1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dunyoviy ta’limotga
- 2-3 million yil
- «Zinjantrop odami»
- «Pitekantrop»
avvalgi VI ming yillikdanoq dehqonchilikka o’tib, unumdor xo’jalikni rivojlantirgan
bo’lsalar, bu davrda shimoliy hududlardagi qabilalar asosan ovchilik, baliqchilik va qisman ziroatchilikning ilk shakllari bilan shug’ullaganlar. Bu notekislik jarayonini tabiiy geografik sharoitlar va o’zaro munosabatlar bilan izohlash mumkin. Bu o’rinda O’rta Osiyoning cho’l va dasht hududlari hamda tog’li va daryo vohalari hududlarining rivojlanish darajasidagi madaniy notekislikni taqqoslab ko’rish muhimdir. Undan tashqari, O’rta Osiyoda turli-tuman madaniyat yaratgan qadimgi aholining neolit davridayoq, ya’ni miloddan avvalgi VI-IV ming yilliklardagi o’zaro munosabatlari va bu aholining Sharqdagi, dastavval Old Osiyodagi boshqa qadimgi sivilizasiya o’choqlari bilan uzviy aloqada bo’lishi ham mahalliy sivilizasiyaning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatgan. -II- Yer sharida hayotning paydo bo’lishi, unda insoniyatning vujudga kelishi va rivojlanishi kabi masalalar bo’yicha olimlar uzoq yillar davomida tadqiqotlar olib borib, turli nazariyalarni ilgari surib kelmoqdalar. Bu haqda dunyoviy, diniy ta’limotlar va boshqa qarashlar vujudga keldi. Dunyoviy ta’limotga ko’ra, inson mehnat va aqliy jihatdan kamol topishi natijasida hozirgi darajasiga yetib kelgan, degan fikr bildiriladi. Diniy ta’limotga binoan odamni xudo yaratganligi aytiladi. Bugungi kunda inson boshqa sayyoralardan kelib yerga tarqalganligi haqidagi rivoyatlar ham mavjud. Demak, sayyoramizda odamzodning paydo bo’lishi va rivojlanishi haqida yagona fikr yo’q deyish mumkin, bu masala muammoligicha qolmoqda. Shuni aytish lozimki, tarix fanida insonni kelib chiqishi va rivojlanishi arxeologik va antropologik materiallar, mavjud turli manbalarga asoslanib o’rganiladi. Olimlar bergan ma’lumotlarga ko’ra eng qadimgi odamlar Yer yuzida bundan 2-3 million yil avval yashaganlar. Ular dastlab Afrika, janubiy va janubi sharqiy Osiyoda yashab, keyinchalik Osiyo va Yevropa qit’asining ichki hududlariga kirib borgan. Ma’lumki, arxeologik izlanishlar natijasida insoniyatning dastlabki vakillarining qoldiqlari Sharqiy Afrikadagi Olduvoy darasidan topilgan. Bunda ingliz olimlari ota- bola Liki Luis va Liki Richardlarning (1959-1960-yillarida qazishma ishlari olib borilgan) xizmatlari kattadir. Bu odam qoldiqlari Tanzaniyaning Zinj nomli qishlog’idan topilgani uchun uni joy nomi bilan «Zinjantrop odami» deb nom olgan. Olimlar tomonidan «Ishbilarmon odam» deb nomlangan «Zinjantrom odam»ning suyak qoldiqlari yonidan tosh qurollari va har xil hayvon suyaklari ham topilgan. Zinjantroplar bundan 3-2 million yil oldin yashab, «avstralopitek»lar («janub maymuni») oilasining eng qadimgi vakili hisoblanadi. Zinjantrop odamidan keyingi davrda yashagan odam qoldiqlari 1891-1892-yillari golland shifokori Ye.Dyubua tomonidan Indoneziyaning Yava orolidagi Trinil degan joy yaqinidan topilgan bo’lib, fanda ularni «Pitekantrop» («Maymun-odam») deb atash rasm bo’lgan. Pitekantroplar bundan taxminan 1 mln. yil ilgari yashaganlari aniqlangan. Shuningdek, 1927 yil Pekin shahri yaqinidan (Xitoy) kanadalik olim D.Blek tomonidan topilgan eng qadimgi odamlar (arxantroplar)ga mansub Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling