1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


SAKLAR. M.a 1-ming yillik va milodning boshlarida


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

SAKLARM.a 1-ming yillik va milodning boshlarida O’rta Osiyo va Sharqiy
Turkistonning shimoliy sharqiy hududlarida yashagan chorvador qabilalar. Arxeologik
adabiyotlarda bu davr «ilk temir davri», «ilk ko’chmanchilar davri», «Saklar davri»
sifatida ma’lum. Gerodot «Tarix» asarida «forslar barcha skiflarni saklar deb ataydilar»
deb yozadi. Uning yozishiga qaraganda, Yevrosiyo cho’llarining ko’chmanchilar
dunyosi shimoliy va sharqiy Qora dengiz bo’yi qabilalaridan birining nomi skuda
keyinroq skolotlar deb atalgan. Yunonlar esa ularni skiflar deb yuritganlar. Eron
Behistun, Naqshi Rustam va Persopol degan yozuvlardagi Axomaniy, Eroniy
podsholarning qabrtoshlarida va yodgorlik lavhalarida, qoyatoshlarga o’yib yozilgan
zafarnomalarda O’rta Osiyoda yashagan xalqlar sanab ko’rsatiladi va shu bilan bir
qatorda saklarning uchta qabila guruhi eslatiladi:
1) saka-tigraxauda, ya’ni «cho’qqi qalpoqli» yoki «kamondan o’q otuvchi»
saklar. Ular hozirgi Toshkent viloyati va janubiy Qozog’iston yerlarida yashaganlar;
2) saka-tiay-taradarayya, ya’ni «dengiz ortidagi» saklar – Orol dengizi
bo’ylarida, Sidaryoning quyi oqimida yashagan.
3) saka-xaumavarka, ya’ni «muqaddas xaoma ichimligi ichuvchi» saklar –
Pomirning tog’li tumanlarida va Farg’onada yashagan.
MASSAGETLAR. Kaspiy dengizining sharqiy sohili, Orol dengizi atroflari,
Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimida m.a. VIII-IV asrlarda yashagan
ko’chmanchi va boshqa qabilalar guruhining yunon adabiyotlarida uchraydigan


umumiy nomi. Massagetlar to’g’risida fanda turli xil qarashlar mavjud. Ayrim olimlar
fikricha, «massagetlar» nomi «masyo» - «baliq» so’zidan kelib chiqqan bo’lib,
«baliqxo’rlar» ma’nosini anglatgan. Boshqa bir fikrga ko’ra, «massagetlar» atamasi
«mas», «saka» va «ta» so’zlaridan tarkib topib, «saklarning katta uyushmasi»ni
bildirgan. Uchinchi bir taxminga ko’ra, «massagetlar» so’zi «ulug’ getlar» degani
bo’lib, massagetlarning o’zi esa qadimgi xitoy manbalaridagi «da(katta) yuyechjilar»
bilan aynan bir xalqdir.
Gerodotning yozishiga ko’ra, massagetlar – ko’chmanchilar. Ular piyoda va otda
jang qiladilar. Ko’proq kamon, nayza va sagariy (oy bolta) kabi jang qurollari
ishlatganlar. Massagetlarning barcha jihoz va qurol-aslahalari mis va oltindan yasalgan.
Ro’zg’or buyumlarini esa bo’yoq bilan bo’yaganlar. Massagetlar Quyoshga topinganlar
va unga atab otlarni qurbonlik qilganlar.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling