1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
-II- O’zbekiston hududida m.a. VII-VI asrlarda
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Katta Xorazm va Qadimgi Xorazm
- M.a. IV asrda
- Qadimgi Baqtriya. M.a. VII-VI asrlarda
-II-
O’zbekiston hududida m.a. VII-VI asrlarda dastlabki davlat birlashmalari (Xorazm, Baqtriya va Sug’diyona) vujudga keldi. Bu davlatlar o’ziga xos rivojlanish jarayonini bosib o’tgan. 1) Qadimgi Xorazm (m.a. VII - m. IV asrlar) – Turon va Eron mintaqalari oralig’idagi davlat, ya’ni Amudaryo quyi havzasidan Turkmaniston janubiga qadar, shuningdek, O’rta Osiyoning markaziy mintaqalarini o’ziga birlashtirgan, O’rta Osiyoning keng hududlarini o’z nazoratida tutgan qabilalar konfederasiyasi hisoblangan. Xorazm davlati egallagan hududlar ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, hozirgi Xorazm yerlari bilan cheklanib qolmay, balki undan ancha janubga, ya’ni Murg’ob va Tajang daryolari atroflariga qadar ham yoyilgan. Shu boisdan bu qadimgi tarixiy o’lka fanda 2 xil: Katta Xorazm va Qadimgi Xorazm nomlari bilan ma’lum. Manbalarda Xorazm o’lkasida yashagan aholi dehqonchilikda katta tajribaga ega bo’lib, ularning donli, dukkakli ekinlar, chunonchi, bug’doy, sholi, ARPA, meva- sabzavotchilik mahsulotlarini mo’l-ko’l yetishtirganligi qayd etib o’tiladi. Xorazm davlatida hukmronlik qilgan sulolalar to’g’risida ma’lumotlar hozirgacha yetarli bo’lmasada, rivoyatlarga ko’ra Xorazmning qadimiy siyosiy sulolasi – Siyovushiylar bo’lganligi zikr etiladi. M.a. IV asrda Katta Xorazmning Amudaryoning quyi oqimidagi hududi Qadimgi Xorazm davlatiga uyushadi. Bu paytda Xorazmda Farasman ismli shoh bo’lganligi manbalarda tilga olinadi. U g’oyatda tadbirkor hukmdor bo’lgan. U Iskandar Zulqarnaynga elchi jo’natib, uning Xorazm tomonga yurishining oldini oladi. 2) Qadimgi Baqtriya. M.a. VII-VI asrlarda tashkil topgan bu davlat – Amudaryoning yuqori va o’rta oqimidagi, hozirgi Surxondaryo, Qashqadaryo, qisman Zarafshon, shuningdek hozirgi Tojikistonning janubi, Afg’onistonning shimoliy- sharqiy qismidagi hududlarni tasarrufiga olgan. Baktriyaning «Ming bir shahar mamlakati» deb nomlanganligi unda shaharlarning ko’plab bo’lganligidan guvohlik beradi. Bu davlatning ko’pdan ko’p yirik shaharlari orasida Baqtra mashhur bo’lib, mamlakatning poytaxti hisoblangan. Baqtra baland va mustahkam mudofaa devorlari bilan o’ralgan, unda podshoh qal’asi alohida ajralib turgan. Ba’zi yozma manbalarda qayd etilishicha, bu davlat tarkibiga Sug’d va Marg’iyona hududlari ham kirgan. Ko’plab tarixiy manbalarda Baqtriya haqida to’xtalib o’tilgan. Xususan, yunon tarixchisi Gerodot o’zining 9 kitobdan iborat bo’lgan «Tarix» asarida Baqtriya va baqtriyaliklarni 45 marta tilga olgan. O’ Baqtriya xalqi, bu davlatning qudrati jihatidan Misr va Bobil davlatlari bilan teng bo’lganligi haqida yozadi. Ushbu davlat m.a. VI-IV asrlarda Axomoniylar, Iskandar, Salavkiylar saltanatlari tarkibiga kirgan. M.a. III asr o’rtalarida esa Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga qo’shilgan. M.a. II asrlarda toxarlar tomonidan bosib olingach, Toxariston deb atala boshlangan. 3) Qadimgi Sug’diyona (m.a. VII-m. IV asrlar) – bu davlat uyushmasi ham Baqtriya singari qadimdan mustaqil faoliyat ko’rsatgan. Bu davlatning hududiga hozirgi Qashqadaryo va Zarafshon vohalari, ya’ni Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlari, Tojikistonning Panjikent atrofidagi yerlar kirgan. Bu davlatning poytaxti Samarqand shahri bo’lgan. Bu shahar qadimgi «Buyuk ipak yo’li»da joylashgan bo’lib, savdo-iqtisodiy jihatdan Sharq va G’arbni bog’lagan. Sug’d tili qadimda va ilk o’rta asrlarda jahon savdo tili sifatida katta nufuzga ega bo’lgan. Sug’diyonada aholi yuqori darajada dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik madaniyatiga ega bo’lgan. Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling