7-sinf o`zbekiston tarixi
Download 165.91 Kb.
|
7-SINF O`ZBEKISTON TARIXI I-variyant 1.Xorazm vohasida hukmronlik qilgan sulolalarni belgilang. 1) afrig‘iylar, 2) ma’muniylar, 3) oltintoshiylar, 4)anushteginlar, 5)qoraxoniylar A)1,2,3,4,5 B)2,3,4,5 C)1,2,3,4 D)1,3,4,5 2. Anushtegin saljuqiy Sulton Malikshohning ko‘zga ko‘ringan va ishonchli mansabdorlaridan sanalgan. Taxminan, qaysi yilda u Xorazm hokimligi vazifasiga tayinlanadi. A) 1078-yili B) 1079-yili C) 1075-yili D) 1077-yili 3.Quyidagi bandlar mazmuniga oid yakuniy hukmni aniqlang.(Anushteginlar sulolasi ) I. 1097-yili esa, mazkur lavozim o‘g‘li Qutbiddin Muhammadga tegadi. II. saljuqiylar dargohiga qaram bo‘lib, har yili o‘zi yoki o‘g‘li Otsiz orqali viloyatdan undiriladigan soliqni poytaxt Marvga olib borib turardi.. III. Otsiz esa otasidan keyin Sulton Sanjar hukmi bilan Xorazm hokimligiga tayinlanadi... IV. Sulton Sanjar unga qarshi bir necha marta qo‘shin yuboradi. Mag‘lubiyatga uchragan Takash qochishga majbur bo‘ladi. A) I – to`gri, II – to`g`ri, III – to`g`ri, IV–noto`g`ri B) I – to`gri, II – noto`g`ri, III – noto`g`ri, IV–to`gri C) I – to`gri, II – to`g`ri, III – noto`gri, IV – to`gri D) I – noto`gri, II – to`g`ri, III – noto`g`ri, IV–to`gri 4. Tarixchilardan Rashiduddin va Hofizi Abro‘larning yozishiga ko‘ra, Anushteginiylar sulolasining asoschisi Anushtegin dastlabki faoliyatini kim Malikshoh I saroyidan boshlagan. A)Ma’mun II B)Amin I C)Alptegin D) Sulton Jaloliddin 5. Xorazmni qo‘lga kiritganidan keyin Sulton Sanjar uni Otsizning jiyani kim boshqaruviga bergan. A) Sulaymonshoh B)Amin I C)Alptegin D) Sulton Jaloliddin 6.Otsiz faoliyati bilan bog’liq voqealarni to’g’ri belgilang. 1) Sulaymonshoh u yerda o‘z hokimiyatini mustahkamlay olmagan. U Marvga qaytib ketishi bilanoq Xorazmga kelgan Otsiz mahalliy aholining qo‘llab-quvvatlashi orqali o‘z hokimiyatini tiklagan. 2) Otsiz Buxoroni egallaydi. U Bag‘dod xalifasidan «Xorazm viloyati va u tomonidan Xorazmga qo‘shib olingan hamda olinadigan g‘arbiy, sharqiy chegaralardagi viloyatlarning hukmdori», deb tan olingan yorliq oladi. 3) Otsiz Marv, Nishopurni ham o‘zining tasarrufiga o‘tkazadi. 4) Otsiz o‘zining ismi bitilgan kumush tangalarni zarb qilishni boshlab yuboradi. A)1,2,3 B)2,3,4 C)1,2,3,4 D)3,4 7. Otsiz o‘limidan so‘ng taxtga chiqqan o‘g‘li kim ham mustaqil siyosat yurgizishga harakat qildi. A) El Arslon B)Sulaymonshoh C)Amin I D) Sulton Jaloliddin 8. El Arslon Movarounnahrda qaysi xalqlar bilan to‘qnashadi va qo‘li baland keladi. A) Tohiriylar B) Safforiylar C)Saljuqiylar D) qoraxitoylar 9. Quyida berilgan ta’rif kimga tegishli. - Nishopurni egallab, Ozarbayjonga harbiy yurish uyushtiradi. - Lekin markazida Xorazm bo‘lgan, barcha tomonidan tan olingan qudratli siyosiy uyushmaga asos solish nasib etmagan. - Vafotidan so‘ng uning o‘g‘illari Takash (1172–1200) va Sultonshoh Mahmud o‘rtasida o‘zaro kurash kechadi. A) El Arslon B)Sulaymonshoh C)Amin I D) Sulton Jaloliddin 10. Takash qaysi hududlarni o’ziga bo‘ysundiradi. A) G‘arbiy Eronning ayrim qismini hamda Kirmonni B) O‘rta va Yaqin Sharq, C) Sharqiy Yevropa, D) Hindiston, Xitoy 10. Hukmronligi so‘nggida u hatto Bag‘dodni – xalifalik poytaxtini zabt etishga ham shaylanadi. Ammo yurish chog‘ida vafot etadi va taxtga Alovuddin Muhammad qaysi yillarda chiqadi. A) 1212– 1220 B) 1200– 1231 C) 1200– 1220 D) 1200–1230 11. Qaysi hukumdor Movarounnahrdan qoraxitoylarni haydab chiqaradi. A) El Arslon B) Alovuddin Muhammad C)Amin I D) Sulton Jaloliddin 12.Kimning davrida Ozarbayjon, Eron, Xurosondan Hindistongacha bo‘lgan yerlar xorazmshohlar tasarrufiga olinadi. A) El Arslon B) Alovuddin Muhammad C)Amin I D) Sulton Jaloliddin 13. Sulton Muhammadning asosiy maqsadi qayirlarni ham bo‘ysundirish edi. A) Suriya, Kichik Osiyo va Misrni B) G‘arbiy Eronning ayrim qismini hamda Kirmonni C) O‘rta va Yaqin Sharq, D) Hindiston, Xitoy 14.Xaritada qaysi raqam bilan Anushteginlar poytaxi Gurganch berilgan.(1-rasm) A)1 B)2 C)3 D)4 15. Muhammad xorazmshoh qancha atrofidagi o‘z qo‘shinini Bag‘dod yurishiga jo‘natdi. A) 500 ming B)600 ming C) 300 ming D) 400ming 16. Xorazmshoh qo‘shini Hulvon viloyatiga yetganida…….. A) g‘ayritabiiy hodisa yuz beradi. To‘satdan havo sovib, uch kecha-yu uch kunduz qor yog‘di, izg‘irin sovuq hammayoqni qamrab oldi. B) Jangchilar sovuqdan aziyat chekdi, otlar, tuyalarga qiron keldi. C) Bu ofatdan iztirobga tushgan Sulton o‘z qo‘shinini orqaga qaytarishga buyruq berdi. Sulton xalifa nomini xutbadan chiqarib tashlashni buyurdi. D)Barchasi 17. Bu davrda anushteginiylar sulolasi dunyoning eng qudratli siyosiy kuchlaridan biriga aylangandi. Qayirdan qayirgacha bo‘lgan ulkan hudud Xorazmshohlarga bo‘ysundiriladi. A) Kaspiy dengizidan Hind okeanigacha, Iroqdan Sharqiy Turkistongacha B) Orol dengizidan Tinch okeanigacha, Iroqdan Sharqiy Turkistongacha C) Orol dengizidan Hind okeanigacha, Erondan Sharqiy Turkistongacha D) Orol dengizidan Hind okeanigacha, Iroqdan Sharqiy Turkistongacha 18. Alovuddin Muhammad (Anushteginiylar sulolasi) faoliyati bilan bog`liq to`g`ri ma`lumotlarni aniqlang? 1) Movarounnahrda Qoraxitoylar bilan to`qnashadi va qo`li baland keladi. U Nishopurni egallab, Ozarbayjonga harbiy yurish uyushtiradi; 2) Yakka hukmdor sifatida keng qamrovli siyosat yuritish imkoniga ega bo`lib, G`arbiy Eronning ayrim qismini hamda Kirmonni bo`ysundiradi; 3) Uning davrida Ozarbayjon, Eron, Xurosondan Hindistongacha bo`lgan yerlar xorazmshohlar tasarrufiga olinadi; 4) o`z davlatida umumxalq harbiy ta`lim tizimini joriy qilgan. A) 1,2 B) 3,4 C) 1,3 D) 2,4 19. Quyidagilarni tahlil qilib, nuqtalar o`rniga mantiqan mos keluvchi javobni toping. 1) G`aznaviylar sulolasi – Mahmud G`aznaviy 2) Somoniylar sulolasi – Ismoil Somoniy 3) Qoraxoniylar sulolasi –… ? 4) Anushteginiylar sulolasi – … ? A) Rishod Jaloliddin Manguberdi B) Ma’mun II, Sulton Sanjar C) Sotuq Bug`roxon, Otsiz D) Nasr Eloqxon, Alovuddin Muhammad 20.Quyidagi ma`lumotlar qaysi tarixiy shaxs haqida ekanligini aniqlang.Saljuqiy Sulton Malikshohning ko`zga ko`ringan va ishonchli mansabdorlaridan sanalgan. Taxminan, 1077-yili u Xorazm hokimligi vazifasiga tayinlanadi va bu lavozimni 20 yil davomida egallab kelgan. A) Qutbiddin Muhammad B) Anushtegin C) Jaloliddin Manguberdi D) Takash Download 165.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling