1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
y. Qoraxoniylar davlati saljuqiy Sulton Sanjarga qaram bo’lib qoldi. 1211 y
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tamg’achxon
- (1127) . XII asr oxirida
- G’aznaviylar davlati . 962 y.
- 1153 y. Balx va Xuttalon viloyatlarida yashovchi ko’chmanchi g’uz qabilalari Sulton Sanjar qo’shinlarini tor-mor qilib, o’zini asir oldilar. 1156 y
y. Qoraxoniylar davlati saljuqiy Sulton Sanjarga qaram bo’lib qoldi. 1211 y.
Xorazmshoh Oloviddin Muhammad koraxoniylar hukmronligiga barham berdi. Qoraxoniylar davrida davlat boshqaruvi somoniylarda bo’lganidek markazlashgan asosda emas, balki ko’proq mahalliy xududiy usulda boshqarilgan. Xonlar xoni Tamg’achxon Qashg’arda yashab, viloyatlarni idora qilishni mahalliy iloqxonlar ixtiyoriga topshirib qo’ygan. Qoraxoniylar davrida Movarounnahr poytaxti Samarqand bo’lib, uning Iloqxoni katta obro’ga ega bo’lgan. Shaharlar hokim, rais va muhtasiblar tomonidan boshqarilgan. Qoraxoniylar davlatida ham madaniy hayotga katta e’tibor berilgan. Jumladan, Shams-ul-mulk davrida Buxoro yaqinida saroy, Hazora qishlog’ida Dingaron masjidi va karvonsaroy, Arslonxon davrida mashhur Minorai Kalon qurildi (1127). XII asr oxirida Buxoro sadri Abdulaziz II Vobkentda minora bunyod etdirdi. 1108-1109 yillarda Jarqo’rg’onda minora qurildi. Shuningdek, Samarqand, Termiz va Urganchda ham qator qurilishlar qilindi. Jumladan, Urganchdagi Faxriddin Roziy va Shayx Sharif maqbarasini, Bo’ronqal’a va Naifqal’ani hamda ko’plab karvonsaroylarni ko’rsatish mumkin. Islom ta’limotida rasm chizish ta’qiqlangan bo’lishiga qaramasdan bu davrda saroylarni raqs tushayotgan ayollar, ov manzaralari (g’aznaviylar saroyi), afsonaviy hayvonlar (Termiz hukmdorlari saroyi) tasvirlari bezab turgan. 3) G’aznaviylar davlati. 962 y. jasur turkiy sarkarda Sabuqtegin G’azna shahrida g’aznaviylar davlatiga asos solgach, bu shahar Xurosonning siyosiy markaziga aylandi. Uning o’g’li Sulton Mahmud davrida (998-1030) G’aznaviylar davlatining qudrati yanada oshib, xududi shimoliy-g’arbiy Hindistondan Chag’oniyon va Xorazmgacha cho’zildi. Bu davlat xududiga Eronning shimoli-sharqiy qismi ham kirgan edi. Mahmud G’aznaviy yaxshi qurollangan, intizomli, qudratli qo’shin tuzib, ko’plab istilochilik yurishlari qildi. Jumladan, Hindistonga 17 marta harbiy yurish qilgan. U 1019 y. Kanauja shahrini egallab, u yerdan 20 mln. dirham, 57 ming qul va 350 ta filni qo’lga kiritgan. 1017 y. Xorazm hukmdori Ma’munning o’ldirilishidan keyin bu yerda sodir bo’lgan beboshliklardan foydalangan Mahmud Xorazmni ham o’ziga bo’ysundirdi. Sulton Mahmud hukmdorligi davrida ilm-ma’rifatga ma’lum darajada e’tibor berilgan. U Abu Rayxon Beruniyni ham Xorazmdan G’aznaga, o’z saroyiga olib ketdi va Beruniyning ilm bilan shug’ullanishi uchun zarur sharoit yaratib berdi. Mahmud G’aznaviy vafotidan keyin (1030) uning o’g’li Ma’sud davrida (1030-1041) mamlakatda ichki ziddiyatlarning kuchayishi va saljuqiy turklarning hujumlari, xususan, 1040 yilgi Dandanakon jangidagi mag’lubiyatdan keyin G’aznaviylar davlati inqirozga yuz tutdi. Ma’sud vafotidan keyin (1040) uning vorislari G’aznaviylar davlati qudratini qayta tiklay olmadilar. XII asr oxirida bu davlat Afg’oniston xududida tashkil topgan g’uriylar davlati tomonidan batamom tugatildi. 4) Saljuqiylar davlati. X asr o’rtalarida o’g’uzlar ittifoqi negizida tashkil topgan Saljuqiylar davlatining dastlabki markazi Sirdaryoning quyi oqimida joylashgan Yangikent shahri bo’lgan. O’g’uzlarning yobg’usi (yetakchisi) Saljuqbek va uning avlodlari Tug’rulbek, Chag’irbek va Shakarbeklar bu davlatni buyuk saltanat darajasiga ko’tardilar. Asosan ko’chmanchi chorvachilik bilan kun kechirgan o’g’uzlarning bir qismi 1020-30 yillarda qoraxoniy, keyinchalik, g’aznaviy hukmdorlarning roziligi bilan dastlab Nurota tog’lari yon bag’irlariga va undan Marvga, bir qismi Kat (Xorazm) orqali Kaspiy dengizining janubiy-sharqiy qismlari (Obivard, Farovi atroflari)ga joylashdilar. O’g’uzlar tezda Tug’rulbek boshchiligida birlashib, g’aznaviylarga qarashli Xuroson yerlarini egallay boshladilar. 1040 y. Dandanakonda bo’lgan jangda Tug’rulbek qo’shinlari g’alaba qozongach g’aznaviylarga tegishli katta hududlar ular ixtiyoriga o’tdi. Shundan keyin saljuqiylar istilochilik yurishlarini davom ettirishib, Eronning shimoliy qismi, Ozarbayjon, Kurdiston, Iroqni egalladilar. 1055 y. xalifalik poytaxti Bag’dodni qo’lga kiritishdi. Xalifa diniy hokimiyatni o’z qo’lida saqlab qolsada, dunyoviy hokimiyatni sulton unvoni bilan Tug’rulbekka berishga majbur buldi. Tug’rulbek davrida Ray (Eron) shahri saljuqiylar davlatining poytaxti edi. Tug’rulbek Movarounnahrda qoraxoniylar hukumati bilan do’stona aloqalar o’rnatdi, Kavkazda esa Vizantiya qo’shinlariga qattiq zarbalar berdi. Uning vorisi Alp Arslon (1063-1072) Vizantiya imperatori Roman IV Diogen qo’shinlarini mag’lubiyatga uchratdi, Amudaryoning o’ng sohiliga bir qator hujumlar uyushtirdi. Alp Arslonning vorisi Malikshoh (1072-1092) qoraxoniylarning o’zaro nizolaridan foydalanib, 1089 y. Buxoro va Samarqand shaharlarini egalladi. U qoraxoniylar (hukmdori Ahmadxon) davlatini qaram qilib, katta o’lja bilan orqaga qaytdi. Malikshoh vafotidan keyin saljuqiylar davlatida hokimiyat uchun kurash kuchayib ketdi. 1118 y. hokimiyatni Sulton Sanjar (1118-1147) egalladi. U poytaxtni Marvga ko’chirib, Movarounnahrda qoraxoniylarning ichki ishlariga jiddiy aralasha boshladi. Birok, 1141 y. Sulton Sanjar va qoraxoniylarning birlashgan qo’shinlarining Qatvon cho’lida (Samarqand yaqinida) qoraxitoylar bilan bo’lgan jangda yengilishi saljuqiylar davlatini zaiflashtirib kuydi. Bundan foydalangan xorazmshoh Jaloliddin Otsiz 1141 y. oxirida Marvni bosib oldi. Lekin, Sulton Sanjar Xorazm qo’shinlarini Xurosondan surib chiqardi va xorazmshohni yana o’ziga buysundirdi. Shunga qaramasdan, saljuqiylar davlati avvalgi mavqyeini qayta tiklay olmadi. 1153 y. Balx va Xuttalon viloyatlarida yashovchi ko’chmanchi g’uz qabilalari Sulton Sanjar qo’shinlarini tor-mor qilib, o’zini asir oldilar. 1156 y. Sulton Sanjar asirlikdan qochishga muvaffaq bo’lsada, Saljuqiylar davlatini qayta tiklay olmay 1157 y. vafot etdi. 5) Xorazmshohlar davlati. Somoniylar davlati tugatilgandan keyin, XI asr Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling