1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


-III- 1) Axomoniylar davlati. M.a. 558 yilda


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

-III-
1) Axomoniylar davlati. M.a. 558 yilda Eron hududida yashovchi xalqlar
Kayxusrav II boshchiligida kuchli davlatga uyushadilar. Bu davlat ikki asr


mobaynida, ya’ni m.a. 330 yilgacha faoliyat ko’rsatgan. Uning hududlari Misrdan to
Shimoliy-g’arbiy Hindistonga qadar cho’zilgan edi. Axomoniylar saltanatini Kir II
barpo etdi va m.a. 558-530 yillarda esa bu davlatni boshqargan. Axomoniylar
davlati qisqa davr ichida Hind daryosidan Egey va O’rta yer dengizlarigacha bo’lgan
oraliqdagi Osiyo mamlakatlarini, shuningdek Misr, Midiya va Bolqon yarim orolining
bir qismini bosib oladi. 
Kir II O’rta Osiyo yerlariga yurish qilishga maxsus tayyorgarlik ko’radi. Kirning
O’rta Osiyoga harbiy yurishlarini ikki bosqichga bo’lish mumkin. 1-bosqich m.a.
545-540 yillar va 2-bosqich m.a. 539-530 yillarni o’z ichiga oladi. O’rta Osiyo
xalqlari Axomoniylar zulmiga qarshi muntazam kurash olib borganlar. M.a. 530 yilda
massagetlar yo’lboshchisi malika To’marisning Kir II ustidan qozongan g’alabasi
bunga misol bo’la oladi.
Lekin Kir IIning o’limidan keyin O’rta Osiyo xalqlari axomoniylarning bosqinidan
qutula olmadilar. Axomoniylar shohi Doro I (m.a. 522-486) davrida O’rta Osiyo
hududlari bosib olinadi. M.a. 522 yilda Doro I ga qarshi Marg’iyonada Frada
boshchiligida xalq qo’zg’oloni ko’tarildi. Qo’zg’olon shafqatsizlik bilan bostirildi.
Ammo qo’zg’olonlar davom etavergan. Doro I ning shaxsan o’zi m.a. 519 yillarda
parfiyonaliklar va sak qabilalari ustiga qo’shin tortib borishga majbur bo’lgan
(Shiroq).
2) Yunon-makedonlar davlati. M.a. IV asrning o’rtalaridan boshlab Bolqon
yarimorolidagi shahar-davlatlar kuchaya boshladi. M.a. 359 yilda Filipp II
Makedoniyani birlashtirib, yagona davlat tuzishga erishadi. U kuchli armiya tashkil
etadi.
Yunoniston hududlarini egallab olgan Filipp II m.a. 337 yilda  Korinf shahridagi
anjumanda o’zini Yunoniston podshosi deb e’lon qildi. M.a. 336 yilda Filipp II
axomoniylarga qarshi urush e’lon qildi. Ammo shu yili Filipp II o’ldirilganligi tufayli
urush harakatlari to’xtab qoldi.
Taxtni Filipp II ning 20 yoshli o’g’li Aleksandr Makedonskiy (m.a. 356-323)
egalladi. U sharq mamlakatlarida Iskandar Zulqarnayn laqabi bilan atalgan («ikki
shohli» yoki «ikki tomon – ham G’arb, ham Sharq hukmdori» ma’nolarini anglatgan).
Aleksandr otasi Filipp II yo’lini davom ettirdi. U Bolqon yarimorolida o’z
hokimiyatini mustahkamladi. M.a. 334-330 yillarda o’zining asosiy raqibi Doro III
qo’shinlariga bir necha harbiy zarbalar berib, butun Kichik Osiyo, Suriya, Falastin,
Finikiya, Misr yerlarini egallab axomoniylar davlati hududlariga kirib bordi. Doro III
Midiyaga qochdi. Iskandar qo’shinlari m.a. 330-329 yillarda Afg’onistonning
janubiy tomonlarini egallab O’rta Osiyoga yurish boshladi.


Aleksandrga qarshi butun O’rta Osiyo xalqlari oyoqqa turdi. Ayniqsa
baqtriyaliklar, sug’diyonaliklar xalq qasoskorlari Spitamen, Oksiard rahbarligida
qahramonlik ko’rsatgan. Iskandar hiyla-nayranglar va shafqatsiz qirg’inlar
evazigagina o’z maqsadini ro’yobga chiqara olgan.
Juda katta va qahshatli janglardan so’ng Aleksandr m.a. 327 yilgacha uncha katta
bo’lmagan hududlarni: Baqtriya, Sug’diyona, Marg’iyona, hozirgi Bekobod va
Xo’janddan iborat Sirdaryo bo’ylarini egallay oldi. M.a. 327-325 yillarda Iskandar
Hindistonni zabt etdi. M.a. 325 yili Bobilni egalladi. U m.a. 323 yilda 33 yoshda
Bobilda kasallikka chalinib vafot etdi. Yunon-makedon istilochilari zulmidan qutulish
uchun Sug’diyona xalqlariga 150 yil, Baqtriya xalqlariga 180 yil kerak bo’ldi.
3) Salavkiylar davlati. Aleksandr Makedonskiy vafotidan so’ng taxt vorisligi
uchun uning lashkarboshilari o’rtasida kurash avj olib ketdi. Bu davrdan tarix
sahnasiga Salavkiylar sulolasi chiqadi. Bu sulolaning asoschisi Salavka I Nikator

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling