1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
-MAVZU: MARKAZIY OSIYO JAHON SIVILIZASIYASINING
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar va iboralar
2-MAVZU: MARKAZIY OSIYO JAHON SIVILIZASIYASINING
AJRALMAS QISMI Reja: 1. O’zbekiston qadimgi sivilizasiya va madaniyat beshigi. 2. Insoniyatning dastlabki ajdodlari, ularning makonlari. 3. Ibtidoiy jamiyat davri, uni davrlashtirish, asosiy bosqichlari. 4. Ajdodlarimizning ilk diniy e’tiqodlari. «Avesto» - zardushtiylik dinining muqaddas kitobi. Tayanch so’zlar va iboralar: Sivilizasiya, insoniyatning dastlabki ajdodlari, antropogenez jarayonlari, paleolit, mezolit, neolit, eneolit, Teshiktosh, Joytun, Hisor, Kaltaminor, Sarazm, Zamonbobo, Sopolli, Zarautsoy, ibtidoiy urug’chilik tizimi – matriarxat, patriarxat, ajdodlarimiz hayotidagi ilk diniy e’tiqodlar, zardushtiylik, «Avesto». -I- Insoniyat qadim-qadimdan o’z davriga xos turmush tarziga, moddiy va ma’naviy madaniyatga, ya’ni ma’lum darajadagi sivilizasiyaga ega bo’lgan. Davrlar o’tishi bilan insoniyat sivilizasiyasi darajasi o’sib, rivojlanib, takomillashib borgan. Bu jarayon odamlarning mehnat qilish usuli qanchalik darajada moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratish va ko’paytirib borish bilan bog’liq kechgan. U yoki bu sivilizasiya haqida so’z borganda insoniyatning yashash uchun kurashi, tinimsiz mehnati, ma’naviyat va ma’rifatga intilishi tufayli o’zi uchun yaratgan jismoniy va madaniy qulayliklari – ov va mehnat qurollari, kiyim-bosh, uy-joy va oilaviy munosabatlari, ishlab chiqarish usullari, maishiy xizmat vositalari, ijtimoiy ongi va ma’naviy dunyosi, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-huquqiy munosabatlari darajasi bilan tavsiflanadigan ma’lum bir tarixiy davr tushuniladi. Masalan, Qadimgi Sharq sivilizasiyasi, Antik Yunon-Rim sivilizasiyasi, Islom sivilizasiyasi, Xristian sivilizasiyasi, hozirgi zamon sivilizasiyasi kabi tushunchalarda insonlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayoti, turmush tarzi, ma’naviy qiyofasi, axloqi, bilim saviyasi, mehnat qurollari va hokazo jihatlari mujassamlashgan bo’ladi. Har bir mintaqada sivilizasiya davriy nuqtai nazardan ertaroq yoki kechroq, o’ziga xos shaklda shakllanib, rivojlanib borgan. Tarixiy, ilmiy tadqiqotlar bizning Vatanimiz – O’zbekiston insoniyat sivilizasiyasining qadimgi o’choqlaridan biri ekanligidan dalolat bermoqda. O’zbekiston va O’rta Osiyo hududlarida olib borilayotgan keng miqyosdagi tadqiqot ishlarining natijalari ham Vatanimizning jahon sivilizasiyasida tutgan o’rnini tasdiqlaydi. Dunyoning turli burchaklarida yashaydigan xalqlarning turli davrlarda, ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy jarayonlarda erishgan yutuqlari hamda taraqqiyot bosqichiga ko’tarilishini sivilizasiya tushunchasi o’zida aks ettiradi. Bu taraqqiyot bosqichi insoniyatning paydo bo’lishi va rivojlanishi, jamiyatning rivojlanish darajasi, moddiy va ma’naviy madaniyatning yuksalishi, qabilalar va xalqlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar bilan izohlanadi. O’rta Osiyo sivilizasiyasi turli hududlarda yashagan qadimgi qabilalar miloddan Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling