solindi.
Ummaviylar davrida (661-750) Arab xalifaligi hukmronligi shu qadar katta
hududlarga yoyildiki, uning tarkibiga G’arbda Misr,
shimoliy Afrika yerlari,
Andaluziya (hozirgi Ispaniya), shimoli sharqda Kichik Osiyoning katta qismi, Eron va
O’rta Osiyo, shimoliy-g’arbiy Hind hududlari kirar edi.
Arab
xalifaligining istilochilik yurishlarida O’rta Osiyo yerlarini bosib olish va uning
xalqlarini itoatga keltirish, bu hududda islom dinini yoyish alohida o’rin tutadi.
VII
asr o’rtalariga kelib,
Eron hududlari egallangach, endilikda xalifalik e’tibori
Xuroson va O’rta Osiyo yerlarini bosib olishga qaratiladi. Bunda, Vatanimiz
hududlarida arablar istilosi jarayoni
ikki bosqichda amalga oshirilganligini ta’kidlab
o’tmoq joizdir. Uning
birinchi bosqichi -
VII asrning ikkinchi yarmiga to’g’ri
kelib, bu davrda ayrim arab lashkarboshilari qo’shini Amudaryo
atrofidagi hududlarga
bir necha bor hujumlar uyushtirib, bu yerlarning boyliklarini talab, ma’lum o’ljalarni
qo’lga kiritib, ortga qaytganligini kuzatish mumkin. Bundan ko’zda tutilgan asosiy
maqsad - bu hududlarni yaqin kelajakda bosib olishga tayyorgarlik ko’rish bo’lgan.
Masalan, arab lashkarboshilari: Ziyod bin Abu So’fiyonning
666 yilda Marvga
yurishi,
670 yilda uning o’g’li Ubaydulla ibn Ziyodning Amudan o’tib Poykand,
Romitan yerlarini egallashi, so’ngra Buxoro hukmdorini yengib, o’z foydasiga sulh
tuzganligi,
675-676 yillarda Said ibn Usmonning yangidan Buxoro va Samarqand
tomon qo’shin tortib kelishi va mahalliy hukmdorlarni yengib, katta boylik va ko’p
sonli asirlar bilan Arabistonga qaytib ketishi - bular O’rta Osiyo hududlarini egallash
borasidagi dastlabki urinishlar edi. O’lkamizni bosib olishning
ikkinchi, hal qiluvchi
Do'stlaringiz bilan baham: