bo’yicha),
Zoroastr (yunoncha «astron» - «yulduz»), (
m.a. 618-544 yy.) degan
payg’ambar nomi bilan bog’liq.
Zardusht 40 yoshga yetganda o’zigacha bo’lgan ko’p xudolilik diniy aqidalariga
qarshi chiqib, yakkaxudolikka asoslangan birinchi kitob –
«Avesto» («Qat’iy qonunlar»
ma’nosini bildiradi) yaratgan. “Avesto” zardushtiylikning muqaddas kitoblari to’plami
hisoblanadi.
Zardusht va’zlari (da’vat)
matnlarining hammasi m.a. III asrda 21 kitobda
jamlangan, bu kitoblar “Avesto”ning asosini tashkil etadi. Kitobda Turon, Xuroson,
Ozarbayjon, Eron, Kichik Osiyo xalqlarining qadimgi
davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy
hayoti, diniy qarashlari, olam va odam to’g’risidagi tasavvur, urf-odat va ma’naviy
qadriyatlari o’z aksini topgan.
Zardushtiylikning axloqiy ta’limoti «ezgu fikr», «ezgu so’z» va «ezgu amal»dan
iborat muqaddas uchlik (axloqiy triada)da o’z ifodasini topgan. Zardushtiylik talabiga
ko’ra, har bir inson tangrining yakka-yu yagonaligini e’tirof etishi, xoh erkak, xoh ayol
bo’lsin ilm o’rganishi, turli kasblarni egallashi, chorvachilik,
dehqonchilik,
bog’dorchilik bilan shug’ullanishi, kanal qazishi, yer ochishi lozim. Eng asosiysi -
zardushtiylikda e’tiqod erkinligi mavjud bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: