1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet57/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

Suyurg’atmish (1370-1388) va uning o’g’li Sulton Mahmud (1388-1404) rasmiy
ravishda taxtni boshqardilar. Amalda markaziy hokimiyatni Amir Temur o’zi boshqardi.
Samarqand davlat poytaxti deb e’lon qilindi. Samarqandda mustahkam devorlar, qal’alar
hamda saroylar barpo etildi.
-II-
1) Amir Temurning markazlashgan davlatni tashkil topishida olib brogan
siyosiy harakatlari. Amir Temur Movarounnahrning qonuniy hukmdori bo’lib olgach,
mamlakat hududlarini birlashtirishga kirishdi. Shu maqsadda u 1370 yil iyunida
Samarqandda qurultoy chaqirdi. Unda markaziy davlat tizimini shakllantirish va qo’shin
tuzish masalalari muhokama etildi. Amir Temur mamlakatda qonun va tartib ishlarini
joriy etdi. Maxsus qo’shin tuzib, unga katta imtiyozlar berdi.
Amir Temur hukmronligining dastlabki yillarida mamlakat sarhadlari xavfsizligini
ta’minlashga katta ahamiyat berdi. Isyonchi amirlarga qarshi shafqatsiz kurash olib bordi.
Sharqiy hududlarni mo’g’ullar ta’siridan ozod etish uchun 1370 yil oxiri va 1371 yil
boshida Sharqiy Turkiston tomon yurish qilindi. Mo’g’ul xoni Kepak Temurga
qaqshatqich zarba berilishi natijasida Farg’ona vodiysi hududlarini, O’tror, Yassi va
Sayramni o’z tasarrufiga oldi. 1370-1371 yillarda Hisor, Badaxshon, Qunduz kabi
viloyat amirlari ham Amir Temur hokimiyatini tan olib, unga bo’ysundilar. 1370 yil kuzi
va 1371 yil bahorida Afg’oniston shimolidagi Shibirg’on viloyati bo’ysundirildi. Balx va
Toshkent viloyatlari ham Amir Temur hokimiyatini tan oldi.


Amir Temur o’z saltanati tarkibiga Xorazm mulkini ham qo’shib olish uchun besh
marotaba (1371, 1373, 1375, 1379, 1388) harbiy yurish qildi. 1388 yilda Xorazmning
poytaxti vayron etilib, uning hududlari Amir Temur davlatiga bo’ysundirildi.
Bu orada Amir Temur Mo’g’uliston hokimi Qamariddin bilan ham to’qnashib
qoldi. Chunki bu davrda uning Movarounnahrga bo’lgan talonchilik xurujlari kuchayib
ketgandi. Yigirma yil (1371-1390) mobaynida Sohibqiron Mo’g’ulistonga yetti marta
yurish qilib, mo’g’ul hukmdorlari Anqoto’ra va Qamariddin ustidan g’alaba qozondi. Shu
zaylda Amir Temur Movarounnahr va Xorazmda ichki tarqoqlik, o’zaro nizolar,
shuningdek Mo’g’uliston tomonidan bo’lib turgan tazyiqqa chek qo’yib, ushbu hududda
yashovchi xalqlarni yagona davlatga birlashtirdi.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling