1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


-MAVZU: MARKAZIY OSIYO JAHON SIVILIZASIYASINING


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

2-MAVZU: MARKAZIY OSIYO JAHON SIVILIZASIYASINING
AJRALMAS QISMI
Reja:
1. O’zbekiston qadimgi sivilizasiya va madaniyat beshigi.
2. Insoniyatning dastlabki ajdodlari, ularning makonlari.
3. Ibtidoiy jamiyat davri, uni davrlashtirish, asosiy bosqichlari.
4. Ajdodlarimizning ilk diniy e’tiqodlari. «Avesto» - zardushtiylik dinining
muqaddas kitobi.
Tayanch so’zlar va iboralar: Sivilizasiya, insoniyatning dastlabki ajdodlari,
antropogenez jarayonlari, paleolit, mezolit, neolit, eneolit, Teshiktosh, Joytun, Hisor,
Kaltaminor, Sarazm, Zamonbobo, Sopolli, Zarautsoy, ibtidoiy urug’chilik tizimi –
matriarxat, patriarxat, ajdodlarimiz hayotidagi ilk diniy e’tiqodlar, zardushtiylik,
«Avesto».
-I-
Insoniyat qadim-qadimdan o’z davriga xos turmush tarziga, moddiy va ma’naviy
madaniyatga, ya’ni ma’lum darajadagi sivilizasiyaga ega bo’lgan. Davrlar o’tishi bilan
insoniyat sivilizasiyasi darajasi o’sib, rivojlanib, takomillashib borgan. Bu jarayon
odamlarning mehnat qilish usuli qanchalik darajada moddiy va ma’naviy boyliklarni
yaratish va ko’paytirib borish bilan bog’liq kechgan.
U yoki bu sivilizasiya haqida so’z borganda insoniyatning yashash uchun kurashi,
tinimsiz mehnati, ma’naviyat va ma’rifatga intilishi tufayli o’zi uchun yaratgan
jismoniy va madaniy qulayliklari – ov va mehnat qurollari, kiyim-bosh, uy-joy va
oilaviy munosabatlari, ishlab chiqarish usullari, maishiy xizmat vositalari, ijtimoiy ongi
va ma’naviy dunyosi, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-huquqiy munosabatlari darajasi bilan
tavsiflanadigan ma’lum bir tarixiy davr tushuniladi. Masalan, Qadimgi Sharq
sivilizasiyasi, Antik Yunon-Rim sivilizasiyasi, Islom sivilizasiyasi, Xristian
sivilizasiyasi, hozirgi zamon sivilizasiyasi kabi tushunchalarda insonlarning iqtisodiy,
ijtimoiy-siyosiy hayoti, turmush tarzi, ma’naviy qiyofasi, axloqi, bilim saviyasi, mehnat
qurollari va hokazo jihatlari mujassamlashgan bo’ladi.


Har bir mintaqada sivilizasiya davriy nuqtai nazardan ertaroq yoki kechroq, o’ziga
xos shaklda shakllanib, rivojlanib borgan. Tarixiy, ilmiy tadqiqotlar bizning Vatanimiz
– O’zbekiston insoniyat sivilizasiyasining qadimgi o’choqlaridan biri ekanligidan
dalolat bermoqda. O’zbekiston va O’rta Osiyo hududlarida olib borilayotgan keng
miqyosdagi tadqiqot ishlarining natijalari ham Vatanimizning jahon sivilizasiyasida
tutgan o’rnini tasdiqlaydi.
Dunyoning turli burchaklarida yashaydigan xalqlarning turli davrlarda, ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy jarayonlarda erishgan yutuqlari hamda taraqqiyot bosqichiga
ko’tarilishini sivilizasiya tushunchasi o’zida aks ettiradi. Bu taraqqiyot bosqichi
insoniyatning paydo bo’lishi va rivojlanishi, jamiyatning rivojlanish darajasi, moddiy
va ma’naviy madaniyatning yuksalishi, qabilalar va xalqlar o’rtasidagi o’zaro
munosabatlar bilan izohlanadi.
O’rta Osiyo sivilizasiyasi turli hududlarda yashagan qadimgi qabilalar miloddan

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling