 20-yillaridan VI asrning 70-yillarigacha bo’lgan davrda hukmronlik qilgan 1)xioniylar 2)eftallar 3)kidariylar A)a-1, b- 3, c-2 B)a-2, b-3, c-1 C)a-3, b-1, c-2 D)a-2, b-3, c-2 17.Tarixiy xatolik berilgan javobni toping: A)Farg’onadan qo’shni mamalakatlarga bo’yoq, rangli shisha buyumlar va dori-darmonlar chiqarilgan B)Toxariston aholisi budda diniga e’tiqod qilgan C)Toxariston Markaziy Osiyoda budda va nasroniylik dinlarining tarqalishi va rivojida muhim rol o’ynagan D)Samarqand viloyati janubiy tumanlarining asosiy suv manbayi Darg’om kanali V asrda barpo etilgan 18.Turk xoqonligi chegarasi Eftallar davlati hududiga tutashib ketishi natijasida eftallarning shimoliy hududlari xavf ostida qoladi. Bunday qulay vaziyatdan foydalangan sosoniylar … eftallardan tortib oladilar. 7-SINF (O’.T) TARIX SAVOLLARI – 1 GULISTON – 2017 A)Toxariston va Badaxshonni B)Chag’oniyon va Sug’dni C)Toxariston va Chag’oniyonni D)Xuttalon va Chag’oniyonni 19.Toxariston viloyati shimolda …(1), janubda …(2), g’arbda …(3), sharqda …(4) bilan chegaralangan. a)Murg’ob va Xerirud b)Hisor c)Pomir d)Hindikush A)1-c, 2-b, 3-a, 4-d B)1-b, 2-d, 3-a, 4-a C)1-b, 2-d, 3-a, 4-c D)1-d, 2-a, 3-b, 4-c 20.Quyidagi qaysi hokimlik o’zining hisori qo’ylari va tulporlari bilan mashhur edi? A)Farg’ona B)Toxariston C)Sug’d D)Choch 21.Eftallar davlatining dastlabki poytaxti Buxoro yaqinidagi … shaharlari bo’lgan. A)Poykand va Vardona B)Poykand va Varaxsha C)Panjikent va Varaxsha D)Poykand va Romiton 22.Qaysi davrga kelib G’arbiy Turk xoqonligining sharqiy chegarasi Oltoyga, janubiy chegarasi esa Sind(Hind) daryosiga qadar borgan edi? A)VI asrning 80-yillari oxiriga kelib B)VII asrning 1-yarmida C)VII asrning 1-choragida D)VII asrning 2-yarmida 23. … dastlab Zarafshon vohasini egallab, Janubga harakat qilishgan va ancha zaiflashib qolgan Kushon podsholigi o’rnini egallagan. A)Kidariylar B)Eftallar C)Xioniylar D)Turklar 24.III asrda Xorazm Qang’ davlatidan ajralib chiqqandan so’ng unda qaysi sohalar rivoj topgan? 1)sug’orma dehqonchilik 2)hunarmandchilik 3)zargarlik 4)ilm-fa’n 5)kulolchilik 6)san’at 7)chorvachilik 8)savdo-sotiq A)1,3,4,6,7,8 B)1,2,4,5,7,8 C)1,2,4,6,7,8 D)1,2,4,56,8 25.Eftallar davlati qulagach, endilikda Eron o’z Download 331.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling