1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Xo’jag’or (Farg’ona vodiysi), Shug’nov


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

Xo’jag’or (Farg’ona vodiysi), Shug’nov (Pomir etaklari), Qo’lbuloq (Toshkent
viloyati), Qorakamar (Tojikiston), Achisay (Qozog’iston) yodgorliklari shular
jumlasidandir.
Mamlakatimizning so’nggi paleolit manzilgohlarida o’tkazilgan tadqiqotlar bu
davrda mehnat qurollari yasash texnikasida, odamlarning turmush tarzi va
dunyoqarashida, xo’jalik yuritishida keskin o’zgarish yuz berganligini ko’rsatadi.
Xususan, odamlar g’orlardan chiqib yengil turar joylar, chayla va yarim yerto’lalarda
yashay boshladilar. Ular endi faqat tog’li hududlarda yashab qolmay vohalar bo’ylab
tarqalib, tekisliklarda, daryo va ko’llar bo’ylarida joylashadilar.


Odamlar jismoniy jihatdan ham takomillashdi. Bu davrning eng katta yutug’i
antropogenez jarayonining tugallanishi va hozirgi zamon odamlariga o’xshash bo’lgan
kromanonlar shakllanishining boshlanishidir. Fanda bu odamni «homo sapiens» -
«aql-idrokli odam» deb ataladi. Ularning miya hajmi «homo habilis»dan ikki baravar
katta, bo’yi baland, qomati tik bo’lgan, nutqi rivojlanib, oddiy gap tuza olgan.
Xo’jalikda baliq ovi kelib chiqadi. Odamlar yashash uchun kulbalar qurganlar.
Mazkur davrning o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri ibtidoiy to’dadan
urug’chilik tizimiga o’tiladi. Urug’ – birgalikda yashagan va mehnat qilgan, umumiy
mehnat quroliga va qurol-yarog’larga ega bo’lgan qarindoshlar jamoasidir. Qon-
qarindoshlikka asoslangan urug’ jamoalari ona urug’i doirasida rasmiylashdi, u tarixda
matriarxat deb nom oldi. Matriarxat eng qadimgi tizim rivojidagi bir bosqich
bo’lib, qarindoshlik munosabatlari ona tomonga qarab belgilanib, urug’ va oila
boshlig’i ayol kishi bo’lgan. Bir urug’dan tarqalgan odamlar jamoasi katta bir g’orda
yoki bir necha kulbadan iborat joyda birgalikda yashagan, birgalikda mehnat qilgan,
mehnat mahsulotlari butun urug’ a’zolarining umumiy mulki hisoblangan. Mehnat
qurollari tayyorlash, ovqat topish, yoshlarga ov qilishni o’rgatish ishlariga urug’
oqsoqoli rahbarlik qilgan. Urug’ning eng tajribali va hurmatli a’zosi oqsoqol bo’lgan.
Odamlar tosh va suyakka tasvir tushirishni, ayollar uchun turli bezak va
taqinchoqlar, ayollarning haykalchalarini yasashni o’zlashtirganlar. G’orlarning
devorlariga yirik hayvonlarning tashqi ko’rinishini, ov manzaralarini tasvirlovchi
rasmlar chizganlar. Hayvonlar va ovchilarning harakatlarini namoyon etuvchi o’yin-
raqslar vujudga kelgan. Shu tariqa, tasviriy va amaliy san’at paydo bo’ladi. Shu bilan
bir qatorda qadimgi odamlar orasida dastlabki diniy qarashlar ham paydo bo’ldi.
So’nggi paleolit davridayoq insonning yevropoid, negroid, mongoloid kabi irqiy
turlari paydo bo’ladi. Bu irqlar odamlar taraqqiyotining sifat ko’rsatkichi bo’lmay,
tabiiy shart-sharoitlar ta’sirida vujudga keladi. Yevropoidlar Yevropada, negroidlar
Afrikada, mongoloidlar Shimoliy, Sharqiy va Janubiy Osiyoda yashaganlar.
2) MEZOLIT («mezos» - o’rta, «litos» - tosh) – m.a. 12-7 ming yilliklarni o’z
ichiga oladi. O’zbekistonning janubidagi Machay g’ori, Zarautsoy qoyasi
(Surxondaryo) Obishir (Farg’ona vodiysi), Bo’zsuv, Qo’shilish (Toshkent) va boshqa
hududlardan topilgan.
Mezolit davriga kelib ulkan muzlikning yana shimolga tomon chekinishi natijasida
odamlarning yer yuzi bo’ylab keng tarqalish imkoniyatini beradi. Kishilar nisbatan
nozikroq qurollar tayyorlashni o’zlashtira boshladilar. Xususan, janubiy o’lkalarda,
shuningdek, O’rta Osiyoda turli geometrik shakldagi mayda qurolchalar – mikrolitlar
paydo bo’lib, ular uchun suyak va yog’och dastachalardan qadama sifatida


foydalanilgan. Undan tashqari, bu davrda insoniyat o’z tarixidagi dastlabki murakkab
moslama – o’q-yoyni kashf etdi. Natijada chopqir kichik tuyoqli hayvonlar va
parrandalarni ov qilish imkoniyati paydo bo’ldi. O’q-yoydan foydalanish insoniyat
taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo’lib, ovchilikni insonlarning hayot manbaiga
aylantirdi, ovdan keladigan daromad va zahiralar ko’payib borgan. O’q-yoy quroli
odamning yolg’iz o’zi hayvonlarni ovlash, jamoadan ajralib hayot kechirishiga
imkoniyat yaratadi.
Bu davrning eng katta yutuqlaridan yana biri yovvoyi hayvonlar (it, qo’y, echki
kabilar) qo’lga o’rgatila boshlanib, xonakilashtirilishidir. Arxeologik tadqiqotlar
natijalariga qaraganda, mezolit davriga kelib Old, Yaqin va O’rta Osiyoning ba’zi
joylarida termachilikdan yovvoiy o’simliklarni xonakilashtirishga hamda ovchilikdan
chorvachilikka o’tish boshlanadi. Bu jarayon ilg’or, unumdor ishlab chiqaruvchi
kuchlarning rivojlanish darajasi va tabiiy-geografik iqlim bilan bevosita bog’liq edi.
Mezolit davriga oid mozorlarning tahlili odamlarda diniy e’tiqod
shakllanayotganini, u dunyoga ishonganini ko’rsatadi. Ko’hitong tog’idagi Zarautsoy
qoyasidan (hozirgi Surxondaryo viloyati) topilgan suratlar esa tasviriy san’atning
vujudga kelganligini ko’rsatadi. Qoyada yovvoiy hayvonlarni ov qilish manzarasi
tasvirlangan. Zarautsoy qoyalaridagi suratlar o’sha davr rassomlarining fikr doirasini,
diniy tasavvurlarni tasviriy san’atda qanchalik darajada aks ettirganliklari haqida fikr
yuritishga asos beradi.
3) NEOLIT («neos» - yangi, «litos» - tosh) – m.a. 6-4 ming yilliklarni o’z ichiga
oladi.
Neolit davrida qurollar ishlash texnikasida tub o’zgarishlar yuz bergan. Yangi tosh
qurollari orqali silliqlash, pardozlash, parmalash usullari ixtiro etildi. Tosh qurollari
orasida tosh boltalar, ponalar, iskanalar, tosh-teshalar paydo bo’ldi. Shu boisdan neolit
davri «toshboltalar asri» ham deyiladi.
Bu davrning yana bir yangiligi – bu hunarmandchilikning sopol buyumlari yasash
tarmog’i vujudga keladi. Shuning uchun bu davrni «sopol asri» ham deyishadi.
Odamlar hayotida chorvachilik va dehqonchilik vujudga keladi va xo’jalikda asosiy
o’rinni egallaydi. Neolit davrida ishlab chiqaruvchi xo’jalik shakllanib bo’ladi. Bu
insoniyat erishgan katta yutuq bo’lib, odamlar tabiatga qaramlikdan butunlay
qutuladilar. Urug’ jamoalari ozuqa izlab ko’chib, daydib yurishdan o’troq hayot
kechirishga o’tadilar. Doimiy yashaydigan kulbalar, uylar qurish odamlarning turmush
tarziga aylanadi, qishloqlar vujudga keladi.
Neolit davrida odamlar hayvon terisidan tikilgan kiyimlar kiyadigan bo’ladilar.
Hunarmandchilikda to’qimachilik, tikuvchilik tarmog’i ham paydo bo’ladi. Odamlar


yog’och va qamishdan qayiq yasab (qayiqsozlik) suvda suzishni ham o’zlashtirdilar.
Bular bu davrning muhim kashfiyoti va ixtirosidir.
Neolit davri qabilalari xo’jalik shakllariga qarab quyidagi madaniyatlariga
bo’linadi: Joytun madaniyati (Janubiy Turkmaniston), Kaltaminor madaniyati
(Amudaryo va Zarafshon vohalari), Hisor madaniyati (Pomir)
4) ENEOLIT – (mis-tosh davri) – m.a. 4-3 ming yilliklarning o’rtalarini o’z
ichiga oladi. Insoniyat tarixining tosh davri o’rnini metall qurollar egallay boshladi.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling