University of business and sciences
Kushon davlatining tashkil topishi
Download 62.8 Kb.
|
Mustaqil ish-1
Kushon davlatining tashkil topishi.
Mil.av. II asrning ikkinchi yarmida Sharqiy Turkiston hududlarida yashovchi turkiy qavmlar qo`shnisi xunlar tazyiqiga uchrab, ularning siquviga bardosh berolmay G`arbga tomon siljiydilar. Xitoy manbalarida ular yuyechjilar deb atalgan. Yuyechjilar Issiqko`l atrofida sak qabilalari bilan to`qnashib, ularni janubiy-g`arb tomonga suradilar. Biroq. Yuyechjilar usun qabilalari zarbasiga uchrab janubga siljib, mil.av. 130 yillarda So`g`diyona hududiga kirib keladilar17. Yuyechjilar, Xitoy tarixchisi Chjan Syan ta`kidlashicha, Sug`diyonadan Baqtriyaga yuradilar va Baqtriyadagi yunonlar hukmronligini ag`daradilar. Yuyechjilar Farg`ona vodiysini ham egallaydilar18. Xitoy manbalarida ta`kidlanganidek, yuyechjilar beshta siyosiy xonadonga mansub edilar. Go`yshuan, (Kushon). Xyumi, Shuanmi, Xise, Xuanmi. Ularning har biri qariyb yuz yilgacha alohida-alohida siyosiy kuch hokimlik bo`lib, yagona hukmdorga bo`ysunmagan holda faoliyat yuritadilar. Milodiy I-III asrlarda hukmronlik qilgan Kushon podsholigi nafaqat Surxondaryo tarixida, balki butun Osiyo xalqlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida muhim rol o‘ynagan davlatlardan biri sanaladi. Uning eng rivojlangan davri Kanishka davri bo‘lib, milodiy 78—123 davrlar hisoblanadi. Xududi- Janubiy O‘zbekiston, Janubiy Tojikiston, Pokiston, Afg‘oniston, Hindiston. Xorazm xududlari kirmagan. Kushon davlatining shimoli-g‘arbiy chegarasi Darband devori bilan himoyalangan. Bu Sug‘d bilan chegara hisoblangan. Bu devor XX asrning 90 yillari aniqlangan. U Surhondaryo va Qashqadaryo o‘rtasidagi Darband qishlog‘idan o‘tgan. 1,5 km uzunlikda, eni 6-6,5 m bo‘lgan. Devorlar orasida minoralar bo‘lgan. Janubiy qismida qa’asi joylashgan. Vima Kadfiz tomonidan qurilganligi aniqlangan. Kushon davlatining tarixi asosan, arxeologik tadqiqotlar va xitoy manbalari asosida yoritilgan. Kushon davlatining keng xududni egallagan: Kushon davlati tarixi bilan arxeolog olimlardan Ye.Masson, G.A.Pugachenkova, E.Rtveladze, Sh.Pidaevlar tadqiqotlari asosida yoritilgan. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida Kushon davlatining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishida 2 xil yo‘nalish kuzatiladi. 1 davr Kanishkagacha bo‘lgan davr va 2 davr Kanishkadan keyingi davr hisoblanadi. Kanishkagacha bo‘lgan davrda uning siyosiy va madaniy hayotida grek yozuvi va madaniyati еtakchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Kanishkaning olib borgan islohatlari natijasida baktriya yozuvi va maxalliy madaniyat asoslari jamiyatga tatbiq etiladi. Miloddan avvalgi IV asr oxirlarida, Xitoy yilnomalarida yuedjilar deb atalgan massaget qabilalari Sharqiy Turkistondan to Mug‘uliston chegaralarigacha bulgan xududlarga ketib qolgan edilar19. O‘sha vaqtlarda xunlar Balxashdan to Xitoygacha bulgan hududda yashab kelardi. Yue-chjilar Sharqiy Turkistonni olishga intilganlar. Bu, ayniqsa miloddan avvalgi III asrning ikkinchi yarmidan namoyon bula boshlaydi. Yunon-Baqriya davlati podshosi Evtidem miloddan avvalgi 206 yilda sa-lavkiylar hukmdori Antiox III bilan ularga qarshi xarbiy ittifoq tuzadi. Xunlar yuedjilar ustiga dastlab 206 yilda hujum qilgan. Shu yili Xun shaxzodasi Mode Yue-chjilar qulidan garovdan qochib, uz otasini xokimiyatdan agdarib, katta qo‘shin bilan yuedjilar ustiga xarbiy yurish boshlaydi. Miloddan avvalgi 176 yilda, xunlar Yue-chjilar ustiga ikkinchi marta yurish qiladi. Nixoyat, miloddan avvalgi 165 yilda xunlarning qo‘li baland kelib, yuedjilarni g‘arbga uloqtirib tashlaydilar. Ular maglub bulgan Yue-chjilar podshosining bosh suyagidan kosa yasab, g‘alaba uchun sharob ichadilar. Bu to‘qnashuv oqibatida yuechji (toxarlar) ikki guruhga bo‘linib ketadi, qabilalardan bir guruhi Sharqiy Turkiston tomon ketsa, ikkinchi ko‘pchilik bir guruhi janub tomon yo‘l oladi. Bu guruh manbalarda Buyuk yuechji deb nomlangan. Yuedji qabilalari dastlab qadimgi Farg‘ona xududiga kelib istiqomat qila boshlaydilar. Bu davrda Qadimgi Farg‘onada, ayniqsa uning shimoliy xududlarida yue-shjilarning qishloqlari va shaxarlari qad ko‘taradi. Ular endi yagona bir podsho qo‘l ostida bulmay, balki qabila va urug‘ yabgulari (qabila oqsoqollari) qo‘l ostida yashaydilar. Masalan, Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on yonidagi Kushon qishlog‘i va Kosonsoydagi Koson shahar xarobasi yuedjilar asos solgan qishloq va shaxar edi. Yuedjilar miloddan avvalgi 140 yili Sug‘d еrlari orqali Baqtriyaga kirib keladi. Yunon-Baqtriya podsholigi esa 100 yillik xukmdorlikdan so‘ng xalokatga uchradi. Shimoliy Baqtriya еrlarini esa bu еrga yopirilib kelgan 5 ta yue-shji qabilalari egallab, uz yabg‘ulari qo‘l ostida yashay boshlaydilar. Xitoy yilnomalarida yozilishicha, Yue-chjilar Baqtriyaga kelgandan sung 100 yil mobaynida 5 ta qabilaga bulinib yashagan20. Guyshuan (Kushon) qabilasi (yabg‘usi Kudzula Kadfiz) qolgan turt qabila yabg‘ularini tobe etib, uzini xukmdor deb elon qiladi. U avval Kushon davlati sifatida hozirgi Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida joylashgan Dalvarzintepani poytaxti qiladi. Sungra u uz davlat chegaralarini kengaytirish va qudratini mustaxkamlash maqsadida Amudaryoning chap sohili xududlarini egallashga otlanadi. Xitoy manbalariga kura, Kushon davlati Parfiyani, Afg‘onistonni va Kashmirni bosib oladi. Nixoyat, Kudzula Kadfiz 80 yoshida olamdan utadi. Uning davrida kushonlar uz pullarini zarb etmaganlar. Kudzula Kadfiz tangalari Rim imperatorlari va Parfiya podsholari zarb etgan tangalarga taqlid qilinib chiqarilgan. Shuning uchun podsholik tangalarida Kudzula Kadfiz yabg‘u degan yozuvlar uchraydi. Keyinroq uning, «xukmdor Kadfiz» yozuvi bilan tangalari paydo buladi. Kudzula Kadfizning ulimidan sung uning o‘g‘li Vima Kadfiz (51-78) taxtga utiradi. Uning davrida Kushonlar davlati Pokiston va Hindistonning markaziy viloyatlari hisobiga kengayadi. Vima Kadfiz nomidan tangalar zarb etiladi. Xulosa. XII - XIII asrlarda qang’lilar Xorazmning siyosiy hayotida muhim rol o’ynaganlar. Shu davrda Talas va Chu vodiylarida yashovchi qang’lilardan 60 ming kishi Xorazmga ko’chib keladi. Mo’g’ullar bosqini arafasida Xorazmda qang’lilardan tuzilgan qo’shinning soni 90 minggga etgan. Xorazmshoh Tekesh qang’li beklaridan birining qizi - Turkon xotunga uylanadi. Keyinchalik bu ayolning mamlakat siyosiy hayotiga aralashuvi, kaltabinligi mo’g’ul bosqiniga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirishga to’sqinlik qilgan. Miloddan avvalgi ll—l-asrlardagi manbalarida keng, obod, boy mamlakat — Davan haqidagi maʼlumotlar keltirilgan. Davan shahar va voha hokimlarining erkin ittifoqidan iborat davlat edi. Ulugʻ hukmdor qarorgohi Gushan (hozirgi Oʻzgan shahri deb taxmin etiladi)da boʻlgan. Podsho qokimiyati qabila zodagonlaridan iborat oqsoqollar kengashi tomonidan cheklab qoʻyilgan. Oliy kengash qukmdorni podsholikdan tushirishi, hatto oʻlim jazosiga hukm qilishi mumkin boʻlgan. Davan atamasi tarixiy adabiyotlarda mil. lll asrgacha uchraydi. Soʻngra Davan oʻrniga "Boxan" va "Polona" (mil. V asr) atamalari uchrab muarrixlar ushbu atamalar qad. Davanga moye keladi deb qayd etib oʻtganlar. Xitoyliklar Davan deb nomi toharlar (Taxwar) bilan bogʻliq boʻlgan mamlakatni atashgan degan fikr bor. „Kushon“ nomi yo sulola yoki qabilaga oid boʻlib, u ilk bor miloddan avvalgi 1-asr oxiri — milodiy 1-asr boshida hukmron boʻlgan podshoh „Geray“ — Sanab zarb qildirgan tangalarda qoʻllangan. Kushonlarning dastlabki mulklari hududiga Shim. Baqtriya (Tojikiston hamda Oʻzbekistonning janubi, Turkmanistonning janubi-sharqidagi hududlar) kirgan. Dastlab jabgʻu, keyinchalik podsho unvoni bilan davlatni idora qilgan Kadfiz I Kushon podsholigiga asos solgan boʻlib, uning davrida kushonlar hozirgi Afgʻoniston bilan Pokistonning aksariyat qismini istilo qilgan. Download 62.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling