1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

Chust, Amirobod yodgorliklaridir.
Bronza davrining xo’jalik sohasida erishgan eng katta yutuqlaridan biri qadimgi
dehqonchilikning keng yoyilishi va m.a. 2 ming yillikda dehqonchilikdan


chorvachilikning ajralib chiqishidir. Bu tarixiy jarayon kishilik jamiyati taraqqiyotidagi
birinchi yirik mehnat taqsimoti edi.
Bu davrda ishlab chiqarishda hukmronlik qilish erkaklar qo’liga o’tadi va ona
urug’i tizimi o’rnini m.a. 3 ming yillik o’rtalariga kelib ota urug’i – patriarxat davri
boshlanadi. Patriarxat – insoniyat rivojining shunday bosqichidirki, unda erkak kishi
jamiyat hayotida yetakchi mavqyega ega bo’lib, qarindoshlik munosabatlari ham ota
tomonga qarab belgilangan.
Bronza davriga kelib, odamlar kulolchilik charxi va g’ildirakni kashf etdi. Shu
tariqa harakatlanish vositalari ham vujudga keldi. Bu davrda jamiyat hayotidagi sodir
bo’lgan turli taraqqiyot jarayonlari – kishilik tarixida muhim bosqich bo’lgan
davlatchilikning paydo bo’lishi va rivojlanishi uchun ulkan ahamiyat kasb etdi.
6) TEMIR DAVRI – m.a. 1-ming yillikning avvalidan boshlanadi.
Temirdan birinchi bo’lib Kichik Osiyodagi xettlar foydalana boshlaganlar (m.a.
XIV-XIII asrlar), keyinroq ularga qo’shni bo’lgan ikki daryo oralig’i, Eron,
Kavkazorti mamlakatlarining aholisi ham foydalanganlar.
M.a. 1-minginchi yillarning boshlari (IX-VIII asrlar)da ajdodlarimiz temirdan
mehnat qurollari, qurol-yarog’lar, bezakli buyumlar yasashni o’zlashtirganlar va
temirdan foydalanish keng tarqaldi. O’rta Osiyoda ko’chmanchi chorvador
qabilalarning ajralib chiqishi yuz berdi.
Temirning kashf qilinishi hunarmandchilikni yanada yuqori pog’onaga ko’tardi.
Ikkinchi yirik mehnat taqsimoti amalga oshdi, ya’ni hunarmandchilik dehqonchilik
va chorvachilikdan ajralib chiqdi.
Temir davrida kulolchilik charxi, naqsh bilan bezatilgan sopol buyumlar keng
tarqaldi, metallga ishlov berish rivojlandi. Xonadonlarda ip yigirish va matolar to’qish,
kiyim tikish tobora kengayib bordi. Uy-joy qurilish birmuncha yaxshilandi. 10-20 tadan
xonasi bo’lgan katta maydonli uylar qurilishi bilan birga, g’ishtdan, sinchdan alohida
bir oilaga mo’ljallangan uylar qurish keng tarqaldi.
-IV-
Ajdodlarimiz hayotidagi dastlabki diniy e’tiqodlar va marosimlar urug’chilik
jamiyatida paydo bo’lgan. O’zbekiston insonlarda ilk bor diniy tasavvurlar va aqidalar
paydo bo’lgan eng qadimgi o’lkalardan biri hisoblanadi. Neolit davrining oxirlariga
kelib animizm, totemizm, fetishizm, sehrgarlik (magiya) va shamanizm singari
ibtidoiy din shakllari tarqaldi.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling