- Dastlabki o’zbek davlatchiligining paydo bo’lishi va rivojlanishi muhim
masaladir. Ayniqsa, mahalliy qadimgi aholi o’troq yashaganligi, dehqonchilik xo’jaligini
rivojlantirganligi, dastlabki aholi manzilgohlarining paydo bo’lganligi;
dastlabki
manzilgohlar rivojlanib ilk shaharlarga aylanganligi; dastlabki
shaharlarning ijtimoiy-
iqtisodiy, madaniy va ma’muriy markazlar sifatida rivojlanganligi va nihoyat, mazkur
jarayonlarga asos bo’lib xizmat qilgan omillar o’ta muhimdir.
- Arxeologik manbalar asosida o’lkamiz hududida qadimdan vujudga kelgan ilk
davlat uyushmalari tarixi, ularning o’zaro va qo’shni davlatlar bilan olib borgan turli
aloqalari, ularning tarixiy-geografik hududi va chegaralarini o’rganish ham munozarali
mavzu hisoblanadi. Shu o’rinda yurtimiz hududlari va xorijda bitilgan o’rta asrlarga oid
yozma manbalar asosida O’zbekiston tarixi sahifalarini yanada kengaytirish va boyitish
bo’yicha qilinadigan ishlar nihoyatda ko’p.
2)
O’zbekiston tarixini davrlashtirish:
O’zbekiston tarixi quyidagi davrlarga bo’linadi:
- Ibtidoiy jamoa tuzumi;
- Qadimgi davr: davlatchilikning
shakllanishi va rivojlanishi;
- O’rta asrlar davri (ilk o’rta asrlar – V-VIII asrlar, Uyg’onish davri – IX-XII
asrlar, mug’ullar istilosi – XIII asr, Temur va Temuriylar davri –
XIV-XV asrlar,
xonliklar davri – XVI-XIX asrlar);
- Turkiston Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida;
- O’zbekiston sovetlar hokimiyati davrida;
- Mustaqillik davri.
3)
O’zbekiston tarixini o’rganishda manbalarning o’rni
Tarixiy manbalarni o’z mazmuni va mohiyatiga ko’ra
birlamchi va
ikkilamchi
manbalarga ajratish mumkin.
Birlamchi manbaga tarixiy hujjatlarning asl nusxasi,
ikkilamchi manbaga esa, mana shu birlamchi manbalar asosida e’lon qilingan maqola va
kitoblarga keltirilgan ma’lumotlar kiradi.
Manbalar o’z holatiga ko’ra,
moddiy va
yozma ko’rinishlarga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: