1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

M.a. 4 minginchi yillarda odamlar misdan qurollar yasashni o’rgandilar. Miss
metall sifatida yumshoq bo’lganligi tufayli, undan yasalgan qurollar mo’rt, yumshoq va
tez egiluvchi bo’lgan. Shu sababdan toshdan mehnat qurollari yasash ham davom etgan.
Odamlar dastlab misni yer yuzasidan sof holda uchratib, undan mehnat qurollarini
yasaganlar. Keyinchalik uning olovda erishini bilganlar va undan turli xil shakldagi
qurollar va buyumlar tayyorlaganlar.
Eneolit davriga oid ashyolar O’rta Osiyoning Janubiy Turkmaniston hududlari
(Joytun madaniyati), Amudaryo va Zarafshon qo’yi oqimlarida (Kaltaminor
madaniyati), Tojikistonda (Sarazm madaniyati), Buxoro viloyatida (Zamonbobo
madaniyati) topilgan.
Eneolit davrida O’rta Osiyo aholisining madaniyati bir bosqich yuqoriga
ko’tariladi. Lekin bu hududlardagi qabilalarning madaniy va ijtimoiy taraqqiyoti bir xil
darajada emas edi. Qadimgi qabilalar miss-tosh davriga o’tgach, madaniy, xo’jalik va
ishlab chiqarish taraqqiyotining yangi bosqichi boshlanadi. Yangi xo’jalik turlari –
dehqonchilik va chorvachilik avvalgidek, Turkmanistonning janubi g’arbidagi qulay
geografik sharoitda rivojlanadi. Bu paytda quyi Zarafshon va Amudaryo havzalarida
yashovchi qabilalar hali madaniy o’simliklar o’stirishga o’tmagan edilar. O’rta
Osiyoning sharqiy qismidagi tog’li hududlar aholisi xo’jaligida esa ovchilik ustun edi.
Demak, ilk va rivojlangan miss-tosh davrida O’rta Osiyo qabilalarining ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy rivojlanishida katta farqlar va notekisliklar saqlanib qoladi.
5) BRONZA DAVRIm.a. 3-2 ming yilliklar. Bronza – miss, qalay va
qo’rg’oshin qorishmasidir. Bronzaning vatani Kichik Osiyo va Mesopotamiya bo’lgan.
M.a. 3 ming yillikka kelib O’rta Osiyo hududlarida bronza qurollar keng tarqaladi.
O’zbekiston hududlarida bronza davri yodgorliklari ko’plab uchraydi. Bu davrga
mansub madaniyat izlari Xorazm, Zarafshon, Qashqadaryo va Farg’ona vodiylaridan
topilgan. Ulardan eng yiriklari Sopollitepa, Jarqo’ton, Tozabog’yob, Zamonbobo,

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling