University of business and sciences
Download 62.8 Kb.
|
Mustaqil ish-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- II Asosiy 1. Qang‘ davlatining o‘rganilish tarixi. 2. Davan davlati haqida yozma manbalar va ularning o‘rganilish tarixi.
UNIVERSITY OF BUSINESS AND SCIENCES MUSTAQIL ISH “O’zbekistonning eng yangi” tarixi Fanidan Mavzu: Qang’, Davan, Kushon Topshirdi: K.IQ 22-01 talabasi Abdullayev Jasur Qabul qildi: Kamoliddin Sattorov Mavzu: Qang’, Davan, Kushon. Reja: I Kirish II Asosiy 1. Qang‘ davlatining o‘rganilish tarixi. 2. Davan davlati haqida yozma manbalar va ularning o‘rganilish tarixi. 3. Kushon davlatining tashkil topishi. III Xulosa 4.Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, Salavkiylar sulolasi bilan doimiy ravishda olib borilgan kurashlar natijasida mil.avv. III asrning boshlarida Qang‘ davlati paydo bo‘ldi1. Keyinchalik Yunon-Baqtriya davlati hamda ko‘chmanchi qabilalar bilan kurashlar natijasida Qang‘ davlati yanada mustahkamlandi va ayrim manbalarda O‘rta Osiyodagi yirik davlatlardan biri sifatida eslatiladi. Bu davlatning asosiy negizini Sirdaryoning o‘rta oqimida yashovchi qang‘lar tashkil etganlar. Mil. avv. II asrning boshlariga kelib Qang‘ davlatining yerlari birmuncha kengayib sharqda Farg‘ona vodiysi (Dovon), shimoli-sharqda usun, yuyechji qabilalari bilan shimoli-g‘arbda Sarisu daryosi, g‘arbda, Sirdaryogacha borgan. Bu katta hudud Toshkent vohasini, Talas vodiysini va qisman Chu vodiysining quyi oqimidagi yerlarni o‘z ichiga olib Qang‘ davlatining asosiy yerlari hisoblangan, Mil.avv.II-I asrlarda qang‘liklar Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi yerlarni va Xorazmni o‘zlariga bo‘ysundiradilar. Qadimgi manbalarda Qang‘ davlat hokimiyati qay tarzda idora qilinganligi haqida aniq ma’lumotlar berilmagan. Katta Xan sulolasi tarixida (mil.avv. 202-mil. 25 yy.) faqat bir marta Qang‘uy (Qang‘) podshosi o‘z oqsoqollari bilan maslahatlashib ish tutganligi eslatib o‘tiladi. Tadqiqotlar natijalaridan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, Qang‘ davlati kengashida qabila boshliqlari, harbiy sarkardalar faol ishtirok etganlar. Podsho saroyi qoshidagi kengashda davlatning ichki hamda tashqi siyosati va boshqa barcha muhim masalalar maslahat bilan hal qilingan. Qang‘ davlatiga qarashli yerlar bir necha viloyatlarga bo‘linib ularning har birini alohida hokim boshqargan. Viloyat boshliqlari jobu yoki yobu (Xitoy manbalarida-chjavou) deb atalgan. Qang‘ hukmdorlari mamlakatni ana shu jobularga tayanib idora etgan. Bu viloyatlarning ko‘pchiligi Qang‘ davlatining kuchaygan davrlarida, ya’ni, Qang‘ davlatiga qarashli yerlar bir necha viloyatlarga bo‘linib ularning har birini alohida hokim boshqargan. Viloyat boshliqlari jobu yoki yobu (Xitoy manbalarida-chjavou) deb atalgan. Tadqiqotchilar ularni qadimgi Toshkent, Sug‘diyona va Xorazm hududlarida joylashgan deb hisoblaydilar. Manbalarda Qang‘ podsholarining ikkita: yozgi va qishgi qarorgohlari eslatiladi2. Ular yozni O‘trorda (hozirgi Qozog‘istondagi Aris va Turkiston oralig‘ida) qishni esa Qanqa (Qanxa, hozirgi Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida) o‘tkazganlar. O‘troq aholidan tashqari Qang‘ davlatining chegaralarida bir qancha qabilalar mavjud bo‘lib, ular dehqonchilik bilan bir qatorda chorvachilik bilan ham shug‘ullanib kelganlar. Ular bahor va yoz mavsumlarida o‘z chorvalari bilan ko‘chib, yozgi yaylovlarda yashaganlar. Qishda esa chorvalari bilan o‘z an’anaviy qishlov joylariga qaytib kelganlar. Qang‘lar podsholari va beklari yirik chorvadorlar bo‘lib, ular issiq kunlarni yaylov joylarida, yozgi qarorgohlarida o‘tkazganlar. Sirdaryoning o‘rta oqimida yashovchi aholining ma’lum qismi mil.avv. III-milodiy V asrlarda o‘troq hayot kechirganlar. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga qaraganda, O‘tror, Oqtepa, Qorovultepa, Qovunchi, Choshtepa, Mingo‘rik xarobalari o‘rnida qang‘arlarning qo‘rg‘onlari va ko‘xna shaharlari bo‘lgan. Shahar va qishloqlarda yashovchi o‘troq xalqlar ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholiga nisbatan yuqori turganlar. Toshkent vohasida yashovchilar asosan dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanganlar. Ular arpa, bug‘doy, tariq, no‘xat, sholi va boshqa donli ekinlar yetishtirganlar. Mevali daraxtzor va uzumzorlari ko‘p bo‘lgan. Sirdaryoning o‘rta oqimida yashovchi qang‘arlar asosan, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. Qoramozor, Qurama va Chotqol tog‘larida temirchilik, misgarlik hunarining rivojlanishi uchun kerakli ma’danlar bo‘lgan. Bu joylardan juda ko‘plab mis, temir, kumush va boshqa metallar olingan. Ustalar turli metallarni bir-biriga qo‘shib, mustahkam qurollar yasashni ham o‘zlashtirganlar. Shuningdek, kundalik ehtiyoj buyumlari ishlab chiqarilib ichki va tashqi savdo uchun turli mahsulotlar tayyorlangan. Qang‘ shaharlari qalin va baland devorlar bilan o‘ralgan. Devorlarning tashqarisida qal’a atrofi gir aylantirilib chuqur va keng qilib handaq qazilgan. Shaharlar ichida mustahkam istehkom (ark) va shahristonlarning ham baland mudofaa devorlari, bir necha darvozalari bo‘lgan. Yirik shaharlardan tashqari, Toshkent vohasida yuzga yaqin aholi yashaydigan katta va kichik qo‘rg‘onlar ham mavjud bo‘lgan. Qang‘arlarga xos madaniyat Toshkent vohasidagi Qovunchitepadan topib o‘rganilgan bo‘lib, fanda Qovunchi madaniyati nomi bilan mashhurdir.3 Arxeologik topilmalar ma’lumotlariga qaraganda bu madaniyat asosan Toshkent vohasi, Sirdaryo o‘rta oqimi, Yettisuv va Shimoliy Farg‘onada keng tarqalgan. Sirdaryoning o‘rta oqimida yashovchi xalqlarning So‘g‘diyona, Farg‘ona va Tyanshan tog‘ining shimoli-sharqiy qismida yashovchi xalqlar bilan yaqin aloqada bo‘lganligi tufayli Qovunchi madaniyati ancha taraqqiy etgan. Milodiy V asr o‘rtalariga kelib qang‘arlar yeridagi o‘troq va qisman o‘troq aholi O‘rta Osiyoda yangidan tashkil topgan Yeftalitlar davlatiga tobe bo‘ldilar. Mil. avv. I ming yillikning so‘nggi choragida O‘rta Osiyoning shimoliy va shimoli-sharqiy hududlarida ham qadimgi (antik) davlatlar rivojlanadi. Xususan, mil. avv. II-I asrlarga oid Xitoy manbalari dehqonchilik va chorvachilik, ayniqsa yilqichilik keng rivojlangan Dovon (Da-yun, Farg‘ona) davlati haqida ma’lumotlar beradi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, Dovon davlati ma’lum siyosiy uyushmani tashkil etgan bo‘lib, davlatni boshqaruvchi hukmdor manbalarda “van” (podsho) unvoni bilan ish yuritgani ta’kidlanadi. Davlat hukmdori mamlakatning siyosiy va diniy hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lgan oqsoqollar kengashiga tayanib ish ko‘rgan. Oqsoqollar urush va sulh tuzish masalalarini hal etishda ishtirok etganlar, ba’zan ular hukmdorning taqdirini hal etganlar. Manbalar Dovon davlatining poytaxtlari - bosh shahar Ershi va ikkinchi shahar Yuchen ( davlatning sharqida) haqida ma’lumotlar beradi. Tadqiqotchilar bosh shaharni Marhamat (Andijon vil.) va ikkinchi shaharni Shurabashot (O‘zgand vohasi Qirg‘.) o‘rnida bo‘lgan deb hisoblaydilar. Farg‘ona vohasi hududlarida ko‘chib yurgan chorvador va ko‘chmanchi qabilalar Dovon tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘lganlar. Bu qabilalar uchun Farg‘ona madaniy va hunarmandchilik markazi hisoblangan. Asosiy Qang‘ davlati va uning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini o‘rganishga doir bir qator tadqiqotlar olib borilgan. Tadqiqot ishlarida arxeologik manbalar va Xitoy solnomalarida keltirilgan ma’lumotlar еtakchi o‘rin tutadi. Qang‘ davlati uning hududlari haqida S.P.Tolstov, keyinchalik Ya.G‘ulomov, K.Shoniyozov, Yu.Buryakov va boshqalar izlanishlar olib borishgan. Xitoy tarixchisi Sima Syan Qang‘ davlatiga oid ma’lumotida, uning aholisi asosan ko‘chmanchilardan iborat bo‘lganligini yozgan4. Lekin uning rivojlangan davrida qang‘lilar o‘rta Sirdaryo bo‘ylarini egallangan davrlarda dehqonchilikni ham o‘zlashtirib olganlar. Qang‘ davlati haqida yozma manbalar ham mil.avv. 2 asrning ikkinchi yarmiga oid. Xitoy elchisi Chjan Syanning hisobotida va xitoy tarixchisi Si-Syanning “Shi-szi” asarida Qanh davlatining chegaralari qo‘rsatilib o‘tilgan. Qang‘ davlatiga oid ko‘proq ma’lumotlar keiyngi davrlarga oiddir. Ular Xan-shu, Vey-shu, Beyshu, Tanshu va bq. asosida davlatning rivojlanishi va qulashi haqidagi ma’lumotlarni olamiz. Tadqqiotchilar bu davlatni Avestoda berilgan Kanx bilan bir deb hisoblashadi.Qang’ davlati Yuechjilardan keyin ikkinchi yirik ko’chmanchilar federatsiyasi hisoblanadi. Xitoy manbalariga ko’ra, ular Qang’yuylar Tyanshandan shimoli-g’arbda , janubda yuechjilar bilan chegaradosh bo’lgan. Uning hududi Toshkent vohasi, Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida joylashgan bo’lib, uning markazi Sirdaryoning o’rta oqimida bo’lgan5. Avestoda bu shaxarga turlar boshliqlarining joyi sifatida tilga olingan. U Sirdaryoning shimoli sharqida joylashganligi aniqlangan. Bu davlat haqida Firdavsiyning Shohnomasida ham berilgan. Unda U Kangdez sifatida tilgan olinadi. Qang‘ davlati O‘rta Osiyoga kirib kelgan qo‘chmanchi qabilalar birga mil.avv. III asrda kirib kelgan. Milodiy V asrning o‘rtalarigacha mavjud bo‘lgan. Uning rivojlangan davri milodiy I-II asrlar deb ko‘rsatiladi. Dastlab uning chegarasi faqat Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘idan, Orol bo‘yigacha xududni egallagan. Rivojlangan davrda uning xududi - Sharqda Farg‘ona va Yettisuv, Shimoli-sharqda Orol dengizi, g‘arbda Ural oldi xududigacha, ya’ni sarmatlargacha, shimolda Sirdaryoning orqa tomonidagi cho‘llargacha, janubda Sug‘dgacha borgan. Bu еrda u Kushan davlati bilan chegaradosh bo‘lgan. Bu davrda uning tarkibiga O‘zbekistonning asosiy viloyatlari Buxoro, Toshkent, Xorazm xududlari kirgan6. Davan haqida ilk ma’lumot mil.avv.II asrga oid bo‘lsa, oxirgi ma’lumot mil. III asrga oid. Mil. 280-289 yillarda Xitoy elchisi Farg‘onaga kelgan. Shundan keiyn ma’lumotlar uchramaydi. Faqatgina imperator Vey Du Van 436 yilda Polonaga elchisini yuborganligi qayd etilgan. Bu davrda qadimgi Farg‘onada siyosiy vaziyat o‘zgargan. Davan davlati 400-500 yil davomida mavjud bo‘lgan. yozma manbalarga qaraganda aholisining 25 % shaharlarda iste’qomat qilgan.Qadimgi Farg‘ona podshosini –Van deb atashgan. Bir necha hukmdorning ismlari saqlanib qolgan - Mosay, Chan Fin, Mugua, Yanlyu. Davlatni boshqarishda oqsoqollar kengashi muxim o‘rin egallagan. Oqsoqollar Kengashi hukmdor faoliyatini muhim masalalarda nazorat qilib borgan. Oliy Kengash oldida hukmdorning huquqi cheklangan. Ayniqsa, urush va tinchlik, diplomatik masalalarda hal etuvchi kuch va huquqiy oliy Kengash qo‘lida edi. Oliy Kengash hukmdorni hokimiyatdan tushirishi, uning urniga yangisini saylashi mumkin bo‘lgan.Hattoki hukmdorning taqdirini ham hal etishgan. Urushdagi mag‘lubiyati uchun van Mosay aybdor deb topilib, qatl etilgan. Hitoy elchisi ham jahl ustida oltin ot halkalini otib yuborganda oqsoqollarning jahlini chiqaradi. Uni ham o‘limga mahkum etadilar. Davan davlatining siyosiy tuzumi shahar-davlat yoki. voha-davlatlarning erkin ittifoqidan tashkil topgan konfederatsiya edi. Har bir shaxarni mustaqil faoliyat yurituvchi hokim boshqargan. Bu ulkan 9104 li (3,4 ming km) hududdagi qang‘arlar еrida mil. avv I –milodiy I-II asrlarda 120000 oila yoki 600000 kishi yashagan7. Qang‘ ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullanganlari uchun ularda 2 markaziy shaxar bo‘lgan. Yozma manbalarda Qang‘ davlatining poytaxti Bityan shaxri bo‘lib, u Loyueni mamlakatida Tayanchi ko‘li bo‘yida joylashgan deb yozilgan. Podshoning qishqi rezidensiyasi ham bo‘lib, u bu еrdan 7 kunlik yo‘l bo‘lgan. Tadqiqotchilar Bityan shahrini Toshkent viloti Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan Kanqa shaxri deb taxmin qilishgan. Lekin uning geografik tasviri unga to‘g‘ri kelmaydi. Buni Buxoro xududidagi Poykent ham deyishadi. Ularning yozgi qarorgohi O‘tror hisoblangan. Qishda Qanha bo‘lgan. Manbalarda Qang‘ davlatining boshqaruv tizimi haqida ma’lumotlar kam uchraydi. To‘ng‘ich Xan sulolasi tarixida (mil. avv. 202—milodiy 25 y.) bir ma’lumotda Qang‘uy (Qang‘) podshosi o‘z oqsoqollari bilan maslahatlashib ish tutganligi aytiladi. Bu Qang‘ davlatida davlat boshlig‘i jamoa orasidan tanlangan maslahat kengashi bilan ish tutganligini ko‘rsatadi. Oqsoqollar kengashi asosan qabila boshliqlari va harbiy sarkardalardan tashkil topib, kengashlarda ularning fikrlari еtakchi mavqega ega bo‘lgan. Ular boshqaruv tizimi konfederatsiya bo‘lgan. Qang‘ davlatiga qarashli еrlar viloyatlarga bo‘linib, ularni maxsus hokimlar boshqargan. Viloyat boshliqlari jabg‘u yoki yobg‘u (Xitoy solnomalarida chjaovu) deb atalgan. Qang‘arlarga qarashli tub еrlarda jabg‘ular hoqonlarga yaqin kishilardan, ularning qavmu-qarindoshlari, yirik qabila boshliqlaridan tayinlangan. Tarixchi Sima-Syan mil. avv. II asrning ikkinchi yarmigaga oid ma’lumotida Qang‘uy haqida, «Bu ko‘chmanchi xalqlar mamlakati» degan fikrni bildiradi4. Biroq To‘ng‘ich Xan sulolasining tarixi (Syanxanshuda) ma’lumotlarida milodiy I asrning boshlarida qang‘uylarning yarim o‘troq xalq bo‘lganligiga ishora qilinadi. Bu sulola tarixi ma’lumotlariga ko‘ra, qang‘uylarda chorvachilik rivojlangan bo‘lib, qoramol va qo‘ylari ko‘p bo‘lgan. Ular ko‘plab zotli otlar еtishtirganlar. Bu davrda mulkiy tabaqalanish kuchayib, chorva mollarining ko‘pchiligi podsholar va ularning qarindosh-urug‘lari hamda yirik qabila boshliqlari va harbiylarga tegishli bo‘lgan. Aholining asosiy qismi ko‘chmanchilardan iborat bo‘lgan davlatda bahor kelishi bilan xoqon va uning urug‘lari qishgi qarorgohdan yozgi qarorgohga, ya’ni Sirdaryoning quyi oqimidagi o‘tloq еrlarga borib o‘rnashganlar. Kuzda mollarini orqaga qaytarishib, Keles cho‘liga va tog‘ yon bag‘irlaridagi yaylovlarga joylashganlar. Chorvasi kam bo‘lgan aholining keng yaylovlar qidirib vohadan chiqib ketishiga ehtiyoj bo‘lmagan. Ular chorvachilikdan tashqari dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanishgan. Farg‘ona haqida dastlabki yozma manba Gerodotning "Tarix" asarida uchraydi. Unda Sug‘diyonaning shimoli-sharqida "parikaniylar yurti" bo‘lganligini eslatib o‘tiladi. Geradot malumotlariga ko‘ra, Xaumavarka saklari parikaniylarning ajdodi bo‘lib, «parikaniylar yurti» paxlaviy tekstlarida «Parkan davlati» deb yuritilgan»8. Farg‘ona qadimiy tarixga ega bo‘lib, o‘ziga xos sivilizatsiyani shakllantirgan. Farg‘onaning qadimgi davrdagi tarixi keyingi yillarda ayniqsa, mustaqillik yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijada yanada oydinlashgan. Qadimgi Farg‘onaning tarixini yoritishda Yu.A Zadneprovskiy, Gorbunova, X.Matboboev, A.Anarboevlar ishlari diqqatga sazavordir. Download 62.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling